227
yillikdagi axborot texnologiyaning keskin rivojlanishi bilan bo’g’liq. Sezganingizdek
bu rivojlanish ta’lim sohasiga sezilarni ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Ta’limda yangi
tushunchalar va jarayonlar paydo bo’ldi. 2012 – 2013 – yillarda sohadagi yangi
o’zgarishlarga ilk qadam qoyila boshlandi. Juda ko’plab ishlar elektron ko’rinishga
o’tdi. Bunday o’zgarishlar bo’lishi balki oldindan ma’lum bo’lgandir. Ammo ta’limga
axborot texnologiyaning kirib kelishi bilan o’sha biz bilgan an’anaviy ta’lim tizimidan
noan’anaviy ta’lim tizmidag o’tila boshlandi. Dars jarayoni yangi - Onlayn tizimda
ham olib borila boshlandi. Endi uyimizdan chiqmagan holda ta’lim olish imkoniyatiga
ega bo’ldik. Bu jarayon masofaviy ta’limni yanada rivojlanishiga olib keldi.. Ikkinchi
o’n yillikda axborot texnologiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy o’zgarishlarini ma’lum
bir yaratilgan texnik materiallar misolida ham ko’rish mumkin. Jumladan katta
kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilganb aqlli ruchkalar – ECHO SMARTPEN,
EQUIL JOT, LIVERSCRIBE kabi mahsulotlar ta’lim sohasining yanada jadal
rivovlanishiga o’zining munosib hissasini qo’shdi. Endilikda bu kabi “smart”
texnologiyalar orqali nafaqat yozish imkoniyatiga balki, yozgan materialimizni boshqa
tilga qisqa muddatda o’girish , yozgan matnlarimizni ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy
sahifalarimizga joylash imkoni va ushbu ruchkalardan WI Fi routeri sifatida
foydalanishimiz, hatto ularda audio va video tasvirlarni ko’rish imkoniyatiga ham ega
bo’ldik. Undan tashqari aqlli elektron doskalarni ham ishlab chiqilishi
foydalanuvchilarga juda koplab imkoniyatlarnini taqdim etdi. Biz ko’nikib qolgan
oddiy doskalar o’rnini elektron masofadan turib boshqariladigan doskalar egalladi.
Bunga eng zamonaviy, qulay ko’rinish va imkoniyatga ega bo’lgan – ASPAR AWB –
6507, IPEVO IW2, EBEAM SMARTMARKER COMPLETE,
SMART TECH
SMART BOARD M600 kabi elektron doskalarni misol qilsak bo’ladi.
Достарыңызбен бөлісу: