Название публикации: «MUSAVVIR MAHMUD MUZAHHIBNING HAYOTI
VA IJODI, TASVIRIY SAN’ATDAGI TUTGAN O’RNI»
Annotatsiya: Ushbu maqola XVI asrda o’zining yuqori cho’qqisiga ko’tarilgan
Buxoro miniatyura maktabining asoschilaridan biri, betakror ustoz musavvir, Mahmud
Muzahhib hayoti va ijodini yoritishni maqsad qilib yozildi.
Kalit so’zlar: Buxoro, Musavvir, asar, Muzahhib, oltin suvi, portret.A.Navoiy.
Аннотация: Эта статья была написана с целью освещения жизни и творчетва
мусаввира Махмуда Музаххиба, одного из основателей Бухарской школы
миниатюры, достигшего своего пика в XVI веке.
Ключевые слова: Бухара, художник, произведения, Музаххиб, золотая краска,
портрет,А Наваий.
Annotation: This article was written to highlight the life and work of the artist
Mahmud Muzahhib, one of the founders of the Bukhara School of miniature panting,
which reached its peak in the XVI century
Key words: Bukhara, artist, work of art, Muzahhib, golden water, portrait.
Sharq miniatyura san’atida o’chmas iz qoldirgan musavvirlardan biri Mahmud
Muzahhib ijodini o’rganish bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega. Ajoyib xattot va
musavvir ijodining ilk yillarini Hirotda Kamoliddin Behzod boshchiligida boshladi.
Avvaliga Kamoliddin Behzod asarlaridan nusxa olib ijod qilgan bo’lsa, keyinchalik
o’zi murakkab kompozitsiyalar tuzdi va o’ziga xos uslubini yaratdi. Xattotlik san’ati
bo’yicha uning ustozi Mir Ali edi, keyinchalik u bilan Hirotdan Buxoroga ko’chib
o’tdi. Afsuski musavvirning tug’ilgan va olamdan o’tkan yillari haqida ma’lumotlarga
ega emasmiz.
U Hirotni zabt etgan Ubaydulla xon tomonidan bir qator san’at ahli bilan birga
Buxoroga ko’chirib olib kelinadi. Buxoroda shoh kitobxonasida ijodiy faoliyatini
davom ettirib, o’zining eng yaxshi mo’jaz asarlarini shu yerda yaratdi. Musavvir Hirot
miniatyura maktabining an’analarini saqlagan xolda ijod qilish davomida o’zining
betakror uslubini shakllantirdi. XVI asrda Buxoroda Ubaydulla xoning xukumronlik
davri bo’lib u kitob san’atining ixlosmandi edi. Aynan Ubaydulla xon davrini Buxoro
miniatyura maktabining gullagan davri deb aytish mumkin. Bu davrda Buxoro
780
kutubxonasida ko’plab qo’lyozmalar, Sadiiy, Firdavsiy, Nizomiy asarlarining
qo’lyozmalaridan yangi nusxalar ko’chirilib, ularni badiiy jihatdan ziynatlashga katta
e’tibor berildi.
“Muzahhib” taxallusining manosi “Oltin bilan ishlovchi usta”. Bu taxallus
musavvirga o’z ishlarida oltin suvidan ko’p va maxorat bilan foydalangani uchun
berilgan. Chindan ham musavvir mo’yqalamiga mansub qo’lyozma sur’atlarida
ba’zilarida yer, ba’zilarida osmon qismi oltin suvi bilan tekkis qoplanganini, inson
liboslaridagi naqsh bezaklarini tashkil qiluvchi plastik chiziqlarni bezakdor
ko’rsatishda oltin suvidan maxorat bilan foydalanganini ko’rishimiz mumkin.
Musavvir oltin suvini qog’oz satxida jozibador ko’rinishi uchun jilolash amaliyotini
amalga oshirgani ma’lum. Chunki uning asarlaridagi oltin suvida bajarilgan chiziqlar
bugungi kunga qadar o’z jilosini saqlab qolgan.
Musavvirning
o’z
davridagi boshqa rassomlardan farqli tomoni u asarlarida bino naqshlarini ham,
portretlarni ham birdek mahorat bilan chizgan. Musavvir kompozitsiyalarini kuzatar
ekanmiz ulardagi binolar tuzilishi va bezaklari aynan Buxoro arxetekturasiga xos
tuzilishga ega ekanligini ko’ramiz
Buxoro arxitekturasida binoning oldi qismida
zinasimon ko’tarilish va tushishdan iborat xolatni
musavvir
kompozitsiyalarida
ham
unumli
foydalanilganligini Shayx sanoil qissasiga bag’ishlab
ishlangan sur’atda ko’ramiz. Musavvir ijodiga xoslik
jihatlaridan biri, matnda keltirilgan voqeilikni aynan
tasvir tilida ko’rsatishga intilish yuqori ekanligini
ko’rish mumkin. Uning kompozitsiyalarida bosh qaxramonlardan tashqari ko’plab
inson qomatlari ishtirok etadi. Jumladan Saadiyning “Guliston”
asaridagi qaroqchi yigit va vazir hikoyasi
mavzusiga chizilgan “Arab qaroqchilarining shox
xuzuriga keltirilishi” nomli mo’jaz sur’atda shoh,
vazir va qaroqchi yigitdan tashqari ko’plab qomatlar
tasvirlanganini ko’ramiz.
Arab qaroqchilarining shox xuzuriga keltirilishi.
Saadiy
“Guliston”asari.
1550y, Buxoro
Bu asarda muallif voqeilikni tabiat qo’ynida tasvirlagan. Unda ranglar bosiq,
asosiy qahramonlar asarning tepasida markazda joylashgan. Inson qomatlari sodda,
bezaksiz tarzda ishlangan. Tomoshabin e’tiborini asosiy qahramonga qaratish
maqsadida shox qomatini oltin suvi bilan qoplangan tog’ fonida, bezakdor gilam ostida
tasvirlagan. Shox va vazir orasida bo’lib o’tayotgan baxsli suxbat dialogni musavvir
maxorat bilan ko’rsatib bergan. Bu sur’atning boshqa musavvirlarning asarlaridan
781
farqli jihati sifatida , tog’ ortidagi inson yuzi ko’rinishida tasvirlangan quyosh shaklini
ko’rishimiz mumkin. Quyoshni bunday tasvirlash usuli boshqa miniatyura
maktablarida uchramaydi. Quyosh shaklini inson qiyofasi shaklida tasvirlash orqali
musavvir biron yashirin ma’noni bermoqchiga o’xshaydi.
Mahmud Muzahhib ijodiga mansub yana bir go’zal asarlaridan biri sifatida
“Sulton Sanjar va to’quvchi kampir”mo’jaz suratini namuna qilib ko’rishimiz mumkin.
Достарыңызбен бөлісу: |