Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет295/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Kalit so‘zlar: matematika, oliy matematika, umumiy metodika, maxsus 
metodika, matematik tafakkur, matematik madaniyat.
O‘rta maktablarda matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan 
belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umum ta’limiy maqsadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi 
vazifalami qo‘yadi:
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish. Bu 
bilimlar tizimi matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot 
berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. 
Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarining 
ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, ya’ni isbotlash va nazorat qilishning 
asosiy metodlarini egallashlari kerak;
b) o‘quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish. 
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z fikrini 
aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam 


890 
berishi kerak. Bu degan so‘z o‘quvchilarning har bir matematik qoidani o ‘z ona 
tillarida to ‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik 
ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha 
shakllantirish demakdir;
d) o‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga 
o‘rgatish. Bu yerda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan 
tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular orasidagi 
miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko‘zda 
tutiladi. Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilishlari 
shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
2. Matematika o ‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o ‘z oldiga quyidagilarni qo'yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g‘oya bilish nazariyasi 
asosida amalga oshiriladi;
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash. 
Ma’lumki, matematika darslarida o‘quvchilar o‘qishning dastlabki kunlaridanoq 
mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o‘rganadilar. Ular avvalo, kuzatishlar natijasida, 
so'ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan 
xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi. Matematika o‘qituvchisining 
vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan 
birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo‘lgan qiziqishlarini 
tarbiyalashdan iboratdir;
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish.
Matematika darslarida o‘rganiladigan har bir matematik xulosa qat’iylikni talab 
qiladi, bu esa o‘z navbatida juda ko‘p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan 
ifodalanadi. O‘quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o‘rganishlari 
davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa chiqarish 
madaniyatlari shakllanadi. Oquvchilarni biror m atem atik qonuniyatni ifoda qilmoqchi 
bo‘lgan fikrlarni simvolik tilda to‘g‘ri ifodalay olishlari va aksincha simvolik tilda 
ifoda qilingan matematik qonuniyatni o‘z ona tillarida ifoda qila olishlariga o'rgatish 
orqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi.


891 
3. matematika o'qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo‘yadi:
a) matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan 
elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, Bunda asosan 
o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘lay olish imkoniyatlarini tarkib 
toptirish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini 
shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal 
qilishga o‘rgatiladi;
b) matematikani o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish 
malakalarini shakllantirish. Bunda o‘quvchilarning matematika darslarida texnika 
vositalaridan, matematik ko‘rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan 
foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi;
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o'rgatish.
Bunda asosan o‘quvchilarni o‘quv darsliklaridan va ilmiy- ommaviy matematik 
kitoblardan mustaqil o‘qib o‘rganish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Mаktаb 
mаtеmаtikа kursidа, shаrtli rаvishdа, tа’riflаnmаydigаn eng sоddа tushunchаlаr qаbul 
qilinаdi. Jumlаdаn, аrifmеtikа kursidа sоn tushunchаsi vа qo‘shishаmаli, gеоmеtriya 
kursidа esа tеkislik, nuqtа, mаsоfа vа to‘g‘ri chiziq tushunchаlаri tа’riflаnmаydigаn 
tushunchаlаrdir. Bu tushunchаlаr yordаmidа bоshqа mаtеmаtik tushunchаlаr 
tа’riflаnаdi. Tа’rif dеgаn so‘zning mа’nоsi shundаn ibоrаtki, bundа qаrаlаyotgаn 
tushunchаlаrni bоshqаlаridаn fаrqlаshgа, fаngа kiritilgаn yangi tеrmin mаzmunini 
оydinlаshtirishgа imkоn bеruvchi mаntiqiy usul tushunilаdi. Tushunchаning tа’rifi 
tа’riflаnuvchi tushunchа bilаn tа’riflоvchi tushunchаlаr оrаsidаgi munоsаbаtdаn hоsil 
bo‘lаdi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет