832
texnologiyalarini yaratishda, ilg‘or axborotli ta’lim texnologiyalarini hayotga joriy
etishda, qarorlarni qabul qilish bo‘yicha ta’lim oluvchilar vazifalarini belgilashda,
qarorni joriy etishda, taklif va mulohazalarni yig‘ishlarda mukammal qarorlar qabul
qilishga didaktik asos bo‘la oladi.
Pedagogik qobiliyat – bu o‘qituvchining pedagogik faoliyatga xos bo‘lgan zaruriy
xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘lib, unda shu xususiyatlar negizida pedagogik
faoliyat bilan mohirona shug‘ullana olishlik layoqatining shakllanganligining muayyan
darajasidir.
Ta’lim tamoyillari. Bu o‘qish va o‘qitish jarayonida obektiv mavjud bo‘lgan va uni
bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikdan kelib chiqib, odamlar
tomonidan ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida amal qilishlikka tavsiya etilgan
harakatlar tarkibidir. Demak, ta’lim tamoyillari – bu o‘qituvchining faoliyatini va
ta’lim oluvchining bilish faoliyatini xususiyatini belgilovchi asosdir. U ta’lim beruvchi
va ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli
normada, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning
samaradorligini belgilaydi. Ana shuning uchun ham mazkur jarayonda o‘qituvchining
pedagogik mahorati juda zarur va unda ta’lim berishning muhim ob’ktiv
qonuniyatlarini ta’lim tamoyillari o‘zida aks ettiradi. Pedagogikada o‘qituvchining
pedagogik mahoratini oshirishga imkon beruvchi ko‘pgina umumiy tamoyillar mavjud.
Ular: onglilik va faollik; ko‘rgazmalilik; tizimlilik va muntazamlilik; mustahkamlik;
tushunarlilik; ilmiylik; nazariya bilan amaliyot birligi; ta’lim – tarbiyaning birligi;
ta’lim – tarbiya tizimi va uning uzunligi; pedagogik texnologiya tamoyillari.
Достарыңызбен бөлісу: