Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет10/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar: 
1. Jumayev E.E. Boshlang’ich matematika nazariyasi va metodikasi T.:
Turon - Iqbol 2012 yil
2. Jumayev M.E. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi T.:
O`qituvchi, 2003 yil 


53 
ФИО автора: Kattaboboyeva Lola Mahmudjonovna 
 Sirdaryo viloyati Guliston shahar
11- umumta'lim maktabining
boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Название публикации: «BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI AXLOQIY 
TARBIYALASH VOSITA VA USULLARI» 
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy 
qadriyatlar asosida tarbiyalashning shart-sharoitlari, yo‘l-yo‘riqlari, pedagogik asoslari 
ifodasini topgan. 
Kalit so’zlar: axloqiy tarbiya, odob, qadriyat, xalq, millat. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekiston globallashuv 
jarayonlari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunda ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy,tarixiy va ma’naviy o‘zgarishlarni izchillik bilan olib borishga, 
xalqimizning
milliy-ma’naviy, diniy qadriyatlarini
va o‘zligini anglashga 
bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga e’tibor o‘sib bormoqda. Shu sababli, 
o‘quvchi-yoshlarning rivojlanishi va ijtimoiylashuvida ajdodlarimiz qoldirgan 
tarixiy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish asosida ularni 
axloqiy tarbiyalashga ehtiyoj sezila boshlandi. 
Ta’kidlash joizki, mustaqillik mamlakatimiz xalqlarining milliy qadriyatlar,
tarixiy an’ana va ma’naviy boyliklarini
qayta tiklashga, uni yangi mazmun 
bilan boyitishga muhim bir sharoitlar yaratdi. amlakatimizdagi ta’lim-tarbiya 
tizimida ham zaruriy islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bunda axloqiy tarbiya 
alohida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. 
O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2021 yilning eng 
muhim ustuvor vazifalari haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Biz o‘z 
oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek 
ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, 
Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va 
sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, 


54 
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy 
ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim” deya
e’tirof etdi. 
Ayni shu maqsadlarni amalga oshirish
uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining bir qator farmon va qarorlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son «Uzluksiz ma’naviy 
tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Qarori
(mazkur Qarorning III- bob 10-bandida umumiy o‘rta 
ta’lim muassasalarining I–XI sinflari uchun «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», 
«Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari», «Dinlar tarixi» fanlarini 
birlashtirgan holda «Tarbiya» fani joriy etildi) qabul qilindi. 
Demak, bugungi yoshlar ajdodlariga munosib ravishda Markaziy Osiyo 
hududida Uchinchi Renessans davrini yuzaga keltirishi shart. Zero, xalqimizning 
uzoq o‘tmishi, tengi yo‘q madaniyati, mard-jasur bobolari, bebaho ajdodlar 
merosi doimo yangi kashfiyotlar, yangi marralarni zabt etishga undab turadi.
Zero, «Ana shunday buyuk insoniy fazilatlar faqat tinch, barqaror, mustaqil 
yurtda shak- llanishi mumkin. Buning uchun har bir yoshni vatanparvarlik 
hamda ajdodlarimizdan qolgan milliy tarixiy meroslarga hurmat ruhida 
tarbiyalash hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi...». 
Shaxs sifatida shakllanadigan o’quvchining ma‘naviy kamolotida axloqiy 
madaniyatning ahamiyati benihoya katta. Axloqiy madaniyat axloqiy bilimlar, malaka 
va ko’nikmalar, axloq qoidalari yordamida o’quvchining xulq-atvori, xatti-
harakatlarini boshqarish tizimidir. Axloqiy madaniyat o’quvchining ko’p qirrali 
faoliyati davomida shakllanib va takomillashib boradi.
Axloqiy madaniyatning ko’rinishlari, uning qirralari va namoyon bo’ish 
shakllari xilma-xildir. Insonparvarlik, halollik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik, 
mehnatsevarlik, erksevarlik, faollik, ijodkorlik, haqiqatgo’ylik, mas‘uliyatlik, 
saxiylik, kamtarlik, poklik va shu kabi qator muhim tushunchalar axloqiy madaniyat 
tushunchalaridir. Bu xislatlar faoliyat jarayonida ma‘naviy madaniyatning boshqa 
madaniyat qirralari bilan birgalikda o’quvchi ongi va xulqiga ta‘sir etadi.


55 
Ma‘naviy-axloqiy mazmundagi ta‘lim-tarbiya ishini tashkil etish ta‘lim 
muassasasi pedagogik jamoasining umumiy ishining tarkibiy qismi bo’ib, ularning 
o’tkazilishida maktab rahbariyati, kasaba uyushmasi a‘zolari, tajribali mutaxassis 
o’qituvchilar, mahalla kengashlari, ota-onalar qo’mitasi, o’quvchilarning o’z-o’zini 
boshqarish organlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari, xodimlari ham ishtirok etadilar.
Ta‘lim muassasalarida ma‘naviy-axloqiy tarbiyani yo’lga qo’yishning quyidagi 
turlari alohida ahamiyatga egadir: suhbatlar, uchrashuvlar, ertaliklar, haftaliklar, 
oyliklar, ko’riklar, konferensiya, bahs- munozara va boshqalar.
Ma‘naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda tarbiyaviy tadbirlar umumiy 
tarbiyaning ajralmas qismi sifatida ta‘lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda o’z 
o’rni va ahamiyatiga ega. Ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning qamrovi keng, shu bois, ularni 
qanday shakl va uslubda o’tkazilishi mutaxassis- o’qituvchining tajribasi, mahorati 
hamda o’quv muassasasi rahbariyati, jamoasining, fan o’qituvchilarining 
tashabbuslarini qo’lab-quvvatlashi, ularga tashkiliy jihatdan yordam ko’rsatish, shu
bilan birga o’quvchilarning istak-xohishlari, qiziqishlari, ehtiyojlari va ijtimoiy 
faolliklariga bog’liq. Ma‘naviy-axloqiy mazmundagi tadbirlarni o’tkazish ushbu 
tarbiyani tashkil etishdagi ko’zlangan asosiy maqsadga xizmat qilmog’i kerak.
Inson tabiatda dunyoga kelib, jamiyatga kamol topar ekan, shubhasiz, 
tarbiyaning turli vositalaridan foydalanadi. Ma‘naviyat tarbiyasidagi e‘tiqod 
tushunchasini ana shunday tarbiya vositalaridan deb ko’rsatish mumkin. Buning 
sababi o’quvchi-yoshlar kimlargadir taqlid qilgisi keladi. O‘z ko’ngliga o’tiradigan 
dovyurak, o’ktam, mehnatga ilg’or kishilarga, tarixiy shaxslarga, badiiy asar
qahramonlariga e‘tiqod qo’yadilar.
Shunga ko’ra tarbiya vositasi bo’gan namuna kishilarning ijobiy (ba‘zan o’ta 
salbiy) hatti- harakatlari va ijtimoiy foydali faoliyatning tarbiyalanuvchilar ongi va 
hatti-harakatiga ko’rsatadigan ta‘siri deb tushungan holda o’qituvchilar o’z tarbiyaviy 
rejalarini boyitib borishlari kerak. Chunki har bir fan o’qituvchisi doimo uchta 
vazifani: o’quvchilarga ta‘lim va tarbiya berish, ularni kamol toptirish vazifalarini hal 
etishi lozim bo’adi shu bilan birga o’quvchilarning tarbiyasi va kamoloti ta‘lim 


56 
jarayonida ham amalga oshirilishi rejalashtiriladi. Mazkur rejalashtirilishlarda, albatta, 
e‘tiqod tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratish lozim.
Bugungi yoshlarda zamonamizning eng mashhur (ijobiy ma‘noda) kishilariga 
o’xshashlik xohishini tug’diradigan ijobiy namunaning tarbiyaviy kuchi 
o’quvchilarning (bolalarning) taqlid qilishga moyilligiga asoslangandir. Yoshlar, 
ko’pincha, ota-onalariga, ma‘lum bir ijobiy yutuqlarga erishgan qarindoshlariga, 
o’qituvchilariga va mashhur qahramonlarga taqlid qiladilar.
Turli yoshdagi bolalarga taqlid qilishga moyillik turlicha bo’ladi. Masalan, 
kichik yoshdagi bolalar ijobiy namunaga ham, salbiy namunaga ham baravar taqlid 
qilaveradi. Buning sababi ularning turmush tajribasining juda kamligi, iroda kuchining 
nihoyatda zaifligi, hissiyotlarining aql-idrokidan ustun turishidadir. Ularda tahlil qilish 
va harakatlarga tanqidiy ko’z bilan qarab baho berish xislatlari hali shakllanmagan 
bo’ladi. Bolalar ulg’ayib borgan sari o’z tevarak-atrofidagi katta yoshdagi kishilarning
xatti-harakatlariga tobora tanqidiy nazar bilan qaraydigan bo’ladilar. Shu yoshdagi 
bolalar o’z nuqtayi nazarlaridan taqlid qilishga arzigulik deb bilgan kishilarnigina 
o’zlari uchun namuna deb biladilar va ularga e‘tiqod qo’yadilar.
O‘quvchilarda tarkib toptiriladigan ma‘naviy-axloqiy sifatlar axloqiy ong bilan 
xatti - harakat o’rtasida birlik bo’lishini taqozo qiladi. Buning ma‘nosi shuki, 
haqqoniyligi o’quvchilarga kunma-kun uqtirib borilgan axloqiy-ma‘naviy 
tushunchalar ularning xatti - harakatlarida ham, ular qatnashgan jamoadagi o’zaro 
munosabatlarda ham qaror topmog’i lozim.
O‘quvchilarning ma‘naviy-axloqiy tushunchalari faqat dars jarayonidagina 
emas, balki kundalik turmushda ham sinovlardan o’tib shakllana boradi. Shuning 
uchun ta‘lim-tarbiya jarayonida shunday sharoit yaratmoq kerakki, o’quvchilar sabot-
matonat, qunt, tashabbuskorlik, chidam ko’rsata oladigan, qiladigan ishlarning jamiyat 
va vatan uchun zarurligini qalbdan tushunadigan bo’lsinlar. O‘quvchilarga beriladigan 
bilimlar majmui, shubhasiz, juda katta tarbiyaviy kuchga egadir. O‘quvchilarda 
chinakam ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratishda, to’g’ri hukm yuritish qobiliyatini 
tarbiyalashda ma‘naviy- axloqiy sifatlarga tayanib ish ko’riladi.


57 
Pedagogik faoliyatda xoh u boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lsin, xoh u 
yuqori sinf o‘qituvchisi bo‘lsin dars mashg‘ulotlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya 
mazmunini xalqimizning necha ming yillik tarixida ota-obolarimizdan meros 
bo‘lib qolgan
milliy-ma’naviy meroslar, an’ana va urf-odatlari, Islom dini va 
hadisshunos allomalarimizning ta’limiy-tarbiyaviy g‘oyalari
bilan boyitish 
maqsadga muvofiqdir. Chunki, bu usullar axloqiy tarbiya negizini tashkil etib, 
o‘quvchilarning ma’naviy axloqiy tarbiyalashni takomillashtirishda xizmat
qiladi. 
Bir so’z bilan aytganda, e‘tiqod tarbiyasi barkamol shaxsni tarbiyalashdagi 
asosiy omillardan biri bo’lib, shaxsni har tomonlama garmonik tarbiyalashga zamin 
yaratadi. Biroq, insonni kamolga yetkazishda har bir shaxsga o’ziga xos munosabatda 
bo’lish ta‘lim-tarbiyaning asosiy tamoyillari ekanligini unutmasligimiz lozim.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет