Paxta chigiti. Paxta — paxtadoshlar oilasiga kiradigan ko‘p yillik tolali o‘simlik.
Paxta o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p yillik o‘simlik bo‘lsada, u madaniylashtirilgan holda bir
yillik o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Paxtadan tolasi ajratilgandan keyin chigit qoladi,
chigit tarkibida 18-24% gacha moy bo‘ladi.
Paxta chigitining boshqa moyli xom-ashyolardan o‘ziga xos tomoni shundaki,
uning mag‘zida gossipol moddasi bo‘lib, u zaharli hisoblanadi va pressda, ekstraktorda
olingan moyda qora-qo‘ng‘ir rangni hosil qiladi. Shu sababdan ham tozalanmagan
paxta moyi qora moy deb aytiladi.
1-jadval
Paxta chigiti morfologik qismlarining kimyoviy tarkibi, % hisobida
Urug‘ va uning qismlari
Moyliligi
Oqsil
Kletchatka
Kuldorligi
Urug‘da
22-26
25—30
12—19
4,2—4,5
Mag‘zida
37-40
34—38
1,2—2,1
4,9—5,2
Qobiq qavatida
0,4—0,6
3,4—4,6
39—52
1,2 1,9
1-rasm. Paxta chigitining tuzilishi:
a — bo‘ylanma kesmi; b — ko‘ndalang kesimi: 1 — urug‘ qobig‘i; 2 — havo qavati;
3 — murtagi; 4 — mag‘iz qatlami; 5 — gossipol bezchalari; 6 — momiq.
249
Chigit qattiq po‘st, ya’ni sheluxa va mag‘izdan iborat, po‘st bilan mag‘iz orasida
havo bo‘shlig‘i bo‘ladi.
Texnik paxta chigitini tashkil etuvchi qismlarini o‘zaro nisbati quyidagicha: mag‘zi
61,0—57,0%; sheluxa (qobig‘i) 39,0—43,0%; momig‘i 3—10 %.
Paxta chigiti tarkibidagi gossipol moddasining miqdori paxta naviga bog‘liq bolib
u mag‘iz miqdorining 0,66—1,44% ini tashkil etadi.
Mag‘iz bezchalarida to‘plangan gossipol quyidagi xususiyat- larga ega:
-gossipol bo‘yoq modda bo‘lishi bilan birga, tozalanmagan moy, kunjara va shrotning
rangi shu moddaga ko‘p darajada bog‘liq;
-gossipol zaharli modda, shuning uchun chigitdan olingan mahsulotlarning odam
uchun qanchalik sifatli oziq-ovqat (moy) va hayvonlar uchun sifatli yem (kunjara,
shrot) bo‘la olishi shu mahsulotlardagi gossipolning miqdoriga hamda qanday
xarakterda o‘zgarganligiga bog‘liq;
-rafinatsiyalanmagan moydagi gossipol moyning pafinatsi- yalanishiga ta’sir qiladi;
-gossipol oksidlanishga qarshi xususiyatga ega, tozalanmagan paxta moyida gossipol
bo‘lishi oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi.
Sanoatda moy olinadigan chigit navlarining ko‘rsatkichlari quyidagi jadvallarda
ko‘rsatilgan
2-jadval
O‘z.DST.596 1993 Texnik chigit. Texnikaviy shartlari
Chigit navi
Nuqsonli
chigitning
massaviy
ulushi, %
ko‘pi bilan
Chigitning
sinfi
Namlik-
ning mas-
saviy ulu-
shi,% ko‘pi
bilan
(chega-
raviy)
Tukdorlikning
massaviy ulushi, %
(bazaviy)
O‘rta tola-
li nav
Uzun to-
lali nav
1
8,0
8,0
2,0-6,0
I
1,5
2
10,0
10,0
-
3
10,0
10,0
-
1
9,0
9,0
3,0-7,5
II
3,0
2
11,0
11,0
-
3
11,0
11,0
-
III
11,0
1
12,0
12,0
4,0-8,5
IV
33,0
1
13,0
13,0
4,5-9,0
250
2a-jadval
Chigit
navi
Chigit kesimidagi mag‘izning rangi
I
G‘o‘zaning seleksion naviga qarab salgina yashil yoki boshqa rang
aralashgan och krem rangli
II
G‘o‘zaning seleksion naviga qarab salgina boshqa ranglar
aralashgan krem rangli
III
Turlicha och ranglar aralashgan kulrang-krem rangdan och sariq
ranggacha
IV
Sariq rangdan och jigarranggacha
Paxta chigitning kimyoviy tarkibi 3 jadvalda berilgan.
Достарыңызбен бөлісу: |