1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi. Bu bo’limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli,
metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari hamda
didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.
2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi. Bu bo’limda matematika o’qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini
konkret mavzu materiallariga tatbiq qilish yo’llari ko’rsatiladi.
78
3. Matematika o„qitishning konkret metodikasi. Bu bo’lim ikki qismdan iborat:
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Matematika o’qitish metodikasi butun pedagogik tadqiqotlarda pedagogik
texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo’llaniladigan metodlardan
foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha
qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo’naltirilgan holda
idrok qilishdan iborat.
Kuzatish aniq maqsadni ko’zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt
oralig’ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo’lishi mumkin.
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida
kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichikkichik
hajmdagi
hodisalar
(masalan,
matematika
darslarida
o’quvchilarning
mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o’zgartirib turiladigan
sharoitda o’tkaziladi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o’tkaziladi. Pedagogik
tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin. Тadqiqotning maqsad va
vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab chig’arish,
ishchi faraz tuzish, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining
shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sayidahmedov N. «Yangi pedagogik texnologiyalar». T. «Moliya» 2003
yil.
79
2. Farberman V. «Ilg‘or pedagogik texnologiyalar». T. «Fan» 2000 yil
3. Ishmatov Q. «Pedagogik texnologiya». Namangan 2004 yil.
80
ФИО авторов: Xolmatova Malikaxon Abdullayevna Farg’ona viloyati Yozyovon tumani 14 – maktab matematika fani o’qituvchisi
Oxunova Nargiza Akbarjon qizi Farg’ona viloyati Yozyovon tumani 14 – maktab matematika fani o’qituvchisi