Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


“Sulton Sanjar va to’quvchi kampir” asari



Pdf көрінісі
бет262/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

“Sulton Sanjar va to’quvchi kampir” asari. 
“Sirlar hazinasi” Nizomi. 1538-44yillar. 
Bu sur’at shoir Nizomiyning 1545 yilda ko’chirilgan devonning bir qo’lyozma 
nusxasiga ishlangan miniatyuradir. Mazkur kitob hozir Parij Milliy kutubxonasida 
saqlanadi.
Mazkur asarda mashaqqatli mehnat tufayli beli bukchayib qolgan kampirning 
shox Sanjar bilan suhbati tasvirlanadi. Sur’atda bahor faslida tabiat qo’ynida bo’lib 
o’tayotgan voqea ifodalangan. Kompozitsiyaning markaziy qismida zotdor otda viqor 
bilan o’tirgan Sulton Sanjar va uning oldida motam libosida shoxdan adolat tilab, arz 
qilayotgan kampirni ko’rishimiz mumkin. Muallif Sulton Sanjar mavqeini yuqoriroq 
ko’tarish uchun uning ortida naqshli 
soyabon ko’targan hizmatkori va
mulozimlari ishlangan. 
Kompozitsiyaning pastki qismida ham 
piyoda ketayotgan va otliq 
mulozimlarini ko’ramiz. 
“Sulton Sanjar va to’quvchi kampir”. 
“Sirlar hazinasi” Nizomiy. 1538-44yillar. 
  Bu qomatlar orqali muallif Sulton Sanjarning mulozimlari ko’pligini ko’rsatishga 
erishgan. 
Sur’atning oltin bo’yoqda bo’yalgan osmon fonida qiyg’os gullagan daraxtlar 
tasvirlangan bo’lib u o’quvchiga xush kayfiyat bag’ishlaydi. Ushbu asar portretlarida 
musavvir Kamoliddin Behzod an’anasini saqlagan xolda ”sfumato” usuluda ya’ni 
chiziqsiz ranglarni yedirish usulida ishlaganini ko’ramiz. Kompozitsiya tarkibidagi 
har bir portretni kuzatib qahramonlarning ichki obrazlari ochilganini ko’ramiz. 
Jumladan Sanjar shox qiyofasiga bir qarashdayoq uning , donishmand shox, yuqori 
aql, madaniyat egasi mehribonlik kabi bir necha jihatlar jamlangan obrazni ko’ramiz. 
Kampir qiyofasida g’amdan ezilgan ona obrazi yuqori maxorat bilan ishlanganligi
musavvir maxoratini bildiradi.


782 
Musavvir ijodidagi har bir asar biz uchun ma’naviy manbaa va 
mahorat darsi sifatida hizmat qiladi. Uning Hirotda ijod qilgan vaqtida 
chizgan Alisher Navoiy tasviri alohida ahamiyatga ega. Bu sur’at orqali 
biz so’z mulkining sultoni, bobomiz mir Alisher Navoiyning hayotiy 
qiyofasini ko’ramiz. Musavvir buyuk shoirni yoshi o’tgan keksalik 
davrida, asoga suyangan holatda tasvirlagan bo’lib, u bizga yetib kelgan 
shoir qiyofasining eng ishonchli ko’rinishi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Mahmud Muzahhib XVI asrning o’rtalarida Buxoroda juda barakali 
ijod qiladi. Mahmud Muzahhib tomonidan o’sha yillarda o’ttizga yaqin asarlarini 
ishlaganligi dunyo miniatyurashunos olimlariga ma’lum. Biroq afsuski, ular hali 
to’planib, bir alohida kitob shaklida nashr etilmagan. Uning asarlari dunyoning turli 
muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarini bezab turibti va ularni taxlil qiluvchi yosh 
ijodkorlarni kutmoqda. 
Xulosa: Kamoliddin Behzod ijodining davomchisi, Buxoro miniatyura 
maktabining asoschilaridan biri, kompozitsiya tuzishning moxir ustasi, portret 
ishlashning yuqori cho’qqisini egallagan, o’zidan bebaxo meros qoldirgan Mahmud 
Muzahhibning hayoti va ijodni chuqur o’rganish va xalqimizni undan xabardor qilish 
uchun izlanishlar olib borish yoshlar oldidagi vazifa bo’lin qolmoqda. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет