Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет40/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Maqsad va vazifalar: 
Yangi qabul qilingan qo’shimchalar bilan tanishar ekansiz, ularning ustida 
ishlashda huquqshunos-mutaxassislar blog o’zi nima va uning mazmun-mohiyati 
nimadan iborat ekanligini puxta o’rganib chiqmaganligi ayon bo’ladi. Shu sababli, 
avvalo, bloger o’zi kim ekanligiga qisqa to’xtalib o’tamiz. 
Bloger deb blogi bo’lgan kishiga aytiladi. Blog bu shaxshiy veb-sayt yoki veb-sayt 
sahifasi bo’lib, unda shaxs (ba’zan bir guruh shaxslar) ma’lum mavzu bo’yicha o’z 
fikr-mulohazalarini bildiradi. Masalan, O’zbekistonda hozir ko’p sonli o’quvchilari 
4
«Jurnalistik faoliyatni ximoya kilish tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi konuni. 
Ommaviy axborot vositalari faoliyati soxasidagi me’yoriy-xukukiy xujjatlar tuplami. - 
T„ 2009. - B. 57. 


143 
bo’lgan quyidagi bloglarni sanab o’tish mumkin – 
Xushnudbek.uz

Alisher Faiz

Chorsu.uz

Toshpulat Rahmatullaev
yoki 
Voqea.uz

Blogerlar ma’lum ijtimoiy masala bo’yicha o’z fikr-mulohazalari va kuzatishlarini 
boshqalar bilan Internet orqali baham ko’rishni afzal ko’radilar. Blogda joylashtirilgan 
materiallar fikr-mulohaza, taxmin, e’tiroz, tanqiddan iborat bo’lishi mumkin. Blogning 
veb-saytdan asosiy farqi shundaki, u ko’proq aniq belgilangan mavzuda blogerning 
shaxsiy kechinmalari, tajribasi va/yoki fikr-mulohzalarini bildirish uchun xizmat 
qiladi. Bloglar so’z erkinligidan foydalanishning eng zamonaviy va o’ziga xos usulidir. 
Fikrlash va so’z erkinligi esa konstitutsiyaviy huquqdir. Mazkur huquqqa ko’ra, har 
kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega bo’lib, faqatgina 
amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan 
belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir (Qarang: O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi
,29-modda).
5
Ammo blogerlik, blogerlarning ba’zilari jurnalist bo’lsa ham, jurnalistika emas. 
Shuning uchun ularga jurnalistlarga qo’yiladigan talablarni qo’yish noto’g’ri. 
Blogerlar, asosan, turli mavzular haqida o’z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Buning 
uchun professional jurnalist bo’lish talab qilinmaydi. Jurnalist esa materialni 
tayyorlashda, iloji boricha, ishonchli manbalardan foydalanishi, ularning to’g’riligini 
tekshirib ko’rishi kerak (Qarang: “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi 
Qonun
, 11-modda). 
Jurnalistdan xolislik va masalani imkoniyat doirasida kengroq yoritish talab qilinadi. 
Blogerlardan esa bularning birontasi talab qilinmaydi, talab qilish esa so’z 
erkinligining jiddiy buzilishiga sabab bo’ladi. Chunki jurnalistikaning asosiy maqsadi 
ma’lumotni tarqatish, blogerlikda esa o’z fikrini ifoda etishdir.
6


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет