ФИО авторов: Nodir Samievich Rustamov
Magistr
Nodirjon Zamirovich Sharipov
Tayanch doktorant
Название публикации: «PAXTA CHIGITINI MAYDALASh USULLARI VA
MAYDALASH JIHOZLARI TAHLILI»
Annotatsiya. Ushbu maqolada paxta chigitini maydalash usullari, maydalash
jarayoniga ta'sir etuvchi omillar, chigitni maydalashni ahamiyati, maydalagichlar
tahlili yoritilgan.
Kalit so‘zlar. Maydalash, maydalagich, urug‘, qobiq, mag‘z, pichoq, ajrtatish
O‘zbekiston Respublikamizda hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil yanvar-noyabr
oylarida yog‘-moy uyushmasi tizimidagi korxonalar tomonidan sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmi qariyb 4,4 trillion so‘mni tashkil etdi yoki o‘sish sur'ati 106,8
foizga teng bo‘ldi. Natura ko‘rinishida 199,2 ming tonna o‘simlik moyi, 31,4 ming
tonna margarin mahsulotlari ishlab chiqarilishi ta'minlandi va aholi istemoli uchun
yo‘naltirildi. Investitsiya dasturi doirasida 9 ta loyiha bo‘yicha 25,5 million dollar
miqdorida sarmoya o‘zlashtirildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115,1 foiz
o‘sish sur'atiga erishildi. Loyihalarning amalga oshirilishi bois 60 ta yangi ish o‘rinlari
yaratildi. O‘tgan yil davomida qariyb 19 million dollar miqdorda sanoat mahsulotlari
eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa, mahalliylashtirish dasturiga asosan 17,4 milliard
so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan
ko’rinib turibdiki, moyli xomashyolarni qayta ishlab sifatli maxsulot olish korxonaning
iqtisodiy ko’rsatgichini yaxshilaydi.
Moyli urug‘lar hujayralarida moy bir tekis taqsimlangan. Ko‘p miqdordagi moy
mag‘zida to‘plangan, urug‘ va mag‘izni o‘rab turuvchi qavatlarda moy kam miqdorda
bo‘lib, bu moylar tarkibi jihatdan mag‘iz tarkibidagi moydan farq qiladi. Turli moyli
urug‘larda mag‘iz va qobiq o‘rtasidagi o‘zaro nisbat turlicha bo‘lib, u naviga va
o‘stirilgan tabiiy iqlim sharoitiga qarab o‘zgarib turadi. Yuqori sifatli moy, shrot va
240
kunjara olishda moyli urug‘ni chaqish hamda uning qobig‘ini ajratish asosiy va muhim
jarayon hisoblanadi. Mag‘iz va qobiqning o‘zaro munosabati uning qobig‘ini ajratib
qayta ishlaganda, qurilmalarning ish unumdorligiga, olinayotgan mahsulotlar sifatiga
va sheluxa, shrot, kunjara va moyning chiqishiga ta’sir qiladi. Moyli urug‘lar, urug‘
qavati, mag‘iz qavatining xarakteri va bog‘liqligini mustahkamligiga ko‘ra ikki
guruhga:
● qobiqli moyli urug‘lar,
● qobiqsiz moyli urug‘larga bo‘linadi.
Qobiqli moyli urug‘larga kungaboqar, paxta chigiti kabilar kiradi va ular qayta
ishlashda mag‘iz urug‘ qobig‘idan ajratilib so‘ng qayta ishlanadi. Agar moyli urug‘
qobig‘ini ajratmasdan qayta ishlansa undan olingan moyning sifati past bo‘lib, mazasi
va hidi yomonlashadi, kislota soni va rangi katta bo‘ladi, saqlash muddati qisqaradi.
Tekshirishlardan shu narsa ma’lumki qobig‘i ajratilmasdan qayta ishlangan chigitdan
olingan shrotning moyliligi, qobig‘i ajratilgan olingan chigitdan olingan shrotning
moyliligidan katta bo‘ladi. Chunki qobiq mo‘rt bo‘lib u moyni o‘ziga yutadi va buning
natijasida moyning chiqishi kamayib, chiqitga chiqishi ko‘payadi. Qobig‘ini
ajratishning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu maydalash va presslash,
ekstraksiyalash
jarayonlarini
yengillashtiradi.
Chunki
qobiqning
mexanik
mustahkamligi mag‘izning mustahkamligidan bir necha marotaba katta bo‘lib u
qurilmalarning yeyilishini tezlashtiradi va foydali ishlashini kamaytiradi. Yuqori sifatli
moy va oqsili ko‘p bo‘lgan shrot olishda imkon qadar maksimal miqdorda mag‘iz
qobig‘ini ajratish kerak. Ayniqsa oziq-ovqat uchun ishlatiladigan soya shrotini olishda,
xantaldan meditsinada va oziq-ovqatda ishlatiladigan xantal kukuni tayyorlashda
qobiqni ajratish birinchi darajadagi ishlar bo‘lishi zarur. Moyli urug‘ mag‘zidan
qobig‘ini ajratish jarayoni bu urug‘ni chaqish yoki maydalash va maydalangan
massani fraksiyalarga ajratish bo‘lib, bu jarayonni yaxshi amalga oshirishda quyidagi
yordamchi jarayonlarning ahamiyati katta. Bularga urug‘larni o‘lchami bo‘yicha
ajratish, mag‘iz va qobiqning o‘zaro bog‘liqligini susaytirish, mag‘izni mexanik
qarshiliklarga chidamli qilish va boshqalar. Urug‘larni po‘chog‘idan ajratish ikki
241
bosqichda amalga oshiriladi, birinchi bosqichda po‘chog‘i chaqiladi, ikkinchi
bosqichda po‘choq mag‘izdan ajratiladi. Urug‘larning po‘chog‘ini sindirganda hosil
bo‘lgan massaga rushanka deyiladi, u butun mag‘iz, qobiq, po‘choq, mag‘iz bo‘lagi,
moy changi, chaqilmagan va bir qism chaqilgan urug‘dan tashkil topgan. Rushanka
tarkibidagi komponentlarning o‘zaro nisbati turlicha bo‘lib, ular urug‘ning turiga,
uning o‘lchamlari, namligiga, qayta ishlashga tayyorlash sharoitiga va maydalashda
qanday qurilmalardan foydalanishiga bog‘liq. Texnologik normalarga muvofiq
rushankaning sifati quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Kungaboqar urug‘ini
qayta ishlashda rushanka tarkibida maydalanmagan urug‘ 25% dan, mag‘iz bo‘laklari
15% dan, moy changi 15% dan oshmasligi o‘rta tolali paxta chigitini qayta ishlashda
ikki bosqichli maydalashda, birinchi maydalashdan keyin butun urug‘ 30% dan,
ikkinchi maydalashdan keyin 0,8% dan oshmasligi, ingichka tolali paxta chigitini
maydalaganda rushanka tarkibidagi butun urug‘lar 15–20% dan oshmasligi kerak.
Hozirgi vaqtda urug‘larni chaqishning yangi usullarini sanoatga tadbiq qilish
ustida ishlar olib borilmoqda, bu usullarga:
1. Aeroshelusheniya – havo yoki gazni tovush va tovush tezligidan yuqori tezlikda
harakatlantirish orqali urug‘ning qobig‘ini yorish va undan mag‘izni ajratish.
2. Urug‘ qobig‘i ichida turli usullar (yuqori chastotali elektromagnit maydonida,
bosimni bir necha marotaba o‘zgartirib, urug‘ ichida impuls hosil qilish) yordamida
ortiqcha yuqori bosim hosil qilib urug‘ni chaqish.
Bu usullarni tadbiq qilishdan maqsad imkon qadar mag‘izni sindirmasdan qobiqni
ajratish va qobiq bilan chiqitga chiqadigan mag‘iz miqdorini kamaytirish, mag‘izni
maydalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Moyli urug‘lar qobig‘ining mustahkamligi
uning namligiga bog‘liq bo‘lib, namligi miqdoriga qarab ularni maydalash uchun sarf
bo‘ladigan energiya miqdori ham turlicha bo‘ladi. Paxta chigitining namligi katta
bo‘lsa bunday chigit maydalanish vaqtida gardishlar orasiga tushganda elastik
deformatsiyalanib kesilmaydi, maydalangan mag‘iz bo‘laklari qobig‘iga yopishib
qoladi uni qobiqdan ajratish qiyin bo‘ladi, buning natijasida rushanka tarkibida
kesilmagan urug‘lar miqdori ko‘payib mag‘izni sheluxa bilan birga chiqitga chiqishi
242
ko‘payadi. Quruq chigit yaxshi chaqiladi, lekin bunda mag‘iz maydalanib sheluxaga
yopishib qoladi, mag‘iz chang hosil qilib havo bilan aralashib chiqitga chiqadi.
Maydalanadigan paxta chigitining optimal namligi 10–12% bo‘lishi kerak. Maydalash
vaqtida qobiq bilan mag‘izning namligi o‘rtasidagi farq 1–2% bo‘lishi kerak, shunda
rushanka tarkibida mag‘iz shuncha kam maydalaniladi, moy changlari kam hosil
bo‘ladi. Maydalashda urug‘larning o‘lchami ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
o‘lchami katta bo‘lgan urug‘lar yaxshi, o‘lchami kichik bo‘lgan urug‘lar qiyin
maydalanadi. Imkon qadar urug‘larni maydalanmasdan oldin o‘lchami bo‘yicha
fraksiyalarga ajratilsa ular bir tekis maydalanadi. Bulardan tashqari urug‘ning bir tekis
maydalanishiga qobiqning qalinligi, mag‘iz bilan qobiq oralig‘idagi havo
bo‘shlig‘ining o‘lchami, mag‘iz bilan qobiqning o‘zaro va maydalash uchun ta’sir
etayotgan tashqi kuchning yo‘nalishi ta’sir etadi.
Paxta chigitining 57–61% mag‘izdan, qolgan 39–43% sheluxadan iborat. Sheluxa
pishiq strukturali va mag‘izga juda zich joylashgan bo‘lib, urilganda yoki siqilganda
sinmaydi. Sheluxani mag‘izdan ajratish uchun pichoqli juda kuchli mashinalar kerak.
Bu ish shelushilka (guller) degan pichoqli yoki gardishli mashinalarda bajariladi.
Chigitni sheluxadan ajratish jarayoni ikki bosqichdan iborat:
birinchi bosqichda chigit gullerdan o‘tkaziladi va separatorda mag‘iz sheluxadan
ajratiladi. Birinchi bosqich maydalashda 25% chigit butun qoladi. Mag‘izdan ajratilgan
sheluxa va butun qolgan chigit ikkinchi bosqichda gullerdan o‘tkaziladi va separatorda
mag‘iz sheluxadan ajratiladi. Ikkinchi marotaba gullerdan o‘tganda 0,25% gacha butun
chigit qolishiga ruxsat beriladi. 1-rasmda gardishli va pichoqli gullerlar ko‘rsatilgan.
Gardishli gullerning cho‘yan korpusida sifatli po‘latdan yasalgan ikki dona gardish
bor. Ularning biri qo‘zg‘almaydigan, ikkinchisi qo‘zg‘alib aylanib turadi. Bu ikkala
gardishning oralig‘i 7 gayka va kontrgaykali vint yordamida rostlab turiladi. Har qaysi
gardishga bolt yordamida oltitadan cho‘yan pichoq o‘rnatilgan. Bu pichoqlarning sirti
o‘tkir nov shaklida taram-taram qilib ishlangan. Shu novlar chigitni chaqadi (yoradi).
Gardish aylangan vaqtda novlar bir-biri bilan uchrashib, orasiga tushgan chigitni
chaqadi. Qurilmaga chigit bir xil miqdorda ta’minlagich orqali uzatib turiladi. Hozirgi
243
vaqtda AS–900 va MSHV tipidagi gardishli gullerlar ishlatilmoqda. Pichoqli
shelushitel qurilmasi ingichka tolali paxta chigitini maydalashda ishlatiladi. Sheluxa
bilan birga kam moy yo‘qolishi va kunjara tarkibidagi oqsilni kamaytirib yubormaslik
uchun chigitni maydalashda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1) chigitda namlik yetarli bo‘lishi;
2) chigit ustida qolgan tuk va momiq miqdori ko‘p bo‘lmasligi;
3) chigitning sifati standartda ko‘rsatilgandek bo‘lishi (kuygan, qizigan va
buzilmagan bo‘lishi);
4) chigit bilan aralashib kelgan chang, momiq va boshqa chiqindilar miqdori kam
bo‘lishi;
5) separatorning hamma qismi normal ishlashi kerak.
1-rasm. Gardishli paxta chigitini chaqish qurilmasi.
Ingichka tolali paxta chigitini maydalashda pichoqli gullerlash qurilmasi ishlatiladi. Bu
qurilma (2-rasm) ta‘minlagich 1, pichoq li baraban 8 va 5 dekdan tashkil topgan.
Ta‘minlagich taram-taram yuzli baraban 2 dan tuzilgan bo‘lib, uning vazifasi qurilmani
bir xil me’yorda chigit bilan ta‘minlashdan iborat. Pichoqli baraban 4 o‘qqa
o‘rnatilgan, barabanda vintlar yordamida butun aylanasi bo‘ylab 21 dona uch qirrali 3
pichoqlar o‘rnatilgan. Har qaysi pichoq olti tig‘li bo‘lib, qurilma ishlaganda
244
ularning bittasi ishchi holatida bo‘ladi. O‘tmaslanish darajasiga qarab pichoqlarning
tig‘lari aylantirib, kesish mexanizmi yangilanib turiladi. Dek yarim doira shaklida
bo‘lib unga 10 donagacha 6 pichoqlar o‘rnatilgan, bu pichoqlarning har biri sakkiz
tig‘li bo‘lib ularni to‘rt marotaba aylantirib qo‘yish mumkin. Baraban bilan dekning
orasidagi oraliq richag 7 yordamida rostlab turiladi. Bu o‘z navbatida sheluxani mayda
yoki yirik bo‘lib chiqishini ta‘minlaydi. Pichoqli guller diskali gullerga nisbatan
chigitni yaxshi chaqadi, sheluxada moyning yo‘qolishi kam bo‘ladi, ammo qurilmaga
begona (tosh, temir bo‘laklari) moddalar aralashib tushib qolsa qurilma ishdan chiqadi,
bu uning eng asosiy kamchiligi hisoblanadi.
2-rasm. Pichoqli gullerning ishlash sxemasi:
a – tuzilishi: 1 – ta‘minlagich; 2 – baraban; 3, 6 – pichoq; 4 – o‘q; 5 – dek;
7 – rostlovchi richag; 8 – pichoqli baraban; 9 – korpus; b – ishlash sxemasi:
1 – ta‘minlagich; 2 – pichoqli baraban; 3 – qo‘zg‘aluvchan dek; 4 – pichoqlar.
245
Достарыңызбен бөлісу: |