142
Kirish
Blogerlik faoliyatining xususiyatlari haqida gap ketganda, avvalo, blogerlar
professional jurnalistlarga qay darajada yaqin, degan savolga javob berish zarur.
Bizningcha, bu yerda asosiy ma’no «professional» so’zida mujassamlashgan, chunki
blogerlar aynan professional xodim emas (o’z bloglariga ega bo’lgan
professional
jurnalistlar bundan mustasno). Shunday ekan ularni jurnalist deb atash mumkinmi
emas. Qonunchilikda jurnalist kim degan savolga O’zbekiston
Respublikasi
«Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 3-moddasida:
«Jurnalist– O’zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot
vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida faoliyat olib boorish
hamda tarqatish bilan shug’ullanuvchi shaxsdir»
4
, deb qayd etilgan. Qolaversa,
jurnalist – O’zbekistonda jurnalistika sohasida ta’lim olgan, malaka va diplomga ega
bo’lgan va jurnalistik faoliyat bilan shug’ullanuvchi mutaxassis. Lekin mamlakatimiz
gazetalarida, ayniqsa, hududiy nashrlarda jurnalist diplomiga ega bo’lgan xodimlar
deyarli
qolmagan,
asosan,
filolog
va
tarixchilar
jurnalist
lavozimida faoliyat yuritmoqda. Qisqasi, O’zbekiston sharoitida blogerlikni ommaviy
axborot bilan ishlash sohasidagi faoliyat desak, xato bo’lmaydi.
Достарыңызбен бөлісу: