Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет43/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   328
11
 
elziyo.uz 
 


151 
vositalari shunday yo'l tutyapti? Bu tasodifmi yoki uning zamirida uzoqni ko'zlagan 
maqsad yashirinmi?
Beixtiyor, rus shoiri V.Mayakovskiyning "Modomiki, osmonda yulduzlar 
charaqlab turgan ekan, ular kimgadir kerak" degan satrlari esga tushadi.
Bunday holni, afsuski, ayrim chet el radiolari tarqatayotgan xabarlarda ham 
ko'rish mumkin. Ularni sinchiklab kuzatgan kishi g'alati "mehnat taqsimoti"ning 
guvohi bo'ladi.
Axborot 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
Aloqa, axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi: 
-Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot 
tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish 
bo‘yicha davlat siyosatini yuritish; 
-Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining 
yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish; 
-Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot 
xavfsizligini ta’minlash; 
-davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini 
ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish; 
-davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 
monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga 
belgilangan tartibda taqdim etish; 
-telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik 
qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish 


152 
sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi 
ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; 
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot 
xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, 
shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish; 
-qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi 
ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va 
vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish; 
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish 
bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi 
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 
Xulosa
Biroq bugungi dunyoda axborot kurashi bir soniyaga ham to'xtamaydi. Unda 
ba'zan nuqtai nazarlar, aqidalar, ma'lum bir prinsiplardan ko'ra, manfaatlar kurashi 
ustuvorlik qiladi. Bizning birdan-bir maqsadimiz ham, manfaatimiz ham o'zimiz 
haqimizdagi bor gapni dunyoga asl holicha yetkazishdir. Eng muhimi, birinchi
prezidentimiz Islom Karimovning O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri 
savollariga javob qaytarayotib aytgan mana bu so'zlarini har doim esda tutishda: 
"Hushyorlik, ogoh bo'lib yashash - bu bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, 
balki kundalik ish, kundalik amaliy harakat bo'lishi lozim". 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет