Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет174/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar: 
1.Q.T.Olimov, D.F.Jalolova, M.N.Karimova, Sh.N.Nutfullayeva “Maxsus fanlarni 
o’qitish metodikasi, Toshkent-2013. 
2.M.Kamoliddinov,B.Vaxobjonov “Innovatsion pedagogic texnologiya asoslari, 
savollar,javoblar”, Toshkent-2010. 
3.M.Klark “Texnologiya obrazovaniya ili pedagogicheskaya texnologiya” jurnal 
“Perspektivi”-1983. 
4.K.Ishmatov “Ilg’or pedagogik texnologiyalar”, Namangan-2003. 
5.N.Saidaxmedov “Yangi pedagogik texnologiyalar”, Toshkent-2003. 


517 
ФИО авторов: Xamitova Rayxon Axmatovna, Megliyeva Klara Hayrullayevna 
Koson Pedagogika kolleji o'qituvchisi 
Название публикации: «BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA 
INNOVATSION YONDASHUVLAR» 
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko’nikmasi, kattalar hamda 
sinfdosh o’rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun 
bolaning maktabga qadam qo’yayotganida nechog’li bilimga ega ekanligi emas, balki 
uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko’nikmasi, 
voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror 
narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni orttirish, o’z g’oyasini himoya 
qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko’nikmasini shakllantirish ham muhimdir. 
Respublikamizda dastlabki ta'lim elementlari maktabgacha ta'lim muassasalaridan 
boshlanadi. Ularning bosh vazifasi bolalarni maktabga yaxshi va samarali tayyorlash 
hisoblanadi. Ma'lumki, bo'lajak maktab o'quvchilarining kerakli kompetensiyalarini 
shakllantirish muammosi pedagoglar singari, psixologlar uchun ham yangilik emas. 
Maktabda ta'lim olishga tayyorgarlik ko'rish masalasi ko'p yillar davomida chet el va 
o'zbek tadqiqotchilari tomonidan o'rganilgan. Tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, 
maktabga tayyorlash komponentlari jismoniy, aqliy, motivatsion, erkin-emotsional, 
muloqotga tayyorgarlikdan tashkil topadi. 
I.Y. Kulagina tadqiqotlarida esa ikkita, psixologik-pedagogik tayyorgarlik aspekti, 
shaxsiy intellektual tayyorgarlik aspekti mavjudligini ilgari suradi. 
Amaliyotdan ma'lum bo'lishicha, maktabga tayyorgarlikka belgilangan talab darajasini 
shakllantirish va obyektiv baholash ota-ona va tarbiyachining faol ishtirokisiz 
bo'lmaydi. Buning uchun esa ularga maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga xos 
xususiyatlari haqida aniq bilim, dastlabki maktab ta'limini berishda (o'qi-tishda), 
maktabga tayyorgarlikni shakllantirish usullari va mumkin bo'lgan qiyinchiliklar 
haqida bilimlar berish zarur. 
Maktabgacha ta'lim tizimi zimmasiga qo'yiladigan vazifalardan biri bolalarning 
kognitiv o'sishlarini muvaffaqiyatli ta'minlash bilan birgalikda, kelgusida maktab 


518 
ta'limini belgilangan davlat ta'lim standartlari darajasida o'zlashtirishlariga yordam 
berishdan iborat. Bu vazifani samarali amalga oshirish, albatta, maktabgacha ta'lim 
muassasasi va oila o'rtasidagi uzviy hamkorlikka bog'liq. 
Bolalarni maktabda ta'lim olishiga tayyorlash maktabga kirishdan ancha oldin 
boshlanadi va bu maktabgacha ta'lim muassasasi bola uchun odatiy faoliyat 
ko'rinishidagi mashg'ulotlar: o'yinlar, rasm chizish, loyihalash va boshqalarasosida 
amalga oshiriladi. Bola qaysi faoliyat bilan shug'ullanmasin, doimo unda kognitiv 
element uchraydi (qatnashadi) va yangiliklarni bilishga, mustaqil biron bir narsani 
qurishga yoki yasashga harakat qiladi. Lekin bolani o'quv jarayoniga tayyorlashni 
shakllantirishda bu asosiysi emas. E'tiborni maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhiga va 
birinchi sinf o'quv mazmuni ko'p jihatidan o'xshashligiga qaratish lozim. Shu o'rjnda 
maktabgacha ta'lim muassasasi bitiruvchilarining maktab sharoitiga moslashuvi 
kuzatilganda shu narsa ma'lum bo'ldiki, birinchi yarim yillik o'quvchi uchun maktabda 
eng qiyin davr hisoblanadi. 
Kattalarning "endi sen katta bo'lib, maktabga bording" deya ta'kidlashlari, uni 
zanjirning ilk halqasida ekanini, uning ma'nosida juda ko'p vazifalar borligini anglab 
yetadi va aynan shu yerda stress va injiqliklar boshlanadi. 
Shu sababli bolaning har tomonlama rivojlanishi va uning maktabga to'g'ri tayyorgarlik 
ko'rishi maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar hamkorligiga bog'liq. Zero, oila 
bola rivojlanishining birinchi va eng muhim omilidir. 
Ota-onalar bilan hamkorlikning innovatsion va samarali shakli guruh seminarian, bahs-
munozaralar, davra suhbatlari, ota-onalar uchun treninglar, rolli o'yinlar hisoblanadi. 
Shunday qilib, maktabga nisbatan ijobiy o'quv motivlarini shakllantirish bolani 
maktabga tayyorlashda oila-maktabgacha ta'lim muassasasining hamkorligi eng 
muhim birlamchi vazifalaridan biridir. 
Bolani maktabga tayyorlashda, albatta, bo'lajak o'quvchining motivatsiyasini hisobga 
olish zarur. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisini bolalarda maktabga nisbatan 
ijobiy munosabat va o'qish maqsadini shakllantirish uch maqsad yechimiga qaratilgan: 
— 
bolalarda maktab va bilim olish haqidagi tasavvurni shakllantirish; 
— 
maktabga nisbatan ijobiy emotsional munosabatni shakllantirish; 


519 
— 
o'quv faoliyati malakasini shakllantirish. 
Bu masalani yechishda faoliyat turi, shakl va metodlari: 
— 
maktabga sayohat, maktab haqida qisqacha suhbatlar, maktab o'quvchilari 
haqida hikoyalar, she'rlar yod olish, maktab hayotini aks ettiravchi rasmlar ko'rish, 
maktab rasmini chizish va "maktab-maktab" o'yinini o'ynash; 
— 
maktab haqidagi hikoya va she'rlar maktab hayotining rang-barang tomonlarini 
ko'rsatish uchun tanlanadi. Ya'ni maktabga ketayotganda bolalardagi quvonch, ta'lim 
mazmuni, do'stona munosabatlar va o'rtoqlariga yordam berish zarurligi, maktabda va 
darslarda o'zini namunali tutish qoidalarini bilish; 
— 
maktab ta'limi nuqtayi nazaridan bolalar bilan to'g'ri-noto'g'ri qiyosiy namunalar 
asosida suhbat qurish. 
Oila maktab yoshidagi bolalar uchun o'qishdagi maqsadini shakllantirishda hal etuvchi 
rol o'ynaydi. Yangi bilimlarga qiziqish, qiziqqan ma'lumotlarining elementlarini 
(kitob, jurnal, darsliklardan) qidirib topish malakasini oshirish, maktab ta'limining 
ijtimoiy mohiyatini anglash, "xohlayman" so'zini "kerak" so'ziga bo'ysundira bilish, 
mehnat qilish xohishini ta'minlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish, namunali ish 
bilan o'z ishini solishtira bilib, o'z xatolarini ko'rish, yutuq sari intilish va xolisona 
o'ziga baho berish — bularning barchasi maktab ta'limining motivatsion (maqsadli) 
asosi va oilaviy muhitda shakllanadigan asosiy omildir. 
Agar oiladagi tarbiya noto'g'ri shakllangan bo'lsa, maktabgacha ta'lim muassasasining 
yolg'iz kuchi bilan ijobiy natijaga erishish qiyin kechadi. 
Shu o'rinda maktab yoshidagi bolalar xulq-atvorining quyidagi xususiyatlariga e'tibor 
qaratishimiz kerak: 
— 
kattalarni e'tibor bilan eshitadimi; 
— 
topshiriqlarni oxirigacha eshityaptimi, tarbiyachining fikrini bo'lib, oxirigacha 
eshitmay topshiriqni bajaradimi; 
— 
kattalar topshirig'ini aniq bajarishiga harakat qilyaptimi; 
— 
bajarish jarayonida biror nima yodidan ko'tarilib yoki tushunmasa, savol 
beryaptimi; 
— 
kattalar avtoriteti (obrazi)ni tan olyaptimi va ular bilan hamkorlikka tayyormi; 


520 
Bolani maktabga tayyorlashning eng qulay yechimlaridan biri — ta'lim va tarbiya 
jarayonini yengillashtirish, yana ham rang-barang, qiziqarli va samarali qilishga 
yo'naltiradigan maktabgacha ta'lim muassasalariga berish sanaladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga o’tishi hamisha uning hayoti, 
axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning 
uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasida yoki oilada 
maktab ta'limiga tayyorlash, uni murakkab bo’lmagan bilim, ko’nikma va malakalar 
bilan tanishtirish kerak bo’ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy 
qiyinchiliklaridan xalos bo’lishga yordam beradi. 
Shunga binoan, MTMsi bilan maktab o’rtasidagi bog’liqlik bir tomondan, bolalarni 
maktab ta'limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli 
qilib tarbiyalagan holda maktabga o’tkazishni, ikkinchi tomondan, 
O’qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka 
sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o’quv-tarbiyaviy jarayonda samarali 
foydalanishni taqozo etadi. 
Maktabgacha ta' lim yoshidagi bolalar egallagan xulq-atvor shakllari, kattalar va 
tengdoshlari bilan bo’ladigan o’zaro munosabat shakllari, axloqiy xis-tuyg’u va 
tasavvurlar maktabning boshlang’ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor 
shakllarini ularning ongini, his-tuyg’ularini tarbiyalash uchun manba bo’lib xizmat 
qiladi. Maktab bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq atvorda birlik bo’lishini 
tarbiyalash, o’z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarlikni seza bilish, jamoachilik 
xislatlari, sifat jihatdan yangi bo’lgan xulk, atvor shakllarini tarkib toptirish uchun 
shart-sharoit yaratadi. Maktabda vatanparvarlik, baynalmilallik, o’z vatani oldidagi 
burchini chuqur anglash kabi his-tuyg’ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar 
bolalarning MTMda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga hurmat, ona tabiatga 
mehr va shu kabi axloqiy xislari asosida shakllanadi. 
Maktabda bolalarni estetik tomondan tarbiyalash bo’yicha izchil ish olib boriladi. 
Bolalar musiqa va ashula darslarida musiqa asbob-anjomlari bilan tanishadilar, ashula 
aytadilar, marsh sadolari ostida yuradilar. o’yinga tushadi san’at darsida esa o’qvchilar 
chizmachilik va rasm solishni. naqqoshlik rangtasvir, manzarali-amaliy san'at 


521 
natyurmortni, portretni bir-biridan farqlashni o’rganadilar. O'qish darsida bolalar 
adabiy janrlar bilan tanishtiriladi. Amaliv mashg’utotlarda ularning badiiy. ijodiy 
qobiliyatlari yanada rivoj lantiriladi. Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyaiash, mehnat 
axliga ijobiy munosabat, mehnat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish ishlari ham 
maktabda o'rgatilib boriladi. 
Maktab bilan MTM o’rtasidagi mehnat tarbiyasi bo’vicha uzviy bog’liqlik mehnat 
tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni ijtimoiy foydali tomonga 
qaratishga, bolalarning mehnatdagi mustaqilligi, o’z-o’zini taslikil eta bilishga, axloqiv 
munosabatlarning ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat faoliyati yanada tarkib topa 
boradi. Maktabdagi hamma o’quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsini har tomonlama 
shakllantirishni rivojlantirish bo’yicha izchillik asosida olib boriladi. 
Maktab bilan MTM o’rtasidagi uzviy aloqa asosini MTM va maktabda amalga 
oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o’rtasidagi bog’ 
liqlik tashkil etadi. 
Hozirgi boshlang’ich sinflar dasturi bilan MTM dasturini olib solishtiradigan bo’lsak, 
ular o’rtasida bir qancha o’zaro bog’liqlarni ko’ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos 
qilib olingan printsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni 
har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish printsipi, hayot bilan 
borliq, ilmiylik printsiplari, ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga 
egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida namoyon bo’ladi. 
MTMsi bilan maktab o’rtasidagi uzviy bog’liqlik katta maktabgacha yoshdagi bolalar 
va maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta'lim-tarbiya berish sharoitini 
yakinlasntirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga 
moslashishi ancha engillik bilan o’tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib 
ketadilar, bu esa o’z navbatida maktabda o’qishning birinchi kunidan boshlab ta'lim-
tarbiya ishining samarasini oshiradi. 
Zero, maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga 
qo’yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni 
shunga muvofiq ravishda ta'lim olishga tayyorlashlari kerak. 


522 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. “Maktabgacha ta’lim” Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy metodik nashr – 2016 yil iyul №7. 
2. L. Beknazarova “O’qituvchi va o’quvchi hamkorligining psixologik xususiyatlari” 
Toshkent 2008 yil 
3. 
Davletshin “Zamonaviy maktab o`qituvchisi psixologiyasi”.
4. 
Malla Ochilov “Muallim – qalb me’mori” 2001 yil


523 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет