684
Birinchi navbatda sanoat mahsuldorligini oshirishga erishsa bo‘ladi.
Davlatning harajatlari kamayadi, sababi ko‘plab kirma va ko‘rxonalar davlat
tasarrufidan chiqganidan keyin davlat qandaydir firma yoki korxonaga pul to‘lamaydi
va unga sarflayotgan pulini ta’limga va boshqa ijtimoiy sohani rivojlantirishga
sarflaydi.
Savdo ochilishiga ham aynan xususiylashtirish sabab bo‘ladi.
Mamlakatimiz hali hamon Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lmagan. Juda ko‘plab davlatlar
ya’ni 164 nafar davlat bu tashkilotga a’zo hisoblanadi. Jahon savdo tshkiloti (WTO,World
Trade
Organization) bu savdo tashkilotining asosiy maqsadlaridan biri bu o‘zini himoya qilishni
kuchaytirish va proteksionizm qo‘llanilishini bekor qilishdan iborat. Proteksionizm siyosati bu-
panalash,himoya qilish (davlatning ichki bozorini chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab
chiqaruvchilarning tashqi bozorga chiqishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat
hisoblanadi) deganidir. Bu tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan
cheksiz imkoniyat eshigi hisoblanadi. O‘zaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning o‘z savdo
siyosatlarini olib borishda mas’uliyat yuklaydi. Bundan ko‘zlangan maqsad –jahon bozorida
muvaffaqiyatli faoliyat yurutishda tavorlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar, eksport va
importlarga ko‘mak berishdir. Jahon savda tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlarga bir qancha talablar
qo‘yiladi. Shuning uchun ko‘p mamlakatlar bu tashkilotga a’zo bo‘lishi mushkuldir.Sababi arzon va
sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalari bilan raqobat qila olmagan milliy korxonalar
tanazzulga yuz tutishi ham haqiqatdir.O‘zbekiston 1995-yilda ariza topshirgan bo‘lishiga qaramasdan
2017-yildan boshlab ijobiy siljish kuzatilmoqda.
Xitoy xalq respublikasi ham 2001 yilda bu tashkilotga a’zo bo‘lgan hisoblanadi. Jahon savdo
tashkilotiga a’zo bo‘ladigan bo‘lsa eng avvalo monopolistlar ziyon ko’radi. Monopolist bu-yagona
sotaman (iqtisodiyotning ma’lum bir sohasida tanho hukmronlik bozorini tashkil etish shakli) degan
ma’noni anglatadi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir omili bu importning oshishidir.
Importning oshishi esa eksportni ham oshishiga olib keladi.Iqtisodiyot hech qachon bir joyda to‘xtab
qolmaydi va har doim rivojlanishda davom etadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak ham ishlab
chiqarish resurslarining cheklanganligi va insonlarning ehtiyojlarining cheksizligi har doim o‘z aksini
topib kelgan. Bir narsani amalga oshirish uchun boshqa narsalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi
bazan. Iqtisodiyotda barcha harajatlar muqobil qiymat hisoblanadi. Juda ko‘p harajatlar pulda
hisoblanadi ammo bular ham muqobil qiymat deb yuritiladi. Iqtisodiyotda tabiiy boyliklar yaxshimi
yoki yomon degan jumla bor. Tabiyki albatta yomon deb yurtiladi. Buning sababi esa insonlarni tabiiy
boyliklar dangasa qilib qo‘yadi. Insonlarni faqat bitta sohaga jalb qiladi holos. Ilm olishga bo‘lgan
qiziqish va harakatga ham to‘sqinlik qiladi bu boyliklar. Sababi boylik bor ilm olib nima qilaman
degan tushuncha ham paydo bo‘ladi.Ammo biz bilamizki yotib yesang tog‘ turmydi degan gap bor.
685
Tabiiy boyliklari yo‘q davlat albatta aqlga e’tiborni ko‘proq beradi va shu orqali rivojlanish yo‘lini
tanlaydi.
Paxta,neft,oltin bizni boyligimiz emas bizni boyligimiz aql bo‘lishi kerak. Misol uchun
oladigan bo‘lsak, Singapur davlatini bilimdan boshqa boyligi yo‘q va uning iqtisodiyotini ham
ularning bilimi tashkil qiladi. U Malayziyadan ajralib chiqqanda ularda hech qanday tabiiy boylik
ham boshqa narsalar ham bo‘lmagan. Ukraina davlatini olaylik u intelektual mahsulot eksporti
bo‘yicha TOP 25 talik davlatlar ichiga kiradi vaholanki u sobiq Ittifoq davlartkaridan ajralib
chiqqanidan so‘ng boshqa mustamlaka davlatlar qatorida juda kuchsiz va himoyasiz edi. Oradan yillar
o‘tib hukumatning IT va ilm fanga bergan e’tibori natijasida IT sohasidan kelgan daromad
mamlakatda birinchi bor qurol eksportidan oshib ketadi va iqtisodiyotni ko‘taradigan asosiy
tarmoqlardan biriga aylanadi.
Davlatimiz rahbarining 2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasing “Yashil”
iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlashi to‘g‘risidagi qarori qabul qilingani ham juda katta
islohatlarga sabab bo‘ldi. Mamlakatda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiy bazaviy
tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya hamda hududlarni bir maromda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora tadbirlar amalga oshrilmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki mamlaktimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun
xususiylashtirishga va ta’lim sohasini tubdan isloh qilishga ko‘proq e’tibor qaratilishi kerakligini
ko‘rsatadi.Rivojlanish uchun boylik ro‘l o‘namaydi, rivojlanish uchun neft yoki gaz ham ahamiyat
kasb etmaydi. Buning uchun esa sud tizimini yanada isloh qilish va mulk daxlsizligi hamda
mamlakatdagi institutlar o‘rnini beqiyos ekanligini ko‘rsatadi.Iqtisodiyotni rivojlantirish bu ta’lim
orqali bo‘lsa juda katta yutuqlarga erishish mumkin.
Достарыңызбен бөлісу: