732
uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qilishda ham
foydalanish mumkin. Bunda, o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi, boshqa o‘quvchilarga
o‘qish uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qiladi,
tavsiya qilish jarayonida reklamaning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. “Reklama”
metodining afzalligini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
- o‘quvchilarning nutqi ravonlashadi, jamoa oldida nutq so‘zlash, o‘z fikrini erkin
bildira olish ko‘nikmalari shakllanadi;
- dars jarayonining mazmunli tashkil qilinishiga erishiladi, o‘quvchilarning darsga
qiziqishlari oshadi, ularda kitobga bo‘lgan hurmat shakllanadi, badiiy asarlarni
o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayadi;
- o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, sog‘lom raqobat muhiti paydo bo‘ladi,
o‘zgalar fikrini hurmat qilish, ularni diqqat bilan tinglash, o‘z diqqatini jamlash va
fikrlash qobiliyatlari shakllanadi.
Достарыңызбен бөлісу: