Adabiyotlar:
1. Pedagogika / A.Q. Munavvarovning umumiy tahriri ostida./ - T.:
O‘qituvchi, 1996. – 280 b.
2. Adizov B.R. “Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy
asoslari”, –Toshkent: «Fan», 2007. – 120 b.
3. Tulenov J. Hayot falsafasi: T.: O‘zbekiston, 2013. – 340 b.
58
ФИО автора: Meliboyeva Muborak Mardanovna
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 18-maktab
boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Название публикации: «BOLALAR TARBIYASIDA XALQ OG'ZAKI
IJODINING AHAMIYATI»
Annotatsiya: Bugingi kundagi bolalarimiz ertangi kunning egalaridir. Bola
tarbiyasiga berilgan etibor ertangi kunimizni belgilab beradi. Bolalarning
tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining ahamiyati qanchalik muhimligini anglab yetishim
lozimdir.
Kalit so’zlar: Bola, ot-ona, tarbiya, bo g‘cha, doston, ertak, qo‘shiq, maqol,
topishmoq, afsona va rivoyat.
Bolalarning murg'ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta'sir etmaydi va barcha
ibratlar ichida ota-ona ibratidan kuchliroq va mustahkamroq o'rin oladigan ibrat yo'q.
(N.I.Novikov).
Rivoyat qiladilarki, bir ona donishmand oldiga kelibdi va bolasining tarbiyasiga
qachon kirishish kerakligi haqida surabdi. Donishmand bolaning necha yoshga
kirganini so'rabdi. Bir yoshga to'lganini bilib onaga xitob qilibdi:
— Tezda uyga qayt!
Bola tarbiyasida eng kerak bo’lgan bir yilni sen boy berib qo'yibsan! Shunday, bola
dastlabki yillarda tez va ko'p qabul qiladi va tarbiyaning asosiy qismini qabul qiladi.
Tarbiya keyin ham davom etaveradi. "Lekin siz mevani keyin ko'ra boshlaysiz, —
deydi bir donishmand — bu o'zingiz bir vaqtlar, bolangiz besh yoshigacha bergan
tarbiyangiz gulining mevasidir" bu davrda bolaning olamni bilishi odamni bilishi orqali
kechadi. Yaxshilik va yomonlik degan katta tushunchalar ota va onasining bir-biriga
munosabati, ovozi, qarashi, harakati orqali borligiga singib boraveradi.
Donishmandlar kishi keyin umr bo'yi o'zi yashaydigan yaxshilik va
yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida olishini, besh yoshli bala
bilan keksalik o'rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi.
59
Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo'lishi ko'p jihatdan bolalik deb
atalgan bu davrning qanday o'tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni
olib kirganiga bog'liqdir.
Demak bola dunyoga kelgandan song bola gapira boshlaganda ular tomonidan
beriladigan eng kop savol bu - u nima? Bu kim? Bunday berilgan savollarga ota-onasi
tomanidan iloji borisha toliq va tushinarli qilib tushintirib berishi lozim. Chunki bolalar
dunyoni organishga bolgan qiziqishini sondirmaslik kerak.
Bolaning 3 yoshidan 7 yoshacha bolgan bogcha yoshi bolalik davrining katta bir
qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil foaliyatlari
rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (insoniy fazilatlari) tarkib topa
boshlaydi. Mashhur rus pedagoglaridan biri P.F.Lestgafning fikricha, insonning
bog‘cha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana chu mobaynida kelgusida qanday
xarakter hislari paydo bolishi belgilanadi va axloqiy sifatlarning asoslari yuzaga
keladi.
Endi bola tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining o‘rni haqida gapirib o‘tamiz.
O‘zbekistonda zavq bilan o‘qilayotgan, maroq bilan aytilayotgan doston, ertak,
qo‘shiq, maqol, topishmoq, afsona va rivoyat, askiya va latifa, loflar o‘zbek xalq
og‘zaki ijodining janrlari hisoblanadi. Xalqimiz yaratgan ana shu ma’naviy
boyliklarimiz butun o‘zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy qismidir.
Ilmda xalq og‘zaki ijodi folklor atamasi bilan yuritiladi. Bu atamani 1846 yilda ingliz
olimi
Vilyam
Toms
taklif
qilgan
edi.
Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek,
o‘zbeklarda ham ommaviy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan
yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Bu janr o‘zbek folklorining epik
turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro‘y bergan ibratli voqea hikoya
qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalarga har xil to‘qima lavhalar
qo‘shgan va yangi-yangi ertaklar milliy ma’naviyat xazinasidan o‘rin olgan. Bu orzu-
havaslar natijasiz bo‘lmadi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o‘tish, dunyoning
turli burchaklaridagi voqealardan xabardor bo‘lish niyatlari jam bo‘lib, bugungi kunda
60
raketa, samolyot, avtomobillarning, televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning;
qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi.
Boshqa xalqlar og‘zaki ijodidagi ertaklarda ham turli hayvon va boshqa
jonzodlarning tashqi ko‘rinishi, ularning xususiyatlari haqida ana shunday ertaklar
yaratilgani ma’lum. Jumladan, yoqut, tuva, qirg‘iz ertaklarida bunday holat alohida
ko‘zga tashlanadi. Taxmin qilishimiz mumkinki, dono xalqimiz bu ertaklarni yosh
bolalar tomonidan takror va takror aytiladigan «nima uchun?» savollariga javob tarzda
ermak qilib yaratgan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita bolalarning
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Ularda bo‘rining vahshiyligi,
tulkining ayyorligi, otning insonga do‘st ekani alohida bo‘rttirib ko‘rsatiladi.
Ertaklardagi bunday xususiyat ko‘proq ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Biz bilamizki, yosh bolalar yovvoyi hayvonlarni faqat rasmlarda, hayvonot
bog‘larida ko‘rganlar. Fikr yuritilayotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tasavvurini
ke n gaytiradi, aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. «Ikki boyqush».
«Ilonning ishi zahar solmoq», «Qarg‘a bilan qo‘zi» kabi asarlar shular jumlasidandir.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunda
ertaklarda ishtirok etadigan qahramonlar hayvon, qush bo‘lsa ham, asar mazmuni
bevosita insonlar o‘rtasidagi munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do‘stlik
ning inson hayotidagi ahamiyati, yaxshilikka hayotda hamisha ham yaxshilik
qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida har qanday mushkul vaziyatning yechimini
topish mumkinligi aks ettiriladi.
Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan
to‘qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning so‘zlashuvlari ularni
hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko‘proq ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod
qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar
olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy asarlardir. Sehrli ertaklar O‘zbek xalq
ertaklarining salmoqli qismi sehrli ertaklardan iboratdir. Mashhur va taniqli
folklorshunos olimlarning ta’kidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar
orasida eng bir-biriga o‘xshash mazmunga ega ekani sehrli ertaklardir. Bunday
ertaklarni ko‘pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmasligi, qahramonning bu
61
narsaga ega bo‘lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuchli raqibning mavjudligi, havfli
safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhimi sehrli ertaklarda turli
mo‘jizalar, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilik qiladi.
Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan
to‘qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning so‘zlashuvlari ularni
hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko‘proq ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod
qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar
olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy asarlardir. Sehrli ertaklar O‘zbek xalq
ertaklarining salmoqli qismi sehrli ertaklardan iboratdir. Mashhur va taniqli
folklorshunos olimlarning ta’kidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar
orasida eng bir-biriga o‘xshash mazmunga ega ekani sehrli ertaklardir. Bunday
ertaklarni ko‘pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmasligi, qahramonning bu
narsaga ega bo‘lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuchli raqibning mavjudligi, havfli
safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhimi sehrli ertaklarda turli
mo‘jizalar, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilik qiladi.
Достарыңызбен бөлісу: |