Kalit so`zlar: Temuriylar, Buyuk ipak yo`li, madaniyat, savdo.
Key words: Temurids, Great Silk Road, culture, trade.
Ключевые слова: Темуриды, Великий шелковый путь, культура, торговля.
Tarixdan ma`lumki, sivilizatsiyalar katta saltanatlar hududlarida, iqtisodiy va mintaqaviy
barqarorlik hukm surgan, uzoqni ko`ra oladigan, xalq farovonligi yo`lida jiddu-jahd ko`rsatgan, ilm-
fan homiysi bo`lgan davlat rahbarlari davrida yuz bergan. Barcha sohalarga birdek e`tibor, ijtimoiy
adolat tamoyili, tadbirkorlikning rivojlanishidan manfaatdorlik, umuman, obod turmush konsepsiyasi
Amir Temur siyosatining natijasi sifatida ikkinchi Renessansga asos bo`lib xizmat qilgan. Yigirma
847
yetti davlatni o`z ichiga olgan saltanatda ichki va tashqi savdo-sotiq almashinuvlari mamlakat
iqtisodini yuksaltirishga ijobiy ta`sir ko`rsatgan.
115
Amir Temur ko`pgina sharq va g`arb davlatlari rahbarlariga bitgan maktublarida ham avvalo
xalqaro savdo-sotiqqa keng yo`l ochish va tadbirkorlarga katta imtiyozlar berish lozimligi, hamda
davlat taraqqiyotiga aynan xususiy tadbirkorlar katta ta`sir ko`rsatishini alohida ta`kidlab o`tgan.
116
Xususan, Yevropa qirollariga «Siz savdogarlaringizni biz tomonlarga yuborsangiz, toki biz
ularni qizg`in, barcha izzatlarini o`rniga qo`yib kutib olaylik. Bizning savdogarlarimiz siz tomonlarga
borsalar va ularga ham shunday izzat-ikromlar ko`rsatsalar. Mayli, ular hech qanday xavf-xatarsiz,
to`siqsiz yo`l yursinlar. Dunyoni savdogarlar farovon qiladilar, degan naqlni inkor etish befoyda»,
mazmunidagi xatlar yuborgan.
117
Bu davrda 12000 chaqirim uzunlikdagi Buyuk Ipak yo`li orqali
ko`plab Sharq davlatlari bilan har tomonlama aloqalar o`rnatildi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo`lining
O`rta yer dengiziga chiqishi orqali g`arbiy Yevropa davlatlari bilan ham uzviy savdo-iqtisodiy va
diplomatik aloqalar o`rnatildi. Sohibqironning bu xatti-harakatlarini olimlar diplomatiyada «qo`l
cho`zish siyosati» deb ataydi. Haqiqatdan
ham, u do`stlik va hamkorlik yo`lida
Yevropaga qo`l cho`zgan birinchi davlat
rahbaridir. Amir Temurning ichki va tashqi
siyosatidagi millatlararo munosabatlarning
muvofiqligi taraqqiyot omillaridan biri
bo`lgan. Zero, uning ko`p millatli va turli
diniy qarashlar mavjud bo`lgan saltanatidagi
bu
jihat
o`sha
davrning
eng
ahamiyatli
voqealaridan
biridir.
Temuriy
hukmdorlardan Shoxrux Mirzoning Xitoy
imperatoriga yo`llagan maktubida: «Sayyoh va savdogarlar uchun yo`llarni ochiq tutsalar, toki
do`stlik va muhabbat sabablari ta`kidlanib, birlik va yakdillik vositalari quvvat topsa. Mamlakatlar
atroflaridagi xalqlar toifalari rohatga erishsa, fuqarolarning barcha tabaqalari orasida tiriklik
vositalari tartibga tushsa», — deya alohida ta`kidlagan. Yuqoridagilardan ko`rinadiki, Amir Temur
115
“Sharq gavhari, zamin sayqali” “ Xalq so`zi” 26 avgust 2017 yil. 27-b.
116
G`ulomov Y. Qadimgi madaniyatlarimiz izlaridan. -T., “Fan” 2018. 62-b.
117
Asqarov A. O`zbekiston xalqlari tarixi. 1-jild, -T., 2018
yil
48-bet.
848
va temuriylar Buyuk Ipak yo`liga o`zaro hamkorlik, hamjihatlik, do`stlik asoslaridan biri sifatida
qaraganlar.
118
Birinchi navbatda Buyuk Ipak yo`lining bekatlari ta`mirlangan va ba`zi yerlarda yangilari
bunyod etilgan. Yo`llarda karvonlarning dam olishini ta`minlovchi karvonsaroylar qurilgan. Bu
karvonlarni mahalliy hokimliklar tomonidan qo`yilgan harbiy qo`riqchilar himoya qilib, bir
manzildan ikkinchi manzilga yetkazib qo`ygan.
Buyuk Ipak yo`lida o`z diplomatik missiyasini bajargan Rui Gonsales de Klavixo o`ziga va
Misr elchilariga ko`rsatilgan e`tibor haqida alohida eslatib o`tgan. Masalan, Misr elchilarini 20
nafarga yaqin harbiy suvoriy Samarqandga qo`riqlab borganini yozadi.
Mahalliy hokimiyat ushbu karvonlarning harakatlanishiga javobgar bo`lgan. Natijada,
karvonlarning bir manzildan ikkinchi joyga bexatar yetib borishi ta`minlangan. Sohibqiron karvon
yo`llarida kimda-kim zarar ko`rsa, bunday huquqbuzarliklarga javobgarlikni shu hududlarning hokim
va boshqa ma`murlariga yuklagan. Zararni amaldorlar hissasidan undirish qoidasining joriy etilishi
xalqaro savdo yo`lidagi huquqiy kafolatlardan biri bo`lib qolgan.
Buyuk Ipak yo`li bo`yida joylashgan shaharlar, avvalo Samarqand Amir Temur davrida
yuqori darajada ravnaq topgan. Samarqandga dunyoning barcha taraflaridan savdogarlar kelib turgan.
Bu yerda do`konu, bozorlar, hunarmandchilik ustaxonalari son-sanoqsiz bo`lib, mahalliy mahsulotlar
chetga sotilgan.
119
Buyuk Ipak yo`li ilmu-fan taraqqiyotida ham muhim o`rin tutgan. Turli mamlakatlardan
kelgan va turli tomonlarga yurtimizdan ketgan olimlar, sayyohlar, hatto savdogarlar ham bir vaqtning
o`zida ilm-fan jarchilari bo`lib xizmat qilganlar. Buyuk Ipak yo`lida joylashgan shaharlarning
madaniy jihatdan boshqa shaharlarga nisbatan ravnaq topganligining sabablaridan biri ham
shundadir.
120
Demak, Buyuk Ipak yo`li tranzit shahar va davlatlarning keng o`zaro madaniy hamda ilmiy
aloqalar o`rnatishida ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Shunday qilib, Amir Temur va temuriylar davrida mintaqadagi savdo yo`llari qaytadan
tiklandi. Amir Temur Movarounnahrda hokimiyatni o`z qo`liga olgach, xalqaro karvon yo`llari
xavfsizligini to`liq ta`minlashga erishdi. XIV asrning 70-yillaridan boshlab Buyuk ipak yo`lining
Movarounnahr orqali o`tgan yo`nalishlari bo`ylab xalqaro savdo aloqalar yuksaldi. Amir Temur va
temuriylar davri O`rta Osiyoning karvon yo`llari tizimi va keng ko`lamdagi xalqaro iqt isodiy-
118
Sulaymonov R. Qarshi- Nasaf- Naxshab O`rta Osiyo sivilizatsiyasi tizimida. “ O`zbekiston tarixi” jurnali, 2016 yil 2-
3 son, 3- 9 betlar.
119
Sagdullayev A. O`rta Osiyoning qadimgi tarixi. –T., 2014. 31-b.
120
G`ulomov Y. Qadimgi madaniyatlarimiz izlaridan. -T., “Fan” 2018. 79-b.
849
madaniy aloqalari rivoji tarixida muhim bosqich bo`lib, Movarounnahr va Xuroson shaharlari bu
jarayonda yetakchi rol o`ynaganlar.
Достарыңызбен бөлісу: |