591
shakllanadigan maqsadlar majmuini ifodalaydi. Shunday ekan jamiyatda shaxsning
komil inson bo‘lib shakllanishida, hamda farovon yashashida e’tiqod muhim omildir.
Tadqiqot natijalari:Xalqimiz ichida hozirgi kunda irqchilikka, millatchilikka va
tarafkashlikka juda kam duch kelamiz.Chunki yurtimizdagi millatlarning asosiy qismi
qardosh millatlar hisoblanadi.Barchamizga ma'lumki qardosh millatlarda o'zaro
bog'liqlik mavjud bo'ladi.Qardosh millatlarda o'zaro turmush qurishlari ham ko'p
uchraydi.Bizning mamlakatimizda ham turli millat vakillarini turmush qurishi ham tez-
tez uchrab turadi.Hozirgi kunda O'zbek-Tojik, O'zbek-Qoraqalpoq, O'zbek-turk va
boshqa millatlarning o'zaro turmushi sezilarli darajada oshdi.O'rta osiyo davlatlari
orasida o'zaro birlashuv yuzaga kela boshladi.Bugungi kunda mamlakatimizda milliy-
madaniy markazlar soni 138 ta bo'lib, ular nodavlat notijorat tashkilotlari maqomida
samarali faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar. O'zbekistonda yashab kelayotgan
ozarbayjonlarning milliy madaniy markazi o'z xalqi an'analari va urf-odatlarini
hurmatlab, ularni asrab-avaylab kelmoqdalar. O'zbekistondagi Ozarbayjon milliy-
madaniy markazi - "Gardashlik" ("Qardoshlik") birinchilardan bo'lib, 1989 yili
Toshkent shahrida tashkil etilgan edi. Keyinchalik, Samarqand va Buxoroda ham
ozarbayzon milliy madaniy markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. 2003 yilda esa -
Ozarbayjon milliy-madaniy markazlari respublika uyushmasi tashkil etildi.Bularning
barchasi O'rta Osiyo mamlakatlari orasida o'zaro qardoshlik aloqalarini yanada
mustahkam bo'lishiga olib kelmoqda.
Достарыңызбен бөлісу: