Adabiyotlar:
1. Matchonov S, Qurboniyozov M. Bolalar adabiyoti. Ijodiy uslubiy izlanishlar.
O‘quv qo‘llanma. –T.: 2019. 63-72.
2. Normatov U. Sarguzasht tashvishlari. -//: Talant tarbiyasi. –T.: YOsh
gvardiya. 2015. 154-172.
50
ФИО автора: Ablajonova Ma'mura Abdurazzaqovna
Andijon viloyati, Andijon shahar
39- maktab Boshlang'ich sinf o' qituvchisi
Название публикации: «BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA
MISOLLAR YECHISHNING QULAY USULLARI»
Annotatsiya: maqolada matematika darslarida arifmetik amallar va ularning
xossalarini o’rganish jarayonida matematik metodlarni qo`llab mashqlar va
misollardan foydalanish asosida o’quvchilarning qiziqishlarini va ko’nikmalarini
tarkib toptirish texnologiyalari haqida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf, matematika, bilim, misollar yechish.
Hozirgi davrda yangilanayotgan talim tizimida yakuniy natija, bevosita talim-
tarbiya jarayonini amalga oshiradigan o’qituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga
borib taqalaveradi. Talim zimmasiga qo’yilayotgan ulkan vazifalar esa talim berishga
munosabatni, yondoshuvni o’zgartirishni taqozo etmoqda. Shu munosabat va
yondoshuvni o’zida mujassam etishi lozim bo’lgan yangi pedagogik texnologiya
xususida bir qancha maqsadlar elon qilindi. Shu sababli ham birinchi navbatda
umumtalim maktablarida talim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va
chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki
umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasini kiritish g’oyasi
kun tartibi qo’yildi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun
o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur
o`zlashtirib olmog`i lozim.
O’qituvchining kasb mahorati, quruq andozalardan kechib, davr talablari
darajasida ishlay olishi, ma’naviy yetuklik darajasi xalq ta’limi oldiga ulkan
vazifalarni hal etishda yordam beradi. Har tomonlama ma’naviy etuk shaxs vatanimiz
istiqloli mohiyatini chuqur his etadi, uni mustahkamlash, Vatan millati shuhratini
olamga etish uchun bor kuch va bilimini ishga soladi.
51
Har xil metodlar orqali misol, masala va topshiriqlarni yechish o’quvchilarni
kasblarga bo’lgan qiziqishlarini ortiradi. O’quvchilar bu masalalarning mohiyatini
tushunib etish orqali ularda ijodkorlik, tadbirkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik
va tejamkorlik xislatlari shakllanadi.
Matematika darslarida matematik metodlardan o`rinli foydalanish o’quvchilar
mantiqiy tafakkuri va hisoblash madaniyatini o’stirish uchun keng imkoniyatlarni
yaratadi. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang’ich sinflar matematika
darslarida ko’pgina asosiy metodlarni kiritish ko’rgazmali va qiziqarli tarzda bayon
etilishni ta`minlaydi, o’qitish mazmuni va ketma-ketligi, ikkinchidan, tushunchalar,
qoidalar va ularni kuzatishlar, mashq va misollar asosida ko’rgazmali bayon etishda
ularning qo’llanilishi, uchinchidan, mashq va misollar va ularni yechishda
o’quvchilarda fanga bo’lgan qiliqishlarning oshirish zarur imkoniyat va sharoitlar
paydo bo’ladi. Shuning uchun boshlang’ich sinflar matematika darslarida turli
matematik metodlar asosida qiziqarli misol va masalar yechish, turli o’yinlarni tashkil
etish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish usullarini ishlab chiqish va ularni
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo’llash usullarini o’rganish dolzarb
vazifa hisoblanadi.
Matematika darsida turli tuman tarbyaiviy vazifalar ham hal qilinadi
O`quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda
tashabbuskorlikni, mas`uliyatni va sof vijdonlilikni, to`g`ri va aniq so`zlashni
hisoblash, o`lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni
yengish xislatlarini tarbiyalaydi.
O`quvchilar bilan har bir darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib boriladi.
Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga
olib borish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish
uchun xizmat qiladi. O`qitish jarayonida har bir o`quv materiali rivojlantirlgan
holda olib boriladi, bu o`quv materiali o`zidan keyin o`qitiladigan materiallarni
tushunish uchun poydevor bo`ladi. Boshqa tushunchaning o`zlashtirilish jarayonini
52
qarasak, u bir nechta darslarning o`zaro bog`liqligi o`qitilishi natijasida hosil bo`ladi.
Shunday qilib matematik tushunchalarni hosil qilish birgina darsning o`zida hosil
qilinmasdan, balki o`zaro aloqada bo`lgan bir qancha darslarni o`tish
jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
Shuning uchun o`qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni
mantiqiy ketma ketlikda joylashtirishi kerak.
Eng katta talab darsning o`quv tarbiyaviy maqsadini e`tiborga olish, o`qitish
tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu
bo`yicha yaxshi o`ylangan darslar tizimining o`quv vaqtini mavzularga to`g`ri
taqsimlashga bog`liq. Unda o`quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy
misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumiy xulosalar chiqarishga
olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib,
mustaxkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta`minlashi kerak. Undan
keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek hosil qilingan
bilimlarni doimo bir tizimda keltirish va umumlashtirishni ham ta`minlash
kerak.Matematika o`qitish jarayonida o`quvchilarning faolligini oshirish va
matematikaga bo`lgan qiziqishini rivojlantirsh omillaridan biri o`quvchilar bilan olib
boriladaigan mustaqil ishlardir.
Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o`rganishga
tayyorgarlik ko`rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va
malakalarni mustahkamlashda, shuningdek bilimlarni nazorat qilishda amalga
oshiriladi.
Достарыңызбен бөлісу: |