ФИО автора: Islomova Zilolaxon O’rinboyevna
Asaka tumani 22-DMTT direktori
Название
публикации:
«DAVLAT
MAKTABGACHA
TA’LIM
TASHKILOTLARI VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
TARBIYACHILARI NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH»
Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyachilarining nutqiga qo’yiladigan talablar, nutq madaniyatining ahamiyati va
tarbiyachining bugungi kundagi nufuzi haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: tarbiyachi, nutq, nutq madaniyati, nutq texnikasi, uzluksiz ta’lim
tizimi, axborot texnologiyalar
Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha
ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi
aniqlangan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini
o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan
bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda, eng avvalo, oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha
ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois,
mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas
bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Shu ma’noda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori,
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli, 2019 yil 8 maydagi
Ozbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-4312-sonli qarorlari ushbu tizim
faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, butun tizimda sifat o’zgarishiga erishish,
237
ta’limning uzluksizligini ta’minlash, sohani bugungi kun talablari darajasida
modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev
tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish,
ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham
kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk
ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad
mujassam.
Nutq madaniyati hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan eng katta
muammolardan biri ekanligi barchamizga ma’lum. Zamonaviy axborot
texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar xuruji inson ma’naviyatiga, ruhiyatiga, shu bilan
birga uning nutqiga salbiy ta’sir o’tkazib kelmoqda. Bu muammoni hal etish umum
madaniyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, umumiy o’rta ta’lim, oliy ta’lim, eng asosiy
ta’lim o’chgi bo’lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog-xodimlarinig yuksak
saviyasiga, shu bilan birga, uni ifoda etuvchi nutqiga bo’g’liq bo’ladi. Xo’sh,
pedagogning nutqi qanday bo’lishi kerek, va unga qo’yilgan talablar nimalardan
iborat?
Bizga ma’lumki, barcha kasblar orasida tarbiyachilik kasbi o‘zgacha va muhim
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, tarbiyachi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori,
yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni goyaviy -
siyosiy jihatdan chiniqgirib, tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti
qonuniyatlarini o‘rgatadi, bolalarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini
puxta egallashlarida ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-
iqshsodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu ma’suliyat tarbiyachidan o‘z kasbining mohir
ustasi bo‘lishni, tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning qiziqishi,
qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama rivojpantirish
yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Buning uchun doimo
tarbiyachining kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib borish, gamxo‘rlik
qilish, unga zarur shart - sharoitlar yaratish, tarbiyalanuvchining ijodiy
238
tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish barobarida, albatta uning
nutqiy malakasi yuksak darajada bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etishi lozim.
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi har doim
shuni esda tutish kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda
jismoniy, ruhiy omillar rivojlanishiga ko’maklashuvchi vositadir. Tarbiyachi
bolaga ta’lim-tarbiya berish bilan bir vaqtda uni keyingi ta’lim jarayoniga, ya’ni
maktabda muvaffaqiyatli o’qishlari uchun zamin hozirlaydi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotining barcha ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda bolalarga ona tilini o’rgatish
orqali ularning nutqi o’stiriladi. “Ona tili,- deb yozadi K.D.Ushinskiy, -har
qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning xazinasidir. Har qanday tushunish
undan boshlanadi, u orqali va unga qaytadi.Shu bilan birga taniqli pedagog
Y.I.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, “Maktabgacha ta’lim
tashkilotida tarbiyalanuvchilar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachining
tilidir, uning tili bolalar tiliga g’oyat samarali va nihoyatda kuchli ta’sir
ko’rsatadigan hamma narsalarni o’zida birlashtiradigan bo’lishi kerak” degan
edi. Demak, tarbiyachining nutqi bola uchun asos vazifasini o’tar ekan, unga
qo’yilgan pedagogik talablarga albatta e’tibor berish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010-yil.
2. M.Jumaboyеv. O‘zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‘llanma. 1996-y.
3. Z.Masharipova, T.Matyoqubova O‘zbek yozma adabiyotida folklor an’analari.
Toshkent – 2011-y.
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti.
5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University – 2012.
239
Достарыңызбен бөлісу: |