Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Pdf көрінісі
бет78/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy 
majlisga murojaatnomasi. Toshkent 2020 – yil 24 – yanvar. 
2. 
www.lex.uz
3. www.uza.uz 


230 
ФИО автора: Hamrayeva Vasila 
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 
Sotsiologiya yo’nalishi107-guruh talabasi
Название публикации: «YANGI O’ZBEKISTON-YANGI QO’SHNICHILIK» 
Kalit so’zlar: markaziy, konstruktiv, mintaqaviy, pandemiya, forum, transchegaraviy, 
turizm, “The Guardin”, “Uzbekistan Safe travel”, eksponat. 
Keywords: central, constructive, regional, pandemic, forum, cross-border, tourism, 
“The Guardin”, “Uzbekistan Safe travel”, exhibit. 
Ключевые слова: центральный, конструктивный, региональный, пандемия, 
форум, трансграничный, туризм, выставка 
O’zbekiston-Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat bo’lib, u 
besh mamlakat bilan ya’ni : Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston hamda 
Turkmaniston bilan chegaradosh. O’zbekiston uzoq yillar davomida bu davlatlar bilan 
yaqin qo’shnichilik aloqalarini olib borib kelmoqda. Hozirgi vaqtda ham bu davlatlar 
bilan qo’shnichilik aloqalari yanada mustahkamlanib, yangi bosqichlarda davom 
etmoqda.
Bugungi kunda O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini 
kuchaytirish davr talabi bo’lib kelmoqda. Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va 
yagona tarixiy ildizlarga ega bo’lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bo’lgan 
munosabatlar rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuni aytib o’tish kerakki, so’ngi 
uch yil ichida O’zbekistonning mintaqaviy sa’y-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo 
davlatlari o’rtasida o’zaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga ko’tarildi. 
O’zbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik 
o’zgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qo’shni 
davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uyg’otib , mintaqaviy jarayonlarga katta 
ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy 
hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi, yangi islohotlar amalga oshirildi. 
Bunga esa misol qilib , Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv 
uchrashuvlarini keltirish mumkin.Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Birinchi 
maslahat uchrashuvi 2018-yilning 15-martida Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib 
o’tgan edi. “Bunday uchrashuvni muntazam ravishda o’tkazish hamda mintaqaviy 
muammolarimizni birgalikda hal etish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-Shavkat 
Mirziyoyevning tashabbusi” – dedi Qozog’iston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
Nursulton Nazarboyev. Albatta ushbu uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari 
o’rtasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy 


231 
taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan konstruktiv g’oya va tashabbislarni ilgari surildi. 
Markaziy Osiyo rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvi 2019-yilning 29-
noyabrida O’zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrida bo’lib o’tdi. 
Ushbu uchrashuvda mintaqa davlatlarining umummadaniy merosini o’rganish,
qurg’oqchilik va suv resurslari muammolarini hal qilishga oid muammolar
mintaqaviy sport tadbirlarini o’tkazish hamda Afg’oniston muammolarini hal qilsihga 
oid masalalar ko’rib chiqildi. Ushbu uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev 
“Markaziy Osiyo mukofoti”ni tasis etishni taklif etdi. Pandemiya sababli 2020- yildagi 
navbatdagi uchinchi Maslahat uchrashuvi 2021-yilga qoldirilgan edi, shuning uchun 
2021-yil 6-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat 
uchrashuvi bo’lib o’tdi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik 
qilgan ushbu sammitda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 
Qozog’iston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Qosim-Jomart 
Toqayev, 
Qirg’iziston 
Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, 
shuningdek, BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya 
bo’yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya Germen ishtirok etdi. Turkmanistonda 
tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv ham g’oyat muhim va mazmunli bo’ldi. Ushbu 
uchrashuvda mintaqa ichidagi savdoni kengaytirish zarurligi, to’laqonli erkin savdo 
rejimiga o’tish, pandemiyaga qarshi kurashish, shuningdek pandemiya vaqtida aholini 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi muammolarning o’tkir tus olganligiga 
etibor qaratildi. Davlatimiz rahbari mintaqaning ekologik muammolari hamisha diqqat 
markazida bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi 
faqatgina O’zbekistonga emas balki qo’shni davlatlar uchun ham xavf tug’dirish 
mumkinligini va bu uchun barcha choralarni ko’rish kerakligini aytdi. Shu ma’noda 
O’zbekiston Prezidenti mamlakatlarimizning iqlim o’zgarishlariga moslashishga, 
resurs tejovchi texnologiyalarning yanada keng joriy etilishiga xizmat qiladigan 
“Markaziy Osiyo uchun “yashil” kun tartibi” mintaqaviy dasturini ishlab chiqishni 
taklif qildi. Bundan tashqari davlatimiz rahbari kelgusi yilda O’zbekistonda Markaziy 
Osiyo forumini o’tkazishni taklif etdi. Bundan asosiy maqsad mamlakatlarimiz 
hukumatlari va yoshlari o’rtasida ishonch va do’stlikni mustahkamlash , interfaol 
muloqotni yo’lga qo’yish.O’zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyoning madaniy 
merosiga bag’ishlangan festivallar, madaniyat va kino kunlarini o’tkazish, birgalikda 
kitoblar nashr qilish muhim ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari ushbu uchrashuvda 
yana sanitariya talablariga rioya qilgan holda transport qatnovlarini to’liq tiklash 
muhim ekanligi ham qayd etildi. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari mavjud 
transport yo’laklari va infratuzilmasini , shu jumladan , Kaspiy dengizi portlari, yirik 
transchegaraviy logistika markazlarini imkon qadar to’liq quvvat bilan ishlashini 
ta’minlashga chaqirdi. Bundan tashqari, O’zbekiston kelajakda “Termiz -Mozori 
Sharif-Kobul-Peshovar” 
transafg’on 
yo’lagi, 
“Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston” 
avtomobil va temir yo’llari imkoniyatlardan foydalanish niyatida. 


232 
Umumiy sa’y- harakatlar bilan ushbu masala bo’yicha BMT Bosh 
assambleyasining maxsus rezolyusiyasi qabul qilinishi, bu jarayonda BMTning 
Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo’yicha mintaqaviy markazi ham faol 
ishtirok etishiga ishonch bildirdi. 
O’z nutqini yakunlar ekan davlatimiz rahbari Maslahat uchrashuvining natijalari 
Markaziy Osiyodagi birodar xalqlarning ko’p qirrali sherikligini yanada 
mustahkamlashga munosib hissa qo’shishga ishonch bildirdi. 
Ma’lumki xalqlarni birlashtiruvchi, ularni yanada yaqinlashtirishga xizmat 
qiladigan omil bu -turizm sohasi.Turizm-mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni 
desak mubolag’a bo’lmaydi. Albatta, har bir mamlakatda o’ziga xos,ko’rkam, ko’zga 
tashlangan ya’ni: sayohatbop joylari bo’ladi. O’zbekistonda ham bunday joylar bisyor. 
Har yili yurtimizga millionlab insonlar O’zbekiston go’zalligidan bahra olish uchun 
kelishadi. Albatta bu O’zbekistonning yutuqli tomondir. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish 
joizki hozirgi vaqtda O’zbekiston qo’shnilari, ya’ni Markaziy Osiyo davlaari bilan ham 
turizm sohasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. 
O’zbekiston 2015-yilda turizm sohasi bo’yicha ancha ortda edi. Xususan, 
Butunjahon turizm va sayohatlar bo’yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan 
bahoga ko’ra O’zbekiston sayyohlar tashrifi bo’yicha 150-o’rinda edi. Albatta bu 
yaxshi natija emas edi. 2015- yilgi statistikaga qaraydigan bo’lsak Markaziy Osiyo 
davlatlari o’rtasida turizm sohasi bo’yicha eng oxirgi o’rinda edi. Qo’zog’iston 85-
o’rin, Qirg’iziston 116-o’rin, Tojikiston esa 119-o’rinda edi. 2017- yilga kelib , yilning 
birinchi yarmida 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani bu 2016- yilga 
qaraganda 17% ga oshganligini ko’rish mumkin. 2019- yilda sayyohlar soni 2016-
yildagidan 6.7 millionga ko’paydi. Shuni aytish kerakki BMT huzuridagi Jahon turizm 
tashkiloti (YuNVTO) ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston 2019-yilda eng yaxshi 
rivojlanayotgan sayyohlik yo’nalishiga ega mamlakatlar beshtaligiga kirdi, 
shuningdek, “The Guardian” nashri tomonidan dunyoning eng yaxshi sayyohlik 
yo’nalishi deb tan olindi. Lekin afsuski 2020-yilga kelib pandemiya sababli 
O’zbekistonga tashrif buyurayotgan chet ellik sayyohlar soni 96% foizga kamayib, 1.5 
million nafarga tushib ketdi. Ko’rsatilgan sayyohlik xizmatlarining hajmi esa 261 mln 
dollarni tashkil etdi. Xususan, pandemiyaning boshlanish nuqtasi 2019- yilda 
ko’rsatilgan turistik xizmatlarning umumiy hajmi 1.5 mlrd dollardan oshgan bo’lsa, 
eksport ko’rsatkichlari 1.3 milliardga yetib, umumiy xizmatlar eksportining 38.2 % 
foizini tashkil etdi. Shunday bo’lsada, karonavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan 
vaziyatni hisobga olgan holda, “Uzbekistan Safe travel” guaranteed, ya’ni: “ 
O’zbekiston Xavfsizlik sayohat kafolatlangan” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha 
O’zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlarga mo’ljallangan bo’lib, jahon 
standartlariga asoslangan sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning yangi tizimi 
hisoblanadi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 19.06.2020-yildagi №4755-sonli Qarori bilan Xavfsiz turizm 


233 
jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 
20 milliard so‘m miqdordagi dastlabki to‘lovi, shuningdek, «Uzbekistan. Safe travel 
GUARANTEED» tizimi doirasida joriy etilayotgan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan 
o‘tish uchun to‘lanadigan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi 
to‘lov hisobidan shakllantirildi. 
Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun O‘zbekiston 
turizm sohasi ishtirokchilari bir qator imtiyoz va imtiyozlarga ega bo‘ldilar. Shunday 
qilib: 
- turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalarining daromadlaridan olinadigan 
belgilangan soliq stavkasi 50%ga kamaytirildi; 
- turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari yuridik shaxslardan olinadigan 
yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi; 
- ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida belgilandi; 
- turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun turistik faoliyat 
bilan shug‘ullanganlik yig‘imini hisoblash va to‘lash vaqtinchalik to‘xtatildi; 
- joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklaridan ilgari berilgan kreditlar 
bo‘yicha turistik tashkilotlarning foiz xarajatlari qisman qoplandi; 
- mehmonxonalarni tasniflash yoki modernizatsiya qilish uchun moddiy-texnik bazani 
yangilash, rekonstruksiya qilish va mustahkamlash xarajatlari qisman qoplandi. 
O’zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga- 7300 dan ortiq qadimiy -me’moriy va 
arxeologik obidalarga ega. Ularning ko’pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, 
Termiz, Qo’qon hamda Toshkent shaharlarida joylashgan. O’zbekistondagi 200 dan 
ziyod tarixiy yodgorliklar va obidalar YUNESKOning madaniy merosi ro’yxatiga 
kiritilga va albatta bu bilan har bir O’zbekiston farzandi faxrlansa arziydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 22-sentyabr kuni 
BMT Bosh assambleyasining yubiley 75-sessiyasida so’zlagan nutqlarida Markaziy 
Osiyo hamqorlik masalalari qayd etilib, mintaqada tub o’zgarishlar bo’layotganligi, 
davlatlari o’rtasida yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonch muhitini yaratishga 
erishilganligi, hususan so’nggi yillarda O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro 
savdo hajmi ortib borayotganligi, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning jadal 
rivojlanayotganligi, kambag’allikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va 
qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, investisiya va biznes muhitini yaxshilash hamda 
zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb--hunarlarga o’rgatish va 
aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish ta’kidlandi.
O’zbekiston va qo’shni davlatlar o’rtasidagi turizm aloqalari yaxshi rivojlangan. 
Buni yanada rivojlantirish uchun eng avvalo transport qatnovini yanada yaxshilash 
kerak. Albatta turizm uchun eng muhim vosita bu transport. Har bir qo’shni davlat va 


234 
O’zbekiston o’rtasida tez hamda xavsiz harakatlanadigan transportlarni yo’lga qo’yish 
eng samarali ish deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Keyingi o’rinda O’zbekistonga tashrif 
buyuradigan mehmonlar uchun turar joy masalasi muhim o’rinda turadi. Buning uchun 
esa eng avvalo zamon talabiga mos bo’lgan mehmonxonalarni ko’paytisih kerak. 
Mehmonxonalar esa kelayotgan mehmonlarning madaniyatiga,tiliga, diniga har 
tomonlama mos bo’lishi kerak . Bundan maqsad esa mehmonlar bu turar joylarda 
o’zlarini erkin, qulay his etishlari lozim. Bunday mehmonhonalarni esa 
O’zbekistonning har bir viloyatining tumanlarida barpo etish kerak. Mehmonlarning 
tashrifi chog’ida har xil tadbirlar o’tqazish maqsadga muvofiq. Ya’ni tadbirlar 
O’zbekistonning tarixi va buguni haqida bo’lishi lozim, chunki O’zbekistonga tashrif 
buyurayotgan har bir inson o’zbek tarixini bilishsa, o’zbek xalqidan yetishib chiqgan 
o’zbek ajdodlarining tarixda qoldirgan o’chmas izini anglashsa o’zbeklarga bo’lgan 
hurmati yanada ortadi.Bu esa bundan keyin keladigan mehmonlar sonining oshishiga 
sabab bo’ladi. Bundan tashqari yana shunday tadbirlar o’tqazish kerakki, unda 
O’zbekistonga tashrif buyurgan har bir millat vakilining va o’zbek millatining 
madaniyati va ularning urf-odatlarining o’xshashlik jihatlarini, farqli taraflarini yoritib 
berishi kerak. Bulardan tashqari yana muhim bir narsaga e’tibor qaratish lozim, ya’ni 
bu muzeylar. Ularning sonini ko’paytirish, ulardagi eksponatlarga alohida e’tibor 
qaratish kerak. Eng muhimi O’zbekistonda tarixiy obidalar talaygina. O’zbekiston 
ostonasiga qadam qo’ygan har bir sayyoh albatta bu memoriy obidalardan dili xushnud 
bo’ladi. Sohibqiron Amir Temur aytganidek : Agar bizning qudratimizga shubha 
qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing” 
Shu o'rinda aytish mumkinkii : "Bizning 
kelajagimizga shubha qilsangiz, unda biz qoldirajak izlarga, erishajak yutuqlarga boqing". Shunday ekan 
O’zbekistonning kelajakdagi yoshlari uchun o’zbeklarning qadimiy meroslarini asrab avaylab ularga 
yetqazish bilan bir qatorda yanada yangi va zamonaviy, fan talablariga javob bera oladigan yangi 
inshoatlar barpo qilish kerak. 
Qo’shni davlatlar bilan qo’shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun 
faqatgina turizmga etibor qaratish bilan chegaralanib qolmaslik zarur. Davlatlar 
o’rtasidagi ilm- fanga ham alohida e’tibor bermoq lozim. Ma’lumki O’zbekiston bag’ri 
keng o’lka, har yili qo’shni davlatlardan minglab yoshlar O’zbekistonda tahsil 
olmoqda. Shu bilan o’zbek yoshlari ham Qirg’iziston, Tojigiston,Qozog’iston va 
Turkmaniston davlatlariga borib bilmlarini oshirib kelishmoqda. Bu esa davlatlar 
o’rtasidagi do’stlik aloqalarini yanada tiklaydi. Buni yanada rivojlantirish uchun mana 
shu davlat yoshlari o’rtasida vaqti- vaqti bilan turli sovrinli tanlovlar, bahs-
munozaralar, turli sport musobaqalari, kitobxonlik tanlovlarini olib borish yanada 
maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbek xalqida bir maqol bor “Qo’shning tinch – sen tinch”.Hozirgi vaqtda 
Afg’onistonda bo’layotgan voqealardan hammaning xabari bor. Albatta bu faqatgina 
Afg’oniston uchungina emas O’zbekiston va uning chegaradosh davlatlatiga ham bir 
qancha muammo olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday vaziyatda aql bilan ish 


235 
ko’rib hammasiga tinchlik yo’li bilan barharm berish kerak. Albatta buning uchun qo’li 
ochiq saxiy o’zbek xalqi imkoni boricha o’z qoshnilariga qo’ldan kelguncha yordam 
berishi lozim. 


236 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет