592
avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim
ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan
anglaganinggizdek, jonajon vatanimizda turli millat vakillari va turli dindagi insonlar
uchun hech qanday ta'qiq to'siq va muammolar yo'q.Har bir inson dunyoga kelar ekan
u o'zini qaysi zamonda, qaysi millatda va qaysi ota-onadan tug'ilishini o'zi hal
qilmaydi.Hech kim o'z istaklariga binoan kelib chiqishini o'zgartira olmaydi.Ushbu
omillarni hisobga olgan holda odamlarni millati va e'tiqodini kamchilik sifatida ko'rish,
nohaqlikdir.Shunday ekan vatanimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillariga
namunali axloqda va xushmuomala bo'lishimiz lozim.Jamiyatimizdagi turli millat
vakillarining qonuniy huquqlarini va o'z majburiyatlarimizni his qilgan holda, ularni
har tomonlama qo'llab quvvatlashimiz insoniylik burchimizdir.Ta'kidlab o'tganimdek
millatchilik, irqchilik va tarafkashlik bo'lmagan davlat rivojlanishga yuz
tutadi.Shunday ekan mamlakatimizda azaldan mavjud bo'lgan, millatlararo totuvlik va
diniy bag'rikenglik an'analarni saqlab qolsak, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa
qo'shgan bo'lamiz.
Достарыңызбен бөлісу: