62
ФИО автора: Badalova Gulchexraxon Nasirdinovna
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani
16-umumiy oʻrta taʼlim maktabining
Tasviriy san’at fani oʻqituvchisi
Название
публикации:
«OʻZBEKISTONNING
ME’MORIY
YODGORLIKLARI»
Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20-yillaridan
boshlangan. 1920-yil Maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, sanʼat asarlari va
qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi-Turkkomstaris tuzilgan,
keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston
Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi
Madaniy meros obyektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish. Bosh boshqarmasi
shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob
qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmand-chilik, xalq ogʻzaki ijodi
namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qad. davlatchilik tarixiga oid
hujjatlar, qadimiy cholgʻu asboblarini yigʻish, saqlash va boshqa bilan shugʻullanish
maqsadida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan (1999-yil 12-oktabr).
Dunyoda inson qoʻli bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, oʻz
jozibasini yoʻqotmay kelayotgan tarixiy obidalar koʻplab uchraydi. Ammo har birining
alohida oʻrni, nufuzi va ahamiyati bor. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni
qadrlagan va goʻzallikka intilib kelgan. Mana shu hislatlari orqali mohir qoʻllari bilan
aqlga sigʻdirib boʻlmas darajadagi yangiliklarni yaratdi. Ular qatoridan fan yutuqlari,
san’at sohasidagi ishlar va albatta me’morchilik joy oladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy
merosga e’tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol
yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qoʻqon. Shahrisabz kabi
shaharlarda ulugʻ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar
oʻzining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash
davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan,
2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat
muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal’a qoʻriqxonasidagi, 1993-yildan
63
Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar
Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” roʻyxatiga kiritildi.
Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri boʻlgan
Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulugʻ zotlardan
biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga koʻra, 1380-1390 yillarda
bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga
aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. Oʻzaro ahil va hamjihat
boʻlishga xizmat qilmoqda.
Samarqand - jahonning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Oʻtmish-ning
shoirlari va tarixchilari uni china-kam «Sharq jannatmakon bogʻi», «Yer yuzi», «Sharq
olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi» kabi goʻzal
oʻxshatishlarni bejiz bagʻishlamagan edilar.
Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni koʻrgan kishilarning barchasi
minoralarning tepalaridagi gʻalati koʻrinishdagi “qalpoq-larga” e’tibor bergan boʻlsalar
kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli boʻlgan bu oppoq qushlar shaharning
ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi boʻla oladi.
Xiva-muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir.
Sharqning koʻpgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan
Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan boʻlib, Xorazm vohasining
sugʻoriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.
Shahrisabz-Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning
nomi bilan bogʻliq. Bu yerda uning otasi Muhammad Taragʻay va ma’naviy ustozi
Shamsiddin Kulol koʻmilganlar, bu yerda uning katta oʻgʻillari Jahongir Mirzo va
Umarshayx Mirzolar goʻri joylashgan.
Oʻtmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e’zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa,
xalqimizning buyuk oʻtmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita
bogʻliqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati boʻlib, azaldan
ularning qon-qoniga singib ketgan.
Достарыңызбен бөлісу: