Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Keywords: electronic platform, distance learning, multimedia guides, library  АННОТАЦИЯ



Pdf көрінісі
бет300/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Keywords: electronic platform, distance learning, multimedia guides, library 
АННОТАЦИЯ 
Эта статья описывает, как обучить людей, у которых есть способности к дефекту, 
как преподавать их использующий инновационние педагогические технологии 


904 
расстоянием и их решением проблем, которые замечены во время исследований. 
Здесь, анализы проблемных решений и будущем для ресурса также даны.
Учителя специализированных Профессионально-технических колледжей 
и специальных школ профессионально-технические колледжи Республики 
могут использовать эти материалы исследования в подготовке программ и 
электронных учебников в направлении дефектологии высшее учебных 
заведений. 
Ключевые слова: электронная площадка, дистанционное обучение, 
мультимедийные гиды, библиотека. 
Ta’lim muassasalarida sog‘lom tengdoshlari bilan integratsiyalashgan ta’lim sharoitida 
kompleks ijtimoiy-pedagogik qo‘llab - quvvatlashni tashkil etishda nogiron 
o’quvchilar alohida e’tibor berishlari, pedagogik qo‘llab-quvvatlashlari va 
mutaxassislar sifatida shaxslar sifatida ijtimoiy va psixologik jihatdan maqbul tarzda 
jamiyatga integratsiyalashishdan chin dildan manfaatdor bo‘lishlari kerak. 
Masofadan o‘qitish uslubi asosida ta’lim berish – boshlang‘ich, o‘rta, universitet, 
sirtqi-kechki va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Tayyorgarligi xar xil 
darajadagi inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvali asosida ishlashlari mumkin va 
o‘zining darajasidagi o’quvchilar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin. 
- Imkoniyati cheklangan shaxslaring ilm olishi imkoniyati mavjudligi. Bunda 
o‘rganuvchi o‘ziga qulay joy va vaqtni o‘zi tanlaydi. 
- O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi an’anali ta’lim olish 
imkoniyatiga ega bo‘lmagan (ta’lim joyidan jo‘g‘rofiy uzoqdaligi, kasalligi tufayli, 
ishning spesifikasi sababli va xakazo ) shaxslar uchun ta’lim olishning unumli vositasi. 
- Ta’lim jarayoniga sarflanadigan xarajatlarni 50% ga qisqarishi.
Masofali o‘qitishda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda o‘quv materiallar 
muhim hisoblanadi. Shu sababli mazkur jarayonda har tomonlama qulay, grafika, 
multimedia va interaktivlik xususiyatlariga ega bo‘lgan elektron platformalarni 
yaratish lozim. 
Elektron platforma - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, 
mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har 
tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib: 
- o‘quv va ilmiy materiallar faqat matn shaklida; 
- o‘quv materiallar matn va ikki o‘lchamli grafik shaklida; 
- multimedia qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, 
ovozli, video, animatsiya va qisman matn shaklida; 


905 
- taktil (his qilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o‘quvchini “ekran olamida” 
stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan 
harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi [4].
D.A. Korolev [53] elektron platforma asosida o’quvchilarni o‘qitishda samarali 
ekanligini, undan o‘quv jarayonida, mustaqil ta’limda va ta’limni boshqarishda 
foydalanish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatgan, V.T. Bezruchko, V.V. 
Maslennikovlar [27] o‘z ilmiy ishlarida elektron platformani ta’limga joriy etilsa 
o’quvchilarning fanni mustaqil o‘zlashtirish samaradorligi oshadi deb fikr bildirishgan, 
G.P. Abramkin, O.V.Tokareva [7] o’quvchilar nazariy ma’lumotlar olishda oddiy 
darsliklardan foydalanishdan ko‘ra elektron platformadan foydalanib o‘qishlari 
samarali bo‘lishi, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda bajarishda 
maqsadga muvofiqligini ko‘rsatgan. 
Tadqiqotlarni o‘rganish va ularni tahlil etish natijasida imkoniyati cheklangan 
o‘quvchilarni o‘qishga, mehnat va kasb-hunarga tayyorlash jarayoni hamda ular uchun 
zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalrga asoslangan elektron ta’lim 
resurslarini yaratish tizimli yondashishni talab qiladigan o‘ta murakkab, ko‘p qirrali 
ijtimoiy-pedagogik muammodir degan xulosaga keldik. 
Elektron ta’lim platformasida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni o‘qishga 
qiziqtirish ularni kompyuter savodxonligini oshirish hamda ular uchun maxsus 
masofaviy ta’lim kurslarini yaratish muammolari o‘rganilib, ushbu kurslarni yaratish 
asoslari tahlil qilinib, hozirda bu kurslardan foydalanish yo‘riqnomalari 
tayyorlanmoqda. 
Hozirgi kunda ko’plab elektron platformalarni tahlil qilinganda, imkoniyati 
cheklangan shaxslar uchun maxsus portal tashkil qilinmaganligi ko‘rish mumkin. 
Sababi umumiy portallardan xamma foydalanuvchi (barcha yoshlar) foydalanadi.
Misol uchun Ziyonet o‘quv portalidan ta’lim oid barcha materiallarni olish mumkin.
Bir qarashda maxsus imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun portal shart emasdek 
tuyuladi. Buning sababi ko‘plab davlatlar imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun 
inklyuziv ta’limni rivojlantirmoqdalar. Ya’ni sog‘ bolalarga imkoniyati cheklangan 
bolalarni qo‘shib o‘qitish. Bunga misol qilib Yuneskoni olish mumkin. Tadqiqot ishini 
boshqa qirralarini gapiradigan bo‘lsak, Rossiya portallarida imkoniyati cheklangan 
shaxslar uchun maxsus portallar mavjud. Misol uchun intuit.ru portalini olish mumkin. 
Bu portallarda imkoniyati cheklangan shaxslar (tengqurlar) bir-birlari fikr 
almashadilar. Kam xarakatli insonlar uchun maxsus portal bo‘lishi foydadan xoli deb 
hisobladik. Shuning natijasida bizning Respublikamizda xam maxsus portallar yaratish 
foydadan holi deb xulosaga keldik.
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar 
asosida elektron ta’lim resurs yaratilgan dasturiy ta’minot nimaga xizmat qilishini 
chuqur taxlil qilinib, quyidagi natijalarga erishildi. 


906 

Kasb-hunar maktabga kelgan o‘quvchi yakka tartibda o‘qiganligi sababli
dasturiy ta’minot orqali fanni o‘zlashtirish yaxshi natija berdi. 

Kasb-hunar maktab o‘qituvchilari bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan 
ishlashda dasturiy ta’minotdan foydalanish yaxshi samara berdi. 

Barcha yoshdagi imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun kompyuter 
savodxonligini oshirish imkonini berdi. (Ayniqsa xarakatlanishi qiyin bo‘lgan 
o‘quvchilar uchun qo‘l keladi) 

Kasb-hunar maktab kutubxonalarida o‘qituvchi va o‘quvchilarga fanlarni 
o‘zlashtirish uchun masofaviy kurslardan foydalanish imkonini beradi.

Reabilitatsiya markazida davolanayotgan o‘quvchilar uchun fanlarni 
o‘zlashtirishda mobil telefonlar orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilar o‘z tenqurlari bilan fikr almashish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar (Respublika, viloyat, shaxar, tuman va boshqa 
davlatlararo) 

Imkoniyati cheklangan shaxlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi 
o‘quvchilari uchun elektron ta’lim resursiga ega bo‘ladi. 
Ta’lim islohotining hozirgi bosqichida o‘qitishning zamonaviy texnologiyasi – 
masofadan o‘qitish tizimi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. 
Birinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalarining dasturlarini 
ishlab chiqish rivojlandi. 
Ikkinchidan, o‘quvchilarni tayyorlashga majbur etuvchi mehnat resurslari soni ortdi. 
Endilikda o‘qitishning an’anaviy shakllari orqali kasbiy bilimlarni oshirish ehtiyojini 
qondirib bo‘lmay qoldi. Masofadan o‘qitish orqali ta’lim jarayonini tashkil etish 
xarajatlarini pasaytirish evaziga uning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyati 
tug‘ildi. 
Uchinchidan, ta’limni takomillashtirish va isloh qilishga bo‘lgan ehtiyoj ortdi. 
Ta’limni o‘quvchilar ehtiyoji va aniq imkoniyatlariga ko‘ra tashkil etish uchun sharoit 
yaratildi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda maxsus maktablarda maxsus 
yordamga muhtoj imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni o‘qitishda ta’lim 
texnologiyalari o‘zgartirilmasa, u holda ularning bilim zaxirasi va qanday malakaga 
ega bo‘lishini tasavvur qilish mumkin.
O‘quvchilar odatdagi texnologiyalarga qaraganda axborot kommunikatsion 
texnologiyalari yordamida bilimlarni 40-60 foizgacha tez va qisqa muddatda 
o‘zlashtiradi. Shuning uchun ham masofali o‘qitish butun dunyo miqyosida juda tez 
rivojlanmoqda.
Shunday ekan, bugungi kun o‘quvchisi shu jumladan imkoniyati cheklangan o‘quvchi 
axborot texnologiyalarini yaxshi egallashi zarur. Uning faoliyati ko‘proq axborotga 


907 
ega bo‘lganlik darajasi, ushbu axborotlardan samarali foydalana olish qobiliyatiga 
bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
XXI asr oxirida masofali o‘qitish butun dunyoni qamrab olishi kutilmoqda.Shunday 
qilib, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanib borishi ta’lim tizimida 
mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini yanada takomillashtirish, fan, texnika va 
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda o’quvchilarning bilim, 
malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash qobiliyatlarini 
yuksaltirishga, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, o’quvchilarning 
mustaqil ta’limini sifatini oshirishda masofali o‘qitishni tashkil etish va shu orqali 
yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan biridir. 
Shunday qilib masofaviy ta’lim o‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi 
an’anali ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan (ta’lim joyidan jug‘rofiy uzoqdaligi, 
kasalligi tufayli imkoniyati cheklangan, ishning spesifikasi sababli va xakazo ) shaxslar 
uchun ta’lim olishning unumli vositasidir. 
Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy mahorati, salohiyati, mustaqil qaror qabul qila olish 
layoqati, fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy eta olishi kabi 
xususiyatlarni zamonaviy axborot-ta’lim resurslaridan mustaqil ravishda foydalana 
olish orqaligina amalga oshirish mumkin. 


908 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет