Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет196/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Klit so'zlar: Totuvlik, tinchlik,din, qonun, millat,bag'rikenglik, etiqod, manaviyat, 
irqchilik, millatchilik, insoniylik. 
Kirish va dolzarbligi:Darhaqiqat mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng 
barcha sohalarda bosqichma bosqich islohatlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir 
qatorda, diniy va milliy qadriyatlarni tiklash borasida ham islohotlar amalga oshirib 
kelinmoqda. Bunga, tarixiy obidalar va ziyoratgohlarni obodonlashtirilishi, masjid va 
madrasalar faoliyatini yo‘lga qo'yilishi, o‘zbek xalqi hamda O‘zbekistonda yashovchi 
ko‘p millatli xalqlarning milliy va diniy marosimi va bayramlarining o‘tkazilayotgani 
yaqqol dalildir. Va bugungi kunda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiyalarning 
faoliyati hamda ularning e’tiqod erkinliklari qonun bilan himoyalangani ham bunga 
misoldir.O'zbekiston ko'p millatli davlat, Uning ko'p millatlilik ildizlari qadimgi 
davrlarga borib tutashadi. O'lkamiz hududida yashagan xalqlarning tarixiy 
rivojlanishning turli davrlarida bir necha marotabalab ko'chishlari, vayronagarchilik 
keltiruvchi urushlar, turli hukmdorlarning jangu-jadallari – bularning barchasi 
demografik jarayonlarda o'z aksini topgan.Ayniqsa, O'zbekistonning keyingi qariyb 
150 yil davom etgan rus va sovet mustamlakachiligi davri o'lkaning demografik 
jarayonlariga, jumladan, aholining milliy tarkibiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. 
Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoyev yurtimizdagi ko'pmillatlilik haqida o'z fikrini 


589 
bildirdi:"Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila 
farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga 
azaldan xos bo‘lgan bag‘rikenglik an'analari muhim rol o‘ynamoqda. [1]Darhaqiqat bu 
yurtimizda bag'rikenglik, etiqod erkinligi mavjudligi va bu borada to'siqlar yo'qligining 
yaqqol isboti.Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini 
ifodalashning va insonning ulug'ligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat 
qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq 
muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-
tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy 
ehtiyoj hamdir. Barcha davrlaru zamonlarda diniy bag'rikenglik va e'tiqod erkinligi 
muhim omil sanalgan.Hozirgi kunda ham etiqod erkinligi aktual masala bo'lib 
turibdi.Bunga sabab, etiqod erkinligi va irqchilik dunyo bo'ylab ko'plab urushlar va 
kelishmovchiliklarga sabab bo'layotganidir.Bunga misol qilib Amerika Qo'shma 
Shtatlarini aytishimiz mumkin.Ayni damda Amerikada irqchilik tufayli turli 
kelishmovchiliklar va namoyishlar bo'lib o'tmoqda.Shunday ekan xalqimizga hos 
bo'lgan diniy bag'rikenglik va etiqodiy erkinlikni saqlab qolish har doim muhim masala 
bo'lib qoladi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет