Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет175/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

ФИО авторовTuropova Ma’mura Safar qizi,
Abdullayeva Shahnoza Nuriddin qizi,
Omonova Sitora Nizomiddin qizi 
Koson Pedagogika kolleji o'qituvchisi 
Название публикации: «MAKTAB YOSHIGACHA BO’LGAN BOLALARNI 
TARBIYALASHDA 
AJDODLARIMIZ 
TUHFA 
ETGAN 
TA’LIMIY 
QADRIYATLARNING TUTGAN O’RNI» 
Kishilik jamiyati paydo bo’lganidan boshlab uni rivojlantirish uchun yoshlarga 
ta’lim berish ehtiyoji vujudga kelgan. Shu maqsadda, izlanishlar boshlangan. 
O’tmishda o’qitishda o’qituvchi – o’quvchi munosabatlari ustivorligi, ustoz – shogird 
munosabatlarining qadriyat darajasiga ko’tarilganligi ko’plab asarlariga buyuk 
mutafakkirlarimiz tomonidan e’tirof etilgan.
Sharq xalqlari t’lim tizimida X asrda ta’lim oluvchilar huquqining toptalishiga 
qarshi ularning mustaqil bilim olish va fikrlash faoliyatini rivojlantirishiga qaratilgan 
o’qitish nazariyasi vujudga keldi. Forobiy, ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy kabi buyuk 
mutafakkirlarning asarlarida bu nazariya rivojlantirildi. Jumladan, ibn Sino: “Agar 
o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa u huddi turli-tuman bog’u 
rog’larda sayr qilgandek bo’lib, bir bog’dan o’tar-o’tmas, yana boshqa bog’ 
boshlanishiga intiq bo’ladi. So’ngra esa, u bu bog’ning barcha qismini ko’rgisi, 
tomosha qilgisi keladi”, deb yozgan edi. Ko’rinib turibdiki, o’sha davrdayoq 
o’quvchilarning fikrlash faoliyatlarini rivojlantirish uchun ularga har doim yangi o’quv 
materiallarini taqdim etish g’oyasi ingari surilgan. 
Buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan ta’limiy qadriyatlari nihoyatda katta 
didaktik ahamiyatga ega bo’lib, ular bugungi kunda ham o’quv jarayonini 
takomillashtirishga munosib ulush qo’sha oladi. Jumladan, o’tmishda yashab o’rgan 
barcha allomalarning qarashlarida ta’lim-tarbiya uyg’un tarzda amalga oshirilishi 
lozimligi; o’qituvchi o’zining tashqi qiyofasi, bilimdonligi, ma’naviyati, hulq-atvori, 
muomala madaniyati bilan o’quvchilarga namuna bo’lishi zarurligi ta’kidlanadi. 
Albatta, har bir murabbiylarning yurish-turishini so’zlash madaniyatiga qarab 
o’quvchilarga e’tiqod, bilimga intilish, o’quv jarayoniga qiliqish vujudga keladi. 
Ajdodlarimiz buni o’z vaqtida chuqur his etganlar. Bu esa, o’z navbatida, 
o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish saviyasiga sezilarli ta’sir ko’rsata olgan.
Abu Nasr Forobiyning “Aql haqidagi risola”, “Kitobi axloq” kabi asarlarida 
ta’lim tizimi uchun muhim bo’lgan didaktik qarashlar ilgari surilgan. Forobiy ta’lim-
tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarga individual yondashish zarurligi g’oyasini 
ko’tarib chiqqan edi. Bunda u o’quvchilarning tabiiy, ruhiy va jismoniy holatlarini 
ham nazarga tutish zarurligini ta’kidlaydi. 
O’quv-biluv jarayonida o’quvchilarga individual yondashuvni amalga oshirish 
bugungi kunda ham ta’limning dolzarb muammolaridan biri sifatida namoyon 


524 
bo’lmoqda. O’quvchilarning layoqati, qiziqishi va nimaga qodir ekanligini bilmasdan 
turib, ularga individual ta’lim berish mumkin emas, - deya ko’rsatad Forobiy. Demak, 
o’quvchilarning shaxsiy, axloqiy va individual xususiyatlarini aniqlagan holdagina 
ularga individual ta’lim berish natijasida o’qitish samaradorligini ta’minlash mumkin. 
Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma” asarida ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat, ta’lim 
oluvchilarning ruhiy dunyosini anglash kabi masalalar yechimi o’z ifodasini topgan. 
Ushbu asar o’qituvchini va mudarrislar uchun bir necha yuz yillar davomida asosiy 
qo’llanma bo’lib kelgan. Sharqning buyuk mutafakkiri ibn Sino bolalarga ta’lim 
berishdan oldin ularning xulq-atvorini o’rganib, bilimlarini tekshirib ko’rishi, so’ngra 
qiziqishlariga qarab, kasb-hunarga yo’naltirish zarurligini tavsiya etgan edi. 
Ibn Sino o’sha davrdayoq bolani necha yoshdan boshlab ta’lim jarayoniga jalb 
etish lozim? degan savolga javob izlagan edi. Bu masalaga uning o’zi “Kitob-ul ishorat 
fil mantiq va hikmat” asarida: “Bola 6 yoshga yetgach, u muallimga topshiriladi, ta’lim 
asta-sekinlik bilan berilishi kerak. Uni birdaniga kitobga bog’lab qo’ymaslik lozim”, - 
deb ta’kidlanadi. 
Abu Rayxon Beruniy ham o’z davrida ta’lim haqidagi ilg’or g’oyalarni ko’tarib 
chiqqan edi. U bolalarni 5-6 yoshdan boshlab o’qitish tarafdori bo’lib, o’qituvchiga 
qo’yiladigan talablar sifatida o’z fanini yaxshi bilishi, pokizalikka e’tibor berishi, 
rostgo’yligi, toza-ozoda yurishi zarurligi kabilarni ko’rsatgan. U ta’lim-tarbiya 
jarayonida o’qituvchining o’rnak-namuna ko’rsatishini dars samaradorligini oshirish 
uchun asosiy vosita sifatida qayd etgan. Beruniy ta’lim-tarbiyani aqliy, axloqit, mehnat 
va nafosat ta’lim-tarbiyasi kabi bir necha turlarga bo’lgan edi. Shu bilan bir qatorda, 
ularni ta’limning dastlabki bosqichidan boshlab o’quvchilarga singdirib borish 
lozimligini ta’kidlagan. Mutafakkir shunday deb yozadi: “Ta’lim berishda bizning 
maqsadimiz, o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir. Hadeb bir narsani o’qiyverish bola 
uchun zerikarli bo’lib, uning toqatini toq qiladi”. 
Ko’rinib turibdiki, alloma o’quvchilarga bir xildagi o’quv materiallarini takror 
taqdim etish natijasida ularni toliqtirish, zeriktirish, ularni o’quv jarayonidan 
bezdirishga olib kelishni alohida ta’kidlaydi. O’quv materiallariga bo’lgan bunday 
yondashuv bugungi kunda ham o’z dolzarbligini saqlab kelmoqda, masalan, 
o’quvdasturlari va darsliklarning aksariyat qismida aynan bir-biriga o’xshash 
mavzular, o’quv materiallari uchraydi. Har bir o’quv fani ichida berilayotgan bir xil 
mazmundagi mavzular o’quvchilarni toliqtirib, zeriktirib qo’ymoqda. 
VIII – XI asrlarda o’quvchilar, asosan, maktabdorlarning xonadonlari va 
madrasalarda ilm olganlar. O’sha davrda o’qitishning imlo, mutolaa usullaridan keng 
foydalanilgan. X asrda olgariroq, Markaziy Osiyoda o’qitishning “Tadriz” (shahar, 
izoh) usuli shakllanishi munosabati bilan – oliy dorilfunun tashkil topdi. Rus olimi V. 
V. Bartol’dning ta’kidlashicha, Buxorodagi faradjik madrasasi yaqin Sharqdagi ilk 
madrasa bo’lib, boshqa davlatlardagi madrasalarning ta’sirida shakllangan. 
IX – Xi asrlarda ko’plan sohalar kabi ta’lim-tarbiya ham misli ko’rinmagan 
darajada rivojlanadi. Sharqona ta’lim usullaridan bolaning kuchi va imkoniyatidan 
kelib chiqqan holda, unga alohida yondashish, ya’ni individual ta’lim berishni tashkil 
etish o’sha davr ta’lim amaliyotida o’zini oqlagan edi.


525 
Sa’diy Sheroziy o’zining ta’lim-tarbiya oid qarashlarini “Bo’ston” hamda 
“Guliston” asarlarida bayon etgan. Bu ikki asar xalq pedagogikasi namunalari, ya’ni 
xikmatlar, pandlar, maqol va rivoyatlar zaminida vujudga kelgan. Ushbu asarlar Sharq 
xalqlari ta’limida alohida ahamiyatga ega. 
Sharq mutafakkirlarining bevosita ta’lim sohasida ilgari surgan o’lmas g’oyalari 
pedagogik jarayonning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda, turli 
fanlardan amalga oshirilgan kashfiyatlar ta’lim-tarbiya mazmunida o’z ifodasini 
topmagan edi. Shuningdek, dunyoviy fanlarning o’qitilishiga yetarlicha e’tibor 
qaratilmagan. Garchand, sinf – dars tizimi dastlab Forobiy tomonidan asoslangan 
bo’lsa-da, XII – XVII asrlarda bunday yondashuv ta’lim jarayonining tashkil qtishga 
amal qilinmadi. Shu bilan bir qatorda, ta’lim mazmunini belgilash sohasida qat’iy tartib 
va tamoyillar mavjud emas edi. Jumladan:
a) muayyan mazmunga asoslangan o’quv kurslari shakllantirilmagan; 
b) o’quvchilarning maktabga kelish-ketish vaqti yil hisobiga asoslangan holda aniq 
chegaralanmagan; 
c) o’qitishda umumiylik emas, xususiylikning ustivorligi ta’minlangan; 
d) domlalar umumiylik emas, xususiylikning ustivorligini ta’minlagan. 
O’sha davrlarda ta’lim mazmunining asosini diniy ta’limotlar tashkil etgan. 
Dunyoviy bilimlar, tushunchalarni o’quvchilarga yetkazish alohida e’tibor 
qaratilmagan. Maktablarda daslik sifatida “Xaftiyak”, “Chorkitob” va “So’fi Olloyor” 
she’rlari o’qitilar edi. Ba’zi eski maktablarda “Fazn ayn”, “Tajvid”, “Mantiq”, “Devoni 
Fuzuliy”, “Devoni Bedil”, “Devoni Mashrab”, “Devoni Rag’buziy” kabi murakkab 
asarlar, “Yusuf va Zulayho”, Alisher Navoiyning “Devoni Navoiy”, “Amir Navoiy”, 
“Devoni Amir Navoiy” kabi nomli she’riy kitoblardan darslik sifatida foydalanilgan. 
Bu asarlarning bolalar yoshi va saviyasiga mos kelmasligi XIX asr oxiri va XX asr 
boshlarida Furqat, Behbudiy, A. Avloniy, M. Abdurashidxonov, X. Muin kabi ilgo’r 
fikrli ma’rifatparvarlar va pedagoglar ham ko’rsatib o’tgan edilar. 
O’quvchilarning bilim sifati, fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish uchun ularni 
rag;batlantirishga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan bir qatorda, o’quvchilarning 
o’zlari sevgan sohalari bilan shug’ullanishlariga alohida zamin hozirlangan. 
O’quvchilar maktabxonalarda o’qib yurgan davrlardanoq muayyan yo’nalishda chuqur 
bilim olish va o’z mahoratlarini oshirishga undalganlar. Maktab va madrasalarda 
o’qituvchilar o’quvchilarning iqtidorlarini juda erta aniqlaganlar va shu asosda 
ularning har birlari bilan alohida-alohida mashg’ulotlar olib borganlar. 
Ibn Sino, Beruniy kabi allomalar hamda ma’rifatparvar Furqat o’quvchilarga 
ta’lim-tarbiya berishda ko’rgazmalilikning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib 
o’tganlar. Bu esa o’quvchilarning ko’rish, eshitish kabi fiziologik jarayonlarini 
rivojlantirib, ularning tasavvurlari, dunyoqarashlarini kengaytiradi va ularda estetik 
didni tarkib toptiradi, degan muhim qarashni ilgari surganlar. 
Qadimda o’g’il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o’qitilgan. O’g’il 
bolalarning aksariyat maktablari masjidlar, madrasalar, qorixonalar, rabotlar, 
maktabdorlarning uylari huzurida bo’lgan. Qiz bolalar maktablari o’qituvchi ayollar 
yoki badavlat kishilarning xonadonlarida bo’lgan. O’g’il bolalarga domlalar, qizlarga 
esa, otinoyi (otinbibi, bibihalofa, bibiotin, eltibibi)lar ta’lim-tarbiya berganlar. O’sha 


526 
davrlarda ham hozirgi Qoraqalpog’iston hududidagi maktablarda o’g’il va qiz bolalar 
birga o’qitilgan. Shar’iy qoidalarga ko’ra, ilm o’rganish maqsadida domla yoki 
otinbibiga murojat qilgan bolalarga rad javobini berish og’ir gunoh hisoblangan. 
Shunga ko’ra, bolaning ota-onasi o’qituvchiga qancha haq to’lashidan qat’iy nazar, 
ular maktablarga qabul qilinganlar va ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lganlar. O’sha 
davrlarda ham yetim-yesirlarga tekin ta’lim berilgan. Qishloq maktablarida 15-20 
tacha, shahar maktablardagi domlalarda 50-60 tagacha o’g’il bolalar tahsil olganlar. 
Bolalar maktabga 5-6, ba’zan 6-8 yoshdan qabul qilinganlar. O’quv jarayoni 5 
yildan 8 yilgacha davom etgan. O’sha davrlarda o’quvchilar yoz mavsumi va ramazon 
oylarida ta’tilga chiqarilgan. Juma va bayram kunlari maktablarda mashg’ulotlar 
o’tkazilmagan. Boshqa odatiy kunlarda esa, ertalab quyosh chiqqandan kech asr 
nomozigacha davom etgan. O’qish vaqtining davomiyligi domlaning tahsil berish 
mahorati, o’quvchilar zehnining maromi hamda tahsil oluvchilarning oilaviy sharoitiga 
bog’liq tarzda belgilangan. O’qish uchun murojaat qilgan o’quvchilar yilning barcha 
kunlarida maktablarga qabul qilingan. Barcha o’quvchilar bitta xonada o’qiganlar. 
Mazkur maktablarda qat’iy dars rejasi, o’quv jadvali va o’quv dasturlari 
bo’lmagan. Harflarni o’quvchilarga o’rgatish jarayoniga ularning osti va ustiga 
qo’yiladigan diakritik belgilardan harakatlar yordamida bo’g’in tuzish o’rgatilgan. 
Navbatdagi dars bosqichi “Abjadxonlik” bo’lgan. Bunda o’quvchilar so’zlardagi 
o’zaro bo’g’inlarni qo’shish, “Abjad”ga ko’ra, hisob va ko’paytirishga o’rgatilgan. 
Maktabda kitobxonlik “Haftiyak”dan Qur’onning qolgan qismi o’qitilgan. Savodi 
chiqqach, bolalar diakritik belgilarning nasta’liq yozuvida fors tilida yozilgan “Chor 
kitob”, So’fi Olloyorning “Sabot ul-ijozin”, Faxrididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”, 
Hofiz Sheroziy, Fuzuliy, Bedil, Navoiy, Mashrab kabi shoir va mutafakkirlarning 
devonlarini o’qib saboq olganlar. Qizlarning maktabxonalarida ko’proq shoirlr ijodi 
o’rganilgan. Masalan: Sharqona odob-axloq, uy-ro’zg’or tutish, pazandalik, pokizalik 
kabilarga o’rgatuvchi Aliy Nazimoning “Ta’limi banot”, Olimat ul-Banotning 
“Muoshorat odobi”, Faxriddin ibn Rizouddinning “Tarbiyali xotun” kabi asarlarida 
darsliklar sifatida foydalanilgan. 
Maktablarda bolalar o’qishni to’liq o’zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga 
o’tganlar. Ba’zi maktablarda esa, “So’fi Olloyor”, “Xo’ja Hofiz” kitoblarini o’qish 
ko’nikmasiga ega bo’lganlaridan keyingina harflarni yozishga oid mashqlarni 
boshlaganlar. O’quvchilarga yozuvni o’rgatish bir necha bosqichda amalga oshirilgan. 
Dastlab o’quvchilarga alohida harflar yozdirilgan. Bu o’sha davr pedagoglarining 
ta’biricha, xat-savod o’rgatishning mufradot bosqichi hisoblangan. Undan so’ng esa, 
harflarni qo’shib yozishga o’tilgan. Mazkur bosqich xat-savod o’qitishning 
murakkabot bosqichi deb atalgan. Shundan so’ng baytlar, qit’alar, ruboiylarni 
ko’chirib yozishga oid topshiriqlar berilgan. Bunday mashqlar muqattaot mashqlari 
deb nomlangan. O’sha davr domlalari yozuvni o’rgatishda “Badonul insho”, 
“Munshaot”, “Dastu ul-quzot”, Said Salohiddinxo’ja ibn Oloviddinxo’janing 
“Mufradot”, Shermuhammad Avazbek o’g’li Munisning “Savodi ta’lim” kabi darslik 
va qo’llanmalaridan foydalanganlar. Biroq u davrlarda o’quvchilarga maktabni 
bitirganliklari haqida hech qanday hujjat berilmagan. 


527 
Yuqoridagilar asosida xulosa qilib aytish mumkinki, ajdodlarimiz barcha 
davrlarda yoshlarning ilmli bo’lishiga alohida e’tibor qaratganlar va bunday olijanob 
maqsadni amalga oshirish uchun asrlar davomida ta’limiy qadriyatlarning boy hamda 
bugungi kun uchun ham alohida qimmatga ega bo’lgan boy zaxirasini vujudga 
keltirganlar. Mazkur qadriyatlarni o’rganish, aniqlash, har tomonlama chuqur tahlil 
qilish va ularni saralagan holda bugungi kinda didaktika nazariyasini rivojlantirishda 
qo’llash alohida ilmiy-amaliy qimmatga ega. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. “Xalq ta’limi” jurnali, 6-son, 2009 yil. 
2. Robiya Otamurodova “Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarni tarbiyalash usullari” 
Qarshi 2005 yil. 
3. “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi. T. , “Ma’rifat-madadkor” 
2002. 
4. O.U.Hasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” Toshkent 2006 yil. 


528 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет