Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет138/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

ФИО автораXasanova Bog’dagul Turg’unbayevna
Samarqand viloyati Payariq tumani 
24- umumta’lim maktabi psixologi 
Название публикации: «KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRI HAQIDA 
O’ZBEKISTON VA CHET EL PSIXOLOG OLIMLAR QARASHLARI» 
Annotatsiya: Mazkur maqolada kichik maktab yoshi davri to’g’risida O’zbekiston va
chet el psixolog olimlarining qarashlarining nazariy tahlili xususida fikr yuritilgan 
Kalit so’zlar: kichik maktab yoshi davri, psixologiya, ontogenez,tabaqalash 
Boshlang’ich sinf o’quvchisi psixologiyasini tadqiq etishga bugungi kunda ko’plab 
nazariyalar mavjud bo’lib ular psixologiya fanining tarmog’i bo’lgan yosh davrlar, umr 
davrlari, ontogenez psixologiyasi fanlari tomonidan o’rganiladi. Inson umrining 
davrlarga tabaqalash bo’yicha qator nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadbiq 
qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha 
yoritadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, 
bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin. Shuningdek Sharq mutaffakirlaridan Abu 
Ali ibn Sino ham o’zini yosh davrlari xususiyatlari haqida o’z qarashlarini ifoda etgan. 
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalagan yosh 
davrlarini tabaqalash printsiplari yoritilgan.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:
1) podsholik davri 5 yoshgacha
2) qullik davri (6-12 yoshgacha)
3) O’rtoqlik do’stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi uni aytganini kattalar tomonidan bajarilishini, 
bola o’zini ―shirin‖ qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o’ziga rom qilishni e’tiborga 
oladi. 6-12 yoshgacha bo’lgan davrni qullik davri deb bejiz aytmagan, albatta Chunki 


410 
bu davrda bolani xulq atvorga o’rgatish, kishilar bilan o’zaro munosabatlarda qoida–
qonunlarga bo’ysunish, mehnatga o’rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni 
shakllantirish, bilim olish o’qish, o’rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh 
berish, milliy an’analarimizga sadoqatli bo’lish, kattalarni, mehnatini qadrlash 
kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan. Do’stlik 
davri esa bolaga do’stlarga munosabatda bo’lish ularni xurmat qilish, qilgan ishlarini 
qadrlash, munosbatalarda samimiy bo’lish lozimligini nazarda tutadi.
Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, 
qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo’lib, ana shu omil bilan o’zaro 
bog’liqdir. Biogenetik yondoshuvning yorqin vakillari V.Shtern, S.Xoll F.Myuller va 
EXekkel xisoblanadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Xekkel kashf qilgan. 
Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi biologik determinantlarga 
(aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. 
Rivojlanish jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi 
sifatida talqin qilinadi. Ushbu qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual 
rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy 
bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Nemis psixologi V.Shternning fikricha, bola 
maktabga kirganidan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab 
yoshida uning ongi o’rta asr kishilari darajasiga erishadi. S.Xoll ―rekapitulyatsiya 
qonuni‖ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik o’sishning bosh qonuni deb 
hisoblaydi. Uning fikricha, 8—12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning oxiri va 
tsivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik va 
sotsiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning 
rivojlanishini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur yondashishni 
uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu yunalishlar o’z mohiyati, 
kechishi va maxsuli jihatidan keskin farqlanadi.
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan boshqa) tarkibiy qismlari: emotsiya, 
mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Bu 


411 
nazariyaning yirik namoyandalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U 
insonning umrini o’ziga xos betakror xususiyatlarga molik sakkizta davrga ajratadi. 
Kichik maktab yoshi to’rtinchi davrga to’g’ri keladi. Bu yosh davrda boladagi asosiy 
o’zgarishlar: ko’zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik 
kabi sifatlar bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va 
mahsuldorlikdan iboratdir. Bu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo’lib, ular 
ijobiy xislatlari yetarli bo’lmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab 
ololmasligi, muammolarni hal qilishda aql -zakovat darajasining pastligi, bilimlarni 
o’zlashtirishdagi qoloqlik va xokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga 
munosabati shakllana boshlaydi.
Kognitiv yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J. Kelli va boshqalarni kiritish 
mumkin.
J.Piajening aql-idrok nazariyasi aql-idrok funktsiyalari (vazifalari) hamda uning 
davrlari haqidagi ta’limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy funktsiyalari 
(vazifalari) uyushqoqlik va moslashish, ko’nikishdan iborat bo’lib, akl-idrokning 
funktsional invariantligi deb yuritiladi. Muallif intellektni (aqlni) rivojlanish davrlariga 
ajratadi va 7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha davrni yaqqol xatti-harakat, aniq 
operatsiyalar davri deb ataydi.
J.Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik 
nazariyachilarga qo’shish mumkin. Bu yo’nalishning namoyondalari L.Kolberg, 
D.Bromley, J.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardir.
Fransuz olimi, psixolog A.Vallon bolaning jismoniy rivojlanishga qarab ajratgan. 
A.Vallon nuqtai nazariga ko’ra, kichik maktab yosh davri farqlash davri va o’smirlik 
davriga o’tishi (balog’atga yetish inqirozi davridir deb xisoblaydi.
Yana bir frantsiyalik yirik psixolog R.Zazzo o’z vatanidagi ta’lim va tarbiya tizimining 
printsiplaridan kelib chiqqan holda, insonning ulg’ayib borayotib bosqichlarni bosib 
o’tadi. Kichik maktab yosh davri Uchinchi (6-9 yosh) va Turtinchi bosqich (9-12 
yosh)larni o’z ichiga oladi.


412 
G.Grimm ontogenezda insonning kamolotini davrlarga ajratishni lozim deb kichik 
maktab yoshi davrini ikkinchi bolalik (8 yoshdan 12 yoshgacha) deb ataydi.
Dj.Birrer yosh davr tizimiga ko’ra 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lganlar bolalik davrida 
xisoblanadi.
D.Bromleyning tasnifida maktab bolaligi - 5 yoshdan 11-13 yoshgacha.
Biz uzoq, xorij mamlakatlar psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalashning 
yo’nalishlari va nazariyalariga qisqacha to’xtalib o’tdik. Ulardan ko’rinib turibdiki, bu 
sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan. L.S.Vigotskiy psixologlarning 
yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni 
vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib 8 yoshdan 12 yoshgacha bolalarni 
Maktab yoshi davrida deb xisoblaydi.
L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh davrlariga bo’lishda motivlarni asos qilib 
oldi, shuning uchun bu bo’lishni motivatsion yondashish, deb atash mumkin. 
L.I.Bojovichning mulohazasiga ko’ra, 7 yoshdan 11 yoshgacha to’rtinchi bosqich 
ijtimoiy jonzotlikni anglash davri xisoblanadi
D.B.Elkoninning yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, xar kaysi rivojlanish 
pallasida biror faoliyat ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning 
inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi. Kichik 
maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha bo’lib, unda asosiy faoliyat- o’qish bo’lib 
xisoblanadi.
7 yoshdagi bolaninig jismoniy taraqqiyotini unchalik zo’r bermasdan va unchalik 
toliqtirmaslik 3–5 soat dars mashg’ulot o’tish va uy vafalarini bajarish imkonini beradi. 
Bola maktab ostonasiga qadam qo’yishi bilan yangi hayot faoliyatiga, yangi muxit 
sharoitiga kirib keladi. Bu davrdan boshlab bola faoliyatining mazmuni ham, tevarak 
atrofdagi narsalarga munosabati ham o’zgaradi. Endi u o’quvchi degan sharafli nomga 
ega uning muayyan vazifalari va o’quvchilik burchi bor. Bu yoshidagi bola maktab 
qoidalariga rioya qilishi, dars mashg’ulotlariga kechikmay o’z vaqtida yetib kelishi, 
darsda o’qituvchining tushuntirayotgan materiallarini tinglab uqib olish, topshiriqlarni 


413 
o’zi bajarishi lozim. Darsda o’zini qanday tutishi, gigiena va tozalikka rioya qilishi 
o’qituvchi va kattalar tomonidan berilgan buyruq va ko’rsatmalarni so’zsiz bajarish, 
jamiyat orasida o’zini qanday tutishi, lozimligini bilishi kerak. Yashash sharoitidagi 
bunday o’zgarishlar bola psixikasining o’sishiga, xulq atvoriga, shaxsning tarkib 
topishiga ta’sir ko’rsatadi. Maktabga kirish bolaning hayotida uning faoliyatida 
burilish davri hisoblanadi.
Kattalar va tengdoshlar bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bola butun bir 
yangi jamoalar tizimiga qo’shiladi. O’quvchi oldiga bir qator jiddiy talablarni 
qo’yadigan o’qishga- yangi faoliyat turiga qo’shilishi o’quvchilarni o’z hayotini qa’tiy 
tarzda tashkil qilishdagi qonun va tartibga bo’ysunishga majbur qiladi. O’quvchi ta’lim 
jarayonida axloqiy normalar va xati-harakat qoidalarini o’zlashtira boshlaydi. Kichik 
maktab yoshi davrida axloqiy xatti-harakatlarga poydevor qo’yiladi.
Maktabga kirish bilan bog’liq qayta qurilish va undagi qiyinchiliklar. Ta’limning 
boshlanishi bilan bola psixikasida keskin o’zgarishlar ro’y beradi. U psixik tomondan 
qayta qurilishiga duch keladi. Psixologik qayta qurilish boshlang’ich sinf 
o’quvchilarida ayniqsa, I–sinf o’quvchilarida qiyinchiliklarni paydo qiladi. Bu 
qiyinchiliklar:
1. Birinchi sinf o’quvchilari ko’p harakatlarni intizom qoidalari talab qilgan darajada 
chaqqonlik bilan, sifatli qilib bajara olmaydilar. Lekin o’qish faoliyati doimiy ravishda 
intizom qoidalariga rioya qilishni, 35-45 minutlik darslarda sabr–toqat bilan o’tirishni, 
o’zini– o’zi tuta bilishni talab qiladi.
2. Ta’limning butun mazmuni boladan ixtiyoriy jarayonlarini: ixtiyoriy diqqat, 
ixtiyoriy idrok, xotirani rivojlangan bo’lishini taqozo qiladi. Lekin bolada hali bunday 
jarayon yetarli rivojlangan bo’lmaydi.
3.O’quvchi mustaqil fikr yuritishi, vazifalarni mustaqil bajarishi lozim. Bu xususiyat 
hamma bolalarda ham birdek rivojlanmaydi.


414 
4. Bola o’z burchini anglagan bo’lishi, yaxshi o’qishi va yaxshi intizomga ega bo’lishi, 
intizom qoidalariga rioya qilishni, uyga berilgan vazifalarni bajarishi uning burchi 
ekanligi his qilishi kerak.
5. Diqqat e’tiborni o’qituvchi aytganlariga qaratish uni idrok qilib esda olib qolish va 
kerak vaqtda ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i talab qilinadi. Bunday 
talablarga javob qaytarish so’zsiz o’quvchiga qiyindir. Bunday qiyinchiliklarni 
mustaqil ravishda yenga bilishi asta – sekin va muntazam o’qish jarayonida materialni 
osondan qiyinga, oddiydan-murakkabga qarab tushuntirish, bolalarni o’qish faoliyatiga 
qiziqtirish, darslarni qiziqarli emotsional va obrazli bayon qilish orqali bartaraf 
qilinadi.
Kichik maktab yoshida ta’lim jarayonini tizimli tashkil qilish, bolada beg’amlik 
davrining tuganlanganligidan dalolat beradi va o’qishga bo’lgan munosabatlar tobora 
o’zgarib boradi. Bu davrda bolaning qiziqishlari o’yin faoliyatidan o’quv faoliyatiga 
asta-sekin ko’chib o’tadi. O’qishga xos qiziqishlar ko’pincha bolalarning o’yin 
faoliyatiga ta’sir etadi, o’qishga xos qiziqishlar ko’pincha o’yinlar xarakteri va 
mazmuniga ta’sir qiladi. Har qanday ishining muvaffaqiyati ko’p jihatdan motivlarga 
bog’liq bo’lib, odam ana shu motivlar yordamida ish bilan shug’ullanadi. O’qish 
motivlari har xil bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlarini bo’lajak 
mehnat faoliyatiga tayyorlashlarida motivlarga kamroq amal qiladilar. Bola hali motiv 
haqida o’ylab ko’rishdan ancha uzoqda. Kichik maktab yoshidagi bola o’z bilim 
doirasini kengaytirish, foydali bilimlar olish, shuningdak, jamiyat oldidagi o’z burchini 
bajarish haqida ham uncha bosh qotirmaydi. Barcha mana shu motivlar unda ikkinchi 
darajali narsaga aylanadi. Ammo, yuqorida aytib o’tganidek, uning o’zi nima 
qilayotgan va maktabda bilib olayotgan narsaga bevosita qiziqishi, shuningdek, 
o’qituvchi, ota–onalar talablarini bajarishga intilishi, maqtov eshitishi, qilgan ishining 
ma’qul topilishi, yaxshi baholar olishi va hakozolar o’qishga nisbatan qiziqish 
uyg’otishning eng muhim vositalariga aylanib qoladi.
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlar. Kichik maktab yoshidagi 
o’quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o’qituvchi shaxsiga ishonch 


415 
hissi va yuksak ehtiromdir. Shuning uchun ham o’qituvchi bolaga tarbiyaviy ta’sir 
ko’rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o’qituvchini aql-idrok sohibi, tiyrak, sezgir, 
mehribon, hatto donishmand inson deb biladi. O’qituvchi siymosida o’zinig ezgu 
niyati, orzu istagi, ajoyib his-tuyg’ularini ro’yobga chiqaruvchi mo’’tabar shaxsni 
ko’radi. O’qituvchining obro’si oldida ota–onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh-
urug’lar, tanish-bilishlarning nufuzi keskin pasayadi. Shu sababli bolalar 
o’qituvchining har bir so’zini qonun sifatida qabul qiladilar. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilari o’qituvchi tomonidan qo’yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va 
ularning qoidalariga to’la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o’qituvchi uning 
psixologik xolatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat 
sinfdagi, balki umuman tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatiga, bu munosabat esa 
oilasidagi muhitlarigi ham ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek bu munosabatlar uning o’quv 
faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет