897
bilimlarni shakllantirish maqsadida» qabul qilingan. Aynan shu qaror samarasi sifatida
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini bakalavr yo‘nalishlarga
fan sifatida
o‘tilishini ta’minlash maqsadida darsliklar ishlab chiqilmoqda. So‘nggi yillarda oliy
ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida
talabalarning mutaxassis fanlariga berilayotgan e’tiborning kuchayishi ortidan tarix
fanlari nomutaxassis fanlar qatorida soat hajmi jihatidan qisqarib boryotgani
o‘qituvchi-pedagog tomonidan fanning to‘liq mazmunini yoritib berish va talab
darajasida bilimlarni yetkazib berish uchun yangi va zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish zamon talabiga aylanib bormoqda. Shu vaqtgacha
an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egalashga orgatib kelingandi.
Bunday usul talaba (yoki oquvchi) larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish,
tashabbuskorlikni sondirar edi. Endi oquv jarayonini yangilangan
dastur va standart
talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi.
Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar orniga zamonaviy darslarni tashkil etishga
ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega,
ma’suliyatli, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal ozlashtirib olgan,
innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan oqituvchilarga talab oshib
bormoqda. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining oquv tarbiyaviy jarayonida
zamonaviy oqitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning orni va
ahamiyati beqiyosdir.
Pedagogik texnologiya va ularni ta’limda qollanishiga oid bilimlar, tajriba
talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bolishlarini ta’minlaydi. Oliy ta’lim tizimida
tarix fanlarini o‘qitish deganda, tarixiy material vositasida
talabalarga bilim berish,
ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash, vatanga muhabbat va kamol toptirish
vazifalarini amalga oshirish zarur bo’lgan jarayon, o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy
(ichki) hamda o’quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi.
Tarix fanini nafaqat mutaxassis tarix yo‘nalishi bakalavriati talabalariga balki,
boshqa nomutaxassis bakalavriat yo‘nalishlarga o‘tilishi qanchalik ahamiyatli? Oxirgi
yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim soxasini rivojlantirish yo‘lida olib
borilayotgan islohotlar natijasida ko‘plab nomutaxassis fanlar olib tashlanmoqda, lekin
898
aynan tarix fani oliy ta’limda nomutaxassis bakalavriat o‘quv rejalarida saqlab
kelinmoqda. Bu holat faqatgina bizning yurtimizdagi jarayon emas, balki juda ko‘plab
rivojlangan davlatlarda tarix fani majburiy fanlar ro‘yxatida turadi.
Tarix fanini nomutaxassis majburiy fanlar ro‘yxatidan joy olishi XIX asrga borib
taqaladi. Aynan shu asrga kelib, tarix fani vujudga kelgan majburiy va zamonaviy
o'quv muassasalarining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida namoyon bo'la boshlagan.
Dastlab Yevropa davlatlari oliy ta’lim tizimida asosan “milliy o'ziga xoslikni
rivojlantirish va itoatkor inson tarbiyalash maqsadi”da o‘qitilgan.
Oquvchilarga tarix darslarida ularning tarixiy bilimlariga bo’lgan tafakkur
tushunchalarini o’stirishda yakka tushunchalarni umumlashtirib xulosalar chiqarishda
zamonaviy ta’lim usullaridan keng va o’rinli foydalanish ularning tafakkurini
shakllantirishda juda yaxshi samara beradi. Chunki tarixiy ma’lumotlarni taqqoslab
o’rganish ularni mantiqiy fikrlash, tarixiy voqealarning mohiyatini tushunish, o’sha
davr ijtimoiy-siyosiy hayotining obektiv-subektiv sabablarini aniqlash, ko’nikma va
malakalarini takomillashtirish, tarixiy voqealarni jonlantirish hamda ularning tarixiy
tafakkurlarini shakllantirishda muhim o’rin tutadi.
Достарыңызбен бөлісу: