Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет201/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

ФИО автораGulishod Abdiyeva
О‘zbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi о‘qituvchisi 
Название публикации: «О‘ZBEK MEROSIY RAQS SAN’ATI TARIXI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada о‘zbek milliy merosiy raqslarining ilk shakllanish 
tarixi yoritilgan. Shuningdek, raqsshunos olimlarning tadqiqotlari haqida ilmiy 
asoslangan ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit sо‘zlar: tarix, afsona, yodgorlik, raqs, qaxramon, harakat, ijod. 
О‘zbek merosiy raqs san’ati tarixi uzoq о‘tmishga borib taqaladi. Mehnat jarayoni 
inson uchun g‘ayrioddiy bо‘lmay qolgan tarixiy davrdir, aynan shu davrda inson 
insonga yanada kuchliroq qiziqish bilan qaray boshladi, fazoviy jarayonlani 
tushunishga intildi, insonni koinot, tiriklik va о‘lim masalalari qiziqtira boshladi. 
Ushbu jumboqlar, yuqorida qayd etilganidek, keyinchalik diniy qarashlar va dinning 
shakllanishiga olib kelgan fantastik taxminlarni paydo qildi...
Shunda raqs dunyoni anglash, hayotga bо‘lgan falsafiy munosabatni ifodalash 
vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, ushbu raqslaming dastlabki mualliflari borliqni 
anglashga, hayotni tushuntirishga intilganlar, ya’ni ibtidoiy kohinlar bо‘lgan. 
San’atshunos olimlar qadimgi ustalar tomonidan Yunon-Baqtriya podsholigi 
(miloddan avvalgi IV—III asrlar) davridan milodiy VII—VIII asrlargacha О‘rta Osiyo 
moddiy yodgorliklarida ifodalangan raqs tushayotgan barcha figuralami о‘rganib 
chiqish jarayonida ularning О‘rta Osiyoning son-sanoqsiz panteonlarida 
(sag‘analarida) mavjud bо‘lgan diniy marosimlar ishtirokchilari bо‘lmish kohin yoki 
qohinalar ekanligini aniqlashgan. Antik davr yoki ilk о‘rta asrlar davriga (VII—VIII 
asrlar) murojaat qilar ekanmiz, О‘rta Osiyoning qadimgi xudolari panteoni turli-
tumanligi hamda О‘rta Osiyo, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Sharqiy Turkiston, 
Kavkaz, Sibir, Volgabо‘yi, Vizantiya xalqlari madaniy aloqalari keng rivojlanganligini 
kо‘rishimiz mumkin. 
Mahalliy ilohlar ellenizm davrida yunon xudolari bilan qо‘shilib, ellenizmga xos 


599 
belgilar О‘rta Osiyoga kirib kela boshladi. Masalan, xudolarning birida dengiz va 
ummonlar hukmdori bо‘lmish Neptunning uch ayrili hassasi paydo bо‘ldi, osiyolik ona 
Anaxita shaharlar homiysiga aylanib, yunonlar nazarida shaharlar “bekasi” bо‘lgan 
g‘alaba xudosi Nika va baxt xudosi Tixeyga о‘xshab qoldi. Sharqona libosdagi 
mahalliy soqolli Dionisning tasvirlaridan birida yelkasiga sher terisini yopinib olib
raqs tushayotgan yalang‘och Gerakl unga hamroh qilib tasvirlangan. Yunon-Baqtriya 
davlatining kо‘p hukmdorlari tangalarda Dionisga о‘xshatib tasvirlangan, ayni paytda 
shu davrga oid tangalarda Dionisga bag‘ishlab raqsga tushayotgan kohin ayollarni 
kо‘rishimiz mumkin, ular sharqona libos — “uzun shalvar kiygan va osilchoq ziraklar 
taqib olgan” va h.k. 
Barcha Sharq xalqlariga tanish bо‘lgan Ulug‘ Ona zardushtiylik dinida (miloddan 
avvalgi birinchi mingyillikning birinchi yarmida 0’rta Osiyoda paydo bо‘lgan) — 
boshqa xalqlardagidek, jimо‘siz homilador bо‘lgan ona sifatida tasvirlanadi. О‘rta 
Osiyoning qadimgi Quyosh xudosi — eroniy Hrmuzd xudosining о‘zginasidir; er-xotin 
xudolar Mitra va Ona hindlarning oy va quyosh xudolari Some va Surega, shuningdek, 
Merkuriy va Veneraga о‘xshaydi; hind xudosi Shivaning zulmkor jahli ramzi bо‘lgan 
qо‘rqinchli Kirtimukxa obrazi О‘rta Osiyoda yomon kо‘zdan asrovchi ramzga aylandi 
va h.k. 
Eramizning birinchi mingyilligida ellenizm davrining insoniylashtirilgan ilohlari 
yarim xudoga va keyinchalik afsonaviy qahramonlarga aylanadi. Mitra о‘z 
xususiyatlarini qahramon Rustamga о‘tkazgan bо‘lsa, Ona Anaxita eposlar 
qahramonlari — Sindot va Rudobaga, Dionis Sabaziy — yosh, о‘lib-tirilayotgan yarim 
xudo Siyovushga о‘z xususiyatlarini bergan va h.k. X asrda buyuk shoir Firdavsiy xalq 
tomonidan qadimiy rivoyatlarga aylantirilgan qadimiy dinlar kо‘rinishlari asosida 
“Shohnoma” asarini yaratdi. Unda tarixiy shaxslar bilan bir qatorda qadimda yarim 
xudolardan afsonaviy qahramonlarga aylantirilgan tarixiy shaxslar obrazlari 
yaratilgan. 
Mahalliy xalqlar bir necha asrlar davomida qadimiy afsonalarni xalq rivoyatlariga 
aylantirishiga misol tariqasida har doim о‘lib-tiriluvchi barhayot tabiat haqidagi 
afsonalarni, о‘rta asrlarning dastlabki davrida О‘rta Osiyoning asosiy dinlaridan biri 


600 
bо‘lgan zardushtiylikning tarkibiy qismiga aylangan Siyovush haqidagi rivoyatni 
keltirish mumkin. 
Ma’lumki, ilk о‘rta asrlarda bu e’tiqod shahar va qishloqlarning butun aholisi 
ishtirok etadigan kо‘p kunlik bayramga aylandi. Rivoyatlarga kо‘ra, Siyovush 
Eronning mashhur shohi Kaykovus topib olgan gо‘zal qizdan tug‘ilgan farzanddir. 
Taxmin qilinishicha, qiz dastlab о‘rmon ilohiysi qilib tasvirlangan. Kaykovusdan о‘g‘il 
kо‘rgach, u vafot etadi. Siyovush afsonaviy bahodirlar kabi kun sayin emas, soat sayin 
о‘sib, atrofdagilarni о‘z chiroyi va oliyjanobligi bilan hayratga soladi. Qadimgi 
rimliklarning afsonaviy qahramoni Ippolit kabi, Siyovush о‘gay onasi Sudobaning 
qabih maylini rad etadi va uning tuhmatiga uchraydi. Yigit о‘zining haqligini olovdan 
tirik chiqish orqali isbotlaydi. Sо‘ngra u Turon shohi Afrosiyobning qiziga uylanadi, 
biroq bu yerda ham tuhmatga uchrab, Afrosiyob yо‘llagan qotillarning qо‘lida halok 
bо‘ladi. Siyovushning о‘chini uning о‘g‘li oladi va bunda unga о‘rmon xudosi bо‘lgan 
ayolning о‘g‘li halokati uchun qasos olinishini istagan о‘simliklar xudosi Xaoma 
yordam beradi. Siyovush haqidagi afsona Old Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar va 
Yunoniston xalqlaridagi afsona о‘lib tiriladigan о‘simliklar xudolari — Oziris, Attis, 
Adonis, Ippolit haqidagi afsonalarni eslatadi. Shubhasiz, Siyovush haqidagi afsonada 
olovbardor Mitra, tabiat kuchlari homiysi Buyuk Ona va shu kabilar singib ketgan. 
Raqs san’ati barcha san’at turlari ichida о‘zining jozibasi bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunda har bir millat о‘z dini, о‘z tili , о‘z san’ati, о‘z madaniyati urf-odati va 
shular qatorida о‘z milliy raqsiga ega. Har bir millat о‘z raqsida о‘z hayotini turmush 
tarzini va madaniyatini aks ettiradi.
О‘zbek raqs san’ati ham - boy madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Raqslardagi har bir harakat, nazokat mutanosibligi: jilo, kо‘z qarashlari, ohista va 
yengil qadamlar, liboslar, bularning barchasi milliy qiyofani aks ettiradi va 
millatimizga, madaniyatimizga xos tarzda namoyon bо‘ladi. 
San’atshunos L.Abdeyeva о‘zbek raqs san’ati tarixiga nazar solar ekan “Raqsni 
teatr va tasviriy san’atni undirgan ildiz deyish mumkin” deydi, “musiqa esa raqs bilan 


601 
birga yashaydi, raqqoslar tasviri goyo uchta san’atni о‘zida jamlagandek. Musiqani 
о‘zida ifoda etgan raqs tasviri ”
77
deya ta’rif keltirib о‘tadi. 
О‘zbek xalq raqs san’ati azaldan tо‘yu- ma’rakalarda, bayram- tantanalarda 
shodiyona damlarning avji sifatida ijro etib kelingan. Xalqimizning jon tomiridan 
paydo bо‘lgan bu san’at tirik bir vujud kabi rivojlanishda davom etmoqda. U yozma 
ravishda о‘z aksini topmaganligi sabab turli davrlarda unutilib ketar, ma’lum vaqt 
о‘tgandan sо‘ng esa mohir san’at ustalari ijrosida yana jonlanardi va shu tariqa 
ustozlardan shogirdlarga о‘tib, keyingi avlodlarga qisman yetib kelgan. Bu holat esa 
raqs haqidagi manbalarning yozilishiga katta turtki bо‘ldi.
“Arxeolog san’atshunoslar о‘zlari topgan raqqos figuralarni tasvirlar ekanlar, ular 
qaysi asrda yaratilganligini kо‘p sonli manbalar asosida aytib beradilar, hamda mazkur 
tasvir va raqsning о‘zi ham paydo bо‘lishiga qanday hayotiy hodisa sabab bо‘lganligini 
izohlaydilar. Agar tasvirlar san’atshunoslik shartlari bilan oddiy ketma-ketlikda qoyib 
chiqilsa, eng qadimiy raqs san’ati tо‘g‘risida tarixiy ocherk bо‘lar edi”
78
deydi 
L.Abdeyeva
Raqs musiqa bilan uzviy bog‘liqdir, shuningdek u musiqa mazmunini obrazlar 
vositasida ochib berishda ham katta ahamiyatga ega. Xalq raqslarida ritm muhim 
bо‘lib, u musiqada о‘z ifodasini topadi, oyoq, qо‘l, bosh va tana harakatlari umumiy 
ritmga boysunadi, bir-biri bilan bog‘lanadi. О‘zbek raqslari ma’zmunini ifodalashda 
ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim raqslar rо‘mol, piyola, qadah 
kabi buyumlar bilan ham ijro etiladi, ba’zan ijrochi xalq cholg‘u asboblarida о‘ziga 
о‘zi jо‘r bо‘ladi. G‘arbiy Yevropa xalqlari raqsida, asosan oyoq harakatlari muhim 
bо‘lib, qо‘l va tana harakatlari unga jо‘r bо‘ladi. Sharqda esa qо‘l va tana harakatlari 
plastik ifodaviylikning asosiy vositalaridir. Sahnaviy raqs xalq ijodiga tayanadi, uning 
merosi va о‘ziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi. Raqs dastavval 
Yunoniston, Hindistonda va asta sekin boshqa mamlakatlarda paydo bо‘la boshlagan.
Yillar о‘tgani sayin xalq raqslari asosida tarkib topgan professional raqslar yuksak 
77
L.Abdeyeva “O’zbek milliy raqs tarixidan” – T., 2001 
78
L.Abdeyeva “O’zbek milliy raqs tarixidan” – T., 2001 


602 
darajada rivojlandi va turli raqs tizimlari (xususan, Yevropa va sharq mumtoz raqslari) 
qaror topdi. 
XVII asrga kelib, balet raqs spektakllari yuzaga keldi va raqs san’ati yangi 
texnika bilan boyidi. XX asr boshida esa "modern" (ritmoplastik) raqsi paydo bо‘ldi. 
40 - 60 - yillarda Yevropa va AQShda konsert ijrochiligiga mо‘ljallangan kichik 
xoreografik asarlar, estrada raqslari rivojlangan. 
Markaziy Osiyo, jumladan, О‘zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari 
arxeologik topilmalar bu yerda raqs juda qadimiyligidan guvohlik beradi. Oʻzbek raqs 
san’atining qadimiyligi, shakl va turlarining boyligi ajdodlarimiz dehqonchilik va 
hunarmandchilik bilan shug‘ullanganidan dalolat beradi. Zardushtiylarning muqaddas 
kitobi "Avesto" da ham raqsning ikki yo’nalishda – xalq va professional raqs 
yo’nalishlarida shakllananayotgani keltirib о‘tilgan. Yunon — Baqtriya podsholigi 
davrida (mil. av. IV-III asrlar) Turon raqs san’atining darajasi Yunoniston, Vizantiya, 
Hindiston va Xitoy raqsi bilan bahslashishiga imkon bergan. Shahar madaniyatining 
rivojlanishi tufayli bu san’at yanada mazmundor va rang-barang bо‘lib borgan. IV-VII 
asrlarga kelib О‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkent kabi 
shaharlaridan raqs ustalari Buyuk ipak yo’llari boylab Rim, Misr, G‘arb о‘lkalarigacha, 
Sharqda Xitoy, Koreya va hatto Yaponiyagacha borib, о‘z san’atlarini namoyish 
etganlar. Chunonchi, Xitoyda ajdodlarimizning "Xusyuan" raqsi mashhur bо‘lgan.
Yevropa professional raqs san’atini rivojiga Yunoniston Rim raqs san’ati salmoqli 
hissa qо‘shgan bо‘lsa, Xitoyga yuborilgan san’atkorlar qatorida raqqos va raqqosalar 
о‘z san’ati bilan Xitoyliklar san’ati rivojiga hissa qо‘shganlar.
Xitoyda shuhrat 
qozongan raqslardan biri bu “choch raqsi”dir. Bu raqs Milodiy 1-ming yillik о‘rtalarida 
xitoyda shuhrat qozongan raqs turi “chjechji” nomi bilan atalgan, choch raqsini asosan 
qiz-juvonlar ijro etgan. Raqsga avval bir kishi tushgan, ya’ni yakka о‘yin hisoblangan. 
Millodiy 5-6 asrlarda esa 5 kishi, keyingi asrlarda esa 24 kishi о‘ynagan. Choch raqsi 
davra qilib aylanib ijro etilgan, u milliy musiqa va xonanda ashulasi bilan ham qо‘shib 
yuborilgan. Raqqosalardan biri davraning markazida о‘ynab boshqarib borgan. U 
xususan gulning markazi atalgan.Raqqosalar qimmatbaho matolardan tikilgan, dur va 
javoxirlar,chiroyli kashta nusxalari bilan tikilgan, bezalgan liboslarda chiqishgan. 


603 
Choch raqsi xitoyliklarni о‘ziga maftun etgan. О‘sha davrlarda yozilgan musiqa 
risolalarida bu о‘yinga juda yuqori baho bergan. Masalan Chuyan Yan о‘zining
“Musiqa kitobi” asarida “Xitoyliklar “chjechji” raqsini ijro etishda xorijiylar (xuslar) 
bilan tenglasha olmaydilar” deb yozgan. Xitoy shoirlari choch raqsiga maftun bо‘lib, 
unga bag‘ishlab 29 ta she’r va qasida yozganlar. Shuningdek
729-yildagi yozuvlarga 
kо‘ra Maymur {Sо‘g‘diyona shaharlaridan biri} elchisi Xitoy Imperatoriga
“Xusyunu” raqsini ijro etuvchi uch Turkistonlik raqqosa qizni sovg‘a qilgani haqida 
hikoya qilgan. Yunon Baqtiriya podsholigi davrida Turon raqs san’atining darajasi 
Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy bilan bellasha olgan. Shu bilan birgalikda 
Markaziy Osiyo raqslari Buyuk Ipak yо‘li orqali Misr, Rum – arab о‘lkalarigacha yetib 
borgan.”
79
Raqs, musulmonlik davrida ham О‘zbekiston sarhadlarida turli taraqqiyot 
bosqichlarida paydo bо‘lgan. Raqslar, oyinlar bir-biriga ta’sir kо‘rsatib, yonma-yon 
yashab kelgan. Shu bois shahar va qishloqlarda о‘tkazilgan toy, bayram va turli 
marosim va tantanalarda "Beshqarsak" kabi qadimiy oyinlar ham, "Katta oyin", 
"Lazgi", "Kema oyin", "Ashshadaroz" singari raqslar ijro etilgan.
IX - XII - asrlardagi Uyg‘onish davrida raqs san’atida ham chinakam kо‘tarilish 
yuz berdi, kо‘pgina qadimiy raqslar tiklanib, navrо‘z, mehrjon va sada bayramlarida 
namoyish qilingan.
Xorazmda Abul Abbos Ma’mun hukmronligi davrida (1003—1017) raqs san’ati 
yaxshi rivojlangan. 
Raqs san’ati, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar saltanatida ravnaq topgan. Unda 
xotin-qizlarning о‘rni katta bо‘lgan. Rang-baranglik, tarixiy qatlamlar raqsda yaqqol 
kо‘zga tashlangan. "Munojot", "Tanavor", "Lazgi" raqslari ham aynan shu davrda 
malakali ijrochilar dasturidan mustahkam о‘rin olgan. 15-asrning 2-yarmi va 16-asr 
boshlarida Sayyid badr, Tohir chakka, Mohchuchuk, Maqsudali, Katta Moh, Kichik 
Moh laqabli raqs ustalari shuhrat qozondi. Bu davrda raqs san’ati xalq raqsi va malakali 
raqs yo’nalishida rivojlandi. 
3. M.Raxmonov “O’zbek teatri” 169-bet 


604 
Buxoro amirligi, Xiva va Qо‘qon xonliklari vujudga kelgach, raqs san’atida ham 
о‘ziga xos uslublar paydo bо‘la boshladi. Bu davrda jaholat, mutaassiblik kuchaygani 
sababli raqs san’atida о‘smir bolalar va yigitlar yetakchilik qilgan. Ayollar raqsi esa 
sozanda (Buxoro amirligi), xalfa (Xiva xonligi) va yallachi (Farg‘ona vodiysida) deb 
yuritilgan ayol san’atkorlardan iborat ixcham tо‘dalarning teatrlashgan dasturlarida 
rivojlanib, ziyofat va bazmlarda kо‘rsatib kelingan.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет