Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет291/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


874 
ФИО автора: Otabekov Ilhomjon Zokirjonovich 
Farg'ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan
kasb-hunar maktabi maxsus fan o'qituvchisi 
Название публикации: «O'RTA TA'LIMDA YOSH AVLODNING AXBOROT 
MADANIYATI HOLATI VA UNING AHAMIYATI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’quvchilar ongida informatikaning fan sifatidagi 
o’rni hamda uning boshqa tarmoqlarining maqsad va vazifalari haqida fikr bildirilgan. 
Shuningdek, o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan biri yosh avlodga axborot 
madaniyatini va uning mafkuraviy darajasini har tomonlama yaxshilash to`grisida 
malumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: informatika, axborot, kompyuter, internet, ijtimoiy tarmoqlar, 
bloglar, elektron kutubxonalar va kitoblar, raqamli audiovideo-foto.
Avtomatlashtirilgan axborot jamiyatini shakllantirishning global jarayoni inson 
taraqqiyoti va ko'plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni samarali hal etish 
imkoniyatlarini yaratadi. Biroq, bunday imkoniyatdan faqatgina ushbu axborot 
maydonida kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan jamiyat a’zolarigina foydalana 
oladilar. Shuning uchun, o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan biri yosh avlodga axborot 
madaniyatini va uning mafkuraviy darajasini har tomonlama yaxshilash imkonini 
berishdir. Ushbu muammoni hal qilishda maktabning informatika fani yo'nalishi 
muhim rol o'ynaydi. Shu sababli, kompyuter fanlari kursining ustuvor muammolarini 
va uning kelajakdagi istiqbollarini o'rganish va tahlil qilish muhimdir. Maktabda 
kompyuter fanini o'qitish muammolari va istiqbollari haqida gapirishdan oldin, biz 
asosiy muammoni ko’rib chiqishimiz zarur. Yani o’quvchilar ongida informatikaning 
fan sifatidagi o’rni hamda uning boshqa tarmoqlarining maqsad va vazifalari haqidagi 
tushunchalarini rivojlantirishdir. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, elektron 
kutubxonalar, elektron kitoblar va raqamli audio-video-foto, mobil telefonlar, tezkor 
xabarlar jo’natish vositalari, IP telefoniya, PDA va kommunikatorlar bilan tanishtirish 
orqali zamonaviy o’quvchilar tasavvurida 20 yil avval biz axborot vakumida yashagan 


875 
ekanligimizni, ijtimoiy, geografik, siyosiy to’siqlardan boshqa hech narsa mavjud 
bo’lmaganligini hosil qilamiz.
Informatika - bu umumta'lim fanidir va unga tizimli nuqtai nazardan qarash kerak, 
bu o'rta ta'limning o'ziga xos xususiyatlari va vazifalari bilan belgilanadi. Informatikani 
fan sifatida qabul qilinishining qiyinchilik tomoni hundaki undagi masalalar fizika, 
matematika, astronomiya fanlariga ham tegishlidir va informatika fanlararo 
aloqadorlikka ega. Bugungi kunda bolalar faqatgina kompyuter mavjudligini bilish 
bilan cheklanib qolmasliklari kerak, u haqida faqatgina tasavvurga ega bo’lmay, balki 
u erkin ishlashlari, ushbu texnikani qo'llashni bilishlari kerak. Informatika - bu 
obyektlar yoki jarayonlar haqida emas, balki ularniavtomatlashtirish, yaratish va 
faoliyatining usullari, vositalari va texnologiyalari haqidadir. Bu fan nafaqat uning 
chuqur o'rganilishini, balki o'z bilimlarini modernizatsiya qilish bo'yicha bilim va 
ko'nikmalarni amaliy qo'llay olishni hamda olingan bilimlarni optimallashtirishni 
ta'minlaydi.
Informatika darslarida dunyoni tizimli qabul qilish, tabiatdagi va ijtimoiy 
sohalardagi xodisalarni umumiy aloqadorligini isloh qilish tasavvurlari rivojlanadi. 
Uning darajasi asosan axborotni tezda qayta ishlash va unga asoslanadigan qarorlar 
qabul qilish qobiliyati bilan belgilanadi, bu o’quvchilar uchun qo'shimcha imkoniyatlar 
talab qiladi. O’qituvchilardan esa barcha yangi usullar va ta'lim vositalaridan 
foydalanishni talab qiladi. Maktab informatika fanining mazmuni muayyan darajada 
fanning rivojlanish darajasiga va jamiyat talablariga javob berishi kerak. Xisoblash 
texnikasining rivojlanishi, birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy 
ta’minotining tez suratlarda yangilanishi inson faoliyatining barcha sohalariga 
tarqalishiga sababchi bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida informatika fanini bolalarga 
mukammal darajada etkazib bera oladigan, yuqori sifatli axborot texnologiyalari bilan 
o'qitishga qodir bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash zarurligini 
ko’rsatmoqda.
Yangi kompyuter texnologiyalari paydo bo'lishi, shuningdek, informatika fanlari 
ta'limi doirasida ta'lim mavzularining kengayishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. 
Kompyuter texnologiyalari shu darajada tez rivojlanmoqdaki ta’lim qanchalik harakat 


876 
qilmasin undan bir qadam orqada qoladi. Xususan, ACM va Computer Science kabi 
qo’mitalarning yakuniy xulosalariga ko’ra informatika fanini o’qitishda quyidagi 
mavzular ahamiyatli deb topilgan va bunda so’nggi yillarda amalga oshirilgan texnik 
o’zgarishlar xisobga olingan.
➢ www va uning to’ldiruvchilari
➢ Tarmoq texnologiyalari
➢ Grafika
➢ Ma’lumotlar bazasi
➢ Qo’shimcha dasturiy interfeyslardan foydalanish
➢ Dasturiy ta’minotning ishinchliligi
➢ Xavfsizlik va kriptografiya
Shu bilan birga bu borada yana bir muammo bor bu umumta’lim maktablari va 
oliy ta’lim tizimida informatika o’quv kurslaridagi mavzular orasidagi chegaraning 
aniq emasligidir. Masalan ofis programmalari bilan ishlash texnologiyalari o’rganish 
kursini olsak bu ushbu texnologiyalardan foydalanish, odatda, universitetlar uchun 
emas, balki ta'lim muassasalari uchun ham muhim ahamiyatga ega. Informatika fani 
jamiyatni yanada rivojlantirish jarayonlariga tobora ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda. 
Jamiyatning umumiy salohiyatini va uni rivojlantirish istiqbollarini belgilovchi 
omillarga aylanmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish - zamonaviy sivilizatsiyasining eng 
muhim tarkibiy qismidir. Informatika fani tabiat va jamiyatdagi axborot va axborot 
jarayonlari bo'yicha asosiy texnik jihatdan fundamental fanga aylanmoqda. Bundan 
buyon maktab informatika kursining umumiy ta'lim va amaliy ahamiyati tobora o'sib 
boraveradi. Bu kurs katta gumanitar salohiyatga ega. U yosh avlodni axborot 
jamiyatidagi samarali faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi davrda 
o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. 
Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini 
qo’llashga bog’liq. Interfaol o’qitish - muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida 
o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro tasir amalga oshiriladi 


877 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. “Aхborot tехnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish 
togrisida”. “Qishloq hayoti ” gazеtasi 03.06.05 y.
2. Farberman. B.L . “Ilg’or pedagogik texnologiyalar”. T: 2001 y.
3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo. 
Ucheb.posobie.- Toshkent. TDPU 2003. - 192 s.
4. Ismatilla Isoqov, Sindorqul Ibragimovich Qulmamatov. “Informatikani 
o’qitishda innovatsion texnologiyalar”. Ma’ruza matnlari.
5. Saidaxmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo’llash 
namunalari.-Toshkent : RTM 2000 yil.
6. Muradova N.K., Majidov R.R., Хayitmatov U.T., Maхmudova B.A. Kasbiy 
talim uslubiyoti: Oquv qollanma. - T.: TDIU, 2006. - 360b.
7. Novosardova S.A., Gaynutdinova F.Х., Otajonov U.A. Mеtodika 
prеpodavaniyakursa “Informatika”: Uchеbnoе posobi е. − T.: TGEU, 2003. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет