Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Yurtimizda axborot texnologiyalari sohasining rivojlanishida bo’lib



Pdf көрінісі
бет77/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Yurtimizda axborot texnologiyalari sohasining rivojlanishida bo’lib 
o’tayotgan islohotlar natijasi. 
Axborot texnologiyalarining ta’lim sohasidagi bunday o’zgarishlari yanada 
rivojlanish sari borayotgan bir davrda yurtimizda ham bu o’zgarishlar o’zining ijobiy 
xususiyatlarini namoyon etmoqda. Jumladan ikkinchi o’n yillikda yurtimizda ta’lim 
sohasida bo’lgan o’zgarishlar, yangilanishlar bugungi kunda ham davom etmoqda. 


228 
Ayniqsa hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ilg’or islohotlar o’zining yorqin 
natijasini bermoqda. Ikkinchi o’n yillikda jamiyatimizning turli sohalariga kirib borgan 
axborotlashtirish jarayoni ta’lim sohasida ham keng imkoniyatlar eshigini ochdi. 2014 
– yil 5 – sentabrda O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi 
qonunning qabul qilinishi ana shu imkoniyalarning bir qismiga aylandi. Bu qonun 
asosida axborot resurslariga nisbatan qarashlar o’zgardi. Axborotlashtirishning ta’lim 
sohasiga kirib borishi ko’plab imkoniyatlar bilan bir qatorda o’qituvchi va o’quvchilar 
zimmasiga bir qancha ma’suliyatli vazifalarni ham yukladi. Shu jumladan quyida 
hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ko’plab qonun va 
qarorlarni aytish mumkin. 2015 – yil 18 – noyabrda qabul qilingan va 2015 – yil 3 – 
dekabrda Senat tomonidan maqullangan O’zbekiston Respublikasining “Elektron 
hukumat to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 
2015-yil 10-apreldagi 87-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to’g’risida”gi 
nizomi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomilashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” 
2018 – yil 19 – fevraldagi PQ – 5349 – son qarori, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil 
etish to’g’risida”gi 2017 – yil 29 – noyabrdagi PF – 5263 – son farmoni va boshqalar. 
Ishlab chiqilgan va qabul qilingan qonunlar bugungu axborotlashgan jamiyatda turli 
axborot hurujlaridan saqlanish, axborot texnologiyalaridan to’g’ri maqsadlarda 
foydalanishga zamin yaratadi. 
Asrmizning ikkinchi o’n yilligi bizga misli ko’rilmagan yangiliklar va 
o’zgarishlarni tortiq etdi. Bu yangilanishlar asrimizning uchinchi o’n yilligini shiddat 
bilan boshlanishiga va o’tgan davr mobaynida tugatilmagan ishlarni yuqori natijalar 
bilan tugatishga imkon bermoqda. O’tgan o’n yillikdagi amaliy ishlar bugun yana 
yangi qarashlar bilan davom etishini yurtimizda bo’layotgan yangidan – yangi 
islohotlar bilan aytishimiz mumkin. Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasiga 
ehtiyoj juda yuqori ekanini va bu soha yurtimizni yanada rivojlanishi uchun xizmat 
qiladigan eng asosiy sohalardan biri ekanini hukumatimiz tomonidan qilinayotgan 


229 
ishlar orqali ham bilish mumkin. Jumaladan 2019 – yilning 21 – noyabr sanasida start 
olgan “ Bir million o’zbek dasturchisi” loyihasi ana shu ishlarning eng samarali 
yo’llarini ochib bermoqda. Bu loyiha xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
2020 – yil 24 – yanvarda Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ham alohida to’xtalib 
quyidagi fikrlarni aytib o’tdilar: “ Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “bir million dasturchi” 
loyihasini amalga oshirish boshlandi. Bu juda katta marra. Agar biz mana shu loyihani 
amalga oshirib, yoshlarga sharoitlarni yaratsak, albatta bu 3 – 4 yilda katta natija 
bo’ladi. Bu loyiha barcha soha uchun drayver bo’ladi. Bular barcha sohalarga kiradi. 
Bular jamiyatimizni, islohotlarimizni tezlashtirishga juda katta turtki beradi.”
Darhaqiqat ushbu isohotlar o’zining ilk natijalarini berishni boshladi va “Bir million 
o’zbek dasturchisi” loyihasida ishtirik etuvchilar soni kundan kunga ko’paymoqda. 
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun turli mutaxassisliklar bo’yicha eng malakali 
kadrlarni tanlab olish maqsadida ta’lim dargohlarida turli tanlovlar o’tkazilmoqda. 
Ushbu loyihada saralanib olingan mutaxassislarga dunyodagi eng katta IT 
kompaniyalar tomonidan tan olinadigan Nanodegree diplomlari topshiriladi. Alohida 
shuni aytish kerakki, bu loyihadan qatnashib sertifikat olgan o’qituvchi va o’quvchilar 
uchun davlatimiz tomonidan munosib rag’batlantirilayotgani sohaga bo’lgan 
e’tiborning yana bir isboti desak adashmaymiz. Bu e’tibor va qo’llab quvvatlashlar 
aynan axborot texnologiyalarini barcha sohalar uchun yanada keng imkoniyatlar 
ochishiga sabab bo’ladi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет