Литература:
1.Моторин В. "Воспитательные возможности компьютерных игр".
Дошкольное воспитание, 2016г., № 11, с. 53 - 57.
2.Фомичева О. С. Воспитание успешного ребенка в компьютерном веке.
М.: "Гелиос АРВ", 2014г.
3. Савельева Л.А. Разработка лабораторного практикума по дисциплине
«Информационные технологии в образовании»;19 - 22 мая 2015 года, г. Томск.
513
ФИО авторов: Ikmatillayeva Nilufar Avazjanovna
Farg’ona shahar kasb-hunar maktabi maxsus fan o’qituvchisi,
Begmatova Matlyuba
Farg’ona shahar kasb-hunar maktabi maxsus fan o’qituvchisi
Название публикации: «MAXSUS FANLARNI O’QITISHDA KICHIK
GURUXLAR BILAN ISHLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA ULARNI
BAHOLASH»
Annotatsiya: Ushbu maqolada maxsus fanlarni o’qitishning zamonaviy usullaridan
foydalanib, o’qitish jarayonini samarali tashkil etish, maxsus fanlarni o’qitishda kichik
guruhlar bilan ishlashning yutuqlari, kichik guruhlarn baholash mezonlarini to’g’ri
tashkillash.
Kalit so’zlar: kichik guruhlar, noan’anaviy usullar, pedagogik texnologiyalar,
hamkorlik, samaradorlik, motivasiya, maxsus fanlar, jamoa, baholash mezoni.
Hozirgi davrda ta’lim sohasining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri,
o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalar va noan’anaviy usullarning yutuqlaridan
unumli foydalanish, ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish, hamda rivojlangan
mamlakatlarning tajribalarini milliy mentalitetimiz an’analari bilan
mujassamlashtirgan holda mamlakatimiz ta’lim tizimida unumli foydalanish.
Maxsus fanlarni samarali o’qitish ta’lim muassasalarida malakali mutaxassislar
tayyorlashni belgilaydi. Maxsus fanlarni o’qitish o’zining ko’pgina belgilari,ya’ni
mazmuni, maqsad va vazifalari, uslublari, vositalari, tashkil etilishi, o’tkazilish joyi,
jixozlanishi, tuzilishi, ajratiladigan vaqti bilan ham umumta’lim va umumkasbiy
fanlardan keskin farq qiladi.
Zamonaviy yoshlarga tanlagan kasblariga oid maxsus fanlarni yuqori darajada
o’zlashtirishlari uchun darslarni shunchaki ma’ruza shaklida o’qitish eng samarasiz
usuldir. Ularga maxsus fanlarni jozibali, noodatiy, amaliy usullar va o’quvchining o’zi
hech qayerdan topa olmaydigan ma’lumotlar orqali o’rgatish lozim.
Ko’pchilikka ma’lumki dars mashg’ulotlarini quyidagi shakllarda amalga
oshirish mumkin:
a) yakka tartibda ishlash
514
b) juftlikda (hamkorlikda) ishlash
c) kichik guruhlarda ishlash
d) guruhiy ta’lim shakli
e) jamoaviy ta’lim shakli
f) ommaviy ta’lim shakli.
Aynan kichik guruhlarda ishlash zamonaviy ta’limning eng samarali shakli
hisoblanadi. Maxsus fanlarni o’qitishda ham o’z tajribamdan kelib chiqib aytishim
mumkinki, kichik guruhlar bilan ishlash orqali yuqori natijaga erishish mumkin.
Maxsus fanlarda kichik guruhlar bilan ishlashning afzalliklari:
-vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida, ta’lim oluvchilarda, o’rtoqlari tomonidan
bildirilgan fikrlarni muxokama qilishga motivasiya paydo bo’ladi;
- o’quvchilar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular savollarni aniq
shakllantirishi va tushuntira bilishlari zarur, tushunish va tushuntira olishga erishish
uchun esa, ular bir-birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;
- guruhlar bilan ishlash vaqtida, ta’lim oluvchi o’quvchilar yordam berishlarini
so’raydilar va boshqalarga yordam berishni o’rganadilar;
- o’rtacha qobiliyatga ega yoki xarakteri bo’yicha passiv o’quvchilar o’z bilimlari va
mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar. 3-7 kishidan iborat guruhda,
passiv o’quvchi 25 kishilik guruh oldida o’zini nisbatan ancha erkin his etadi.
- Kichik guruhlarda ishlash,atrofdagilarga bo’lgan munosabatni o’zgartiradi, “men” va
“ular” dan ”biz”ga o’tishni ta’minlaydi va o’zini guruhning yaxlit bir bo’lagi sifatida his
qilish imkonini beradi. Bu esa o’quvchilarning bir maqsad yo’lida birlashishini
shakllantiradi.
Kichik guruhlarni tuzishda ixtiyoriy, joylashuv tartibi asosida, yonma-yon
o’tirganlar, hisoblash orqali, raqamlar yoki harflarni tortish usullaridan foydalanish
mumkin.
Misol uchun: “O’zbek milliy taomlari” maxsus fanidan kichik guruhlarni tuzish
uchun 1ta qutiga 28ta taomning nomlari yozilgan qog’ozchalar solinadi. O’quvchilar
qutidan bittadan qog’ozni tortadilar va ular quyidagicha guruhlarga taqsimlanadilar:
I-guruh, “Xamirli taomlar” (norin, xonim, lag’mon, manti, ugra, chuchvara,
mampar)
515
II-guruh, “Guruchli taomlar” (palov, mastava, shavla, guruchli do’lma, guruchli
xasip, guruchli kotlet, shirin guruch)
III-guruh, “Sut maxsulitlari” (qatiq, qaymoq, pishloq, sariyog’, smetana, qurut,
muzqaymoq)
IV-guruh, “Salatlar” (Baqlajonli salat, karamli salat, bodringli salat, go’shtli
salat, sabzili salat, pishloqli salat, mevali salat) .
O’quvchilar qog’ozchada yozilgan taom nomiga qarab o’z guruhini aniqlab oladilar.
Kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida ularga beriladigan topshiriqlar,
guruhning barcha a’zolariga umumiy topshiriqlar yoki guruhning har bir a’zosiga
individual beriladigan topshiriqlar asosida tanlanishi kerak. Kichik guruhlar bilan
ishlashda yangi interfaol usullardan foydalanish mumkin. Maxsus fanlarda kichik
guruhlar bilan ishlashda “Uch bosqichli intervyu”, “Aqliy hujum”, “Charxpalak”,
“Nilufar guli”, “Klaster”, “Asalari galasi”, “Ajurli arra”, “Baliq skeleti” kabi
metodlardan foydalanish orqali yuqori samaraga erishish mumkin. Umuman olganda
har bir o’qituvchining o’zi kashf qilgan dars o’tish metodlari bo’ladi. Qaysi metoddan
foydalanishimizdan qat’iy nazar eng asosiysi yuqori natijaga erishishdir.
Kichik guruhlarni baholashda maxsus fan o’qituvchisining kuzatish qobiliyatiga
juda yuqori talablar qo’yiladi. Chunki o’qituvchi alohida guruh a’zolarining individual
yutuqlarini ham, guruh bajargan umumiy topshiriqlarni ham adolatli baholay olishi
lozim. Quyida kichik guruhlarni baholash jadvalini tavsiya qilishimiz mumkin:
Topshiriqlar
I-guruh
II-guruh
III-guruh
IV-guruh
“5” “4” “3” “5” “4” “3” “5” “4” “3” “5” “4” “3”
1-topshiriq
2-topshiriq
3-topshiriq
4-topshiriq
5-topshiriq
Umumiy
ball
Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida guruhlar bilan ishlash usulidan foydalanish
natijasida o’quvchining bilimi ortadi, shaxsiyati rivojlanadi, guruh a’zolari o’z
g’oyalari va fikrlari bilan ko’proq o’rtoqlashadi, jamoa bilan ishlashni o’rganadi,
do’stona raqobat vujudga keladi. Xozirgi vaqtda maxsus fan o’qituvchilarining
asosiy vazifalaridan biri o’quvchida mustaqil fikrlash, ijodkorlik va mustaqil bajarish
malakasini hosil qilishdir. Yuqorida berilgan tavsiya va ma’lumotlarning barchasi
maxsus fanlarni o’qitishning maxsuldorligini ortishiga olib keladi.
516
Достарыңызбен бөлісу: |