887
haroratga bog’liqligi. Ko’pgina suyuqliklar harorat ortishi bilan suyuqliklarning
zichligi kamayadi. Lekin suv bundan mustasno. Suv ozining eng katta zichligiga 40Cda
erishadi. Bunga sabab muz kristall panjarasining o`ziga xos xususiyatga ega
ekanligidir. Agar suyuq holatda H2O molekulalari bir-biriga jips joylashsa,
kristallanishda molekulalar orasidagi masofa ortadi va muz kristali molekulalari
orasida boshliq vujudga keladi. Natijada muz holatidagi suvning hajmi ortadi.
Suvning zichligi 40
0
Cda eng katta qiymatiga erishadi va muzdagidan ham katta
boladi. SHuning uchun ham muz suvda suzib yuradi. Harorat 40C dan kotarilganda
ham, pasayganda ham suyuqlikning zichligi kamayadi va demak hajmi ortadi. Suv
zichligi ozgarishining tabiatga ta’siri. Yer shari sirtining sakson foizini suv qoplab
turgani uchun ham, uning issiqlikdan kengayishining oziga xos xususiyati ob-havoga
katta ta’sir korsatadi. Bunga suv havzalarida turli haroratli suv qatlamlarining tinimsiz
orin almashuvi yaqqol misol boladi. Suvning harorati 40C ga etguncha issiqroq
suvning zichligi sovuqroq suvning zichligiga nisbatan kichikroq boladi va shuning
uchun ham issiqroq suv yuqoriga kotarilib, sovuqrogi pastga tushadi. Haroratning 0dan
40C gacha bolgan oraligida esa teskari hol roy beradi. Endi yuqoriroq haroratli suv
pastga tushadi, sovuqrogi esa yuqoriga kotarilib yanada sovuydi va muzlaydi. Shu
sababli suv havzalarining yuqori qatlami muzlab qoyi qatlamlari muzlamaydi. Natijada
suv havzasi tubigacha muzlamay undagi baliqlar va boshqa jonzotlar hayoti saqlanib
qolinadi. Suvning muzlaganda kengayishi va uning oqibatlari. Yuqorida qayd
etilganidek suv muzlaganda uning molekulalari orasidagi masofa, va demak muz
holatidagi suvning hajmi ham ortadi.
Достарыңызбен бөлісу: