"SCIENCE AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD: CHALLENGES OF THE XXI CENTURY" NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, JULY 2019 280
-bolalarning hissiyotini irodasini rivojlantirish,
- tabiat in'om etgan ne‘matlarni avaylab asrashga o‘rgatish.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda
tabiat orqali – aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat, ekologik, iqtisodiy tarbiya berish lozim.
Tabiat vositasida tarbiya berish umumiy tarbiyaning amalga oshirilish formalaridan biri bo‘lib,
uni o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi bolalarning yosh xususiyati, psixik rivojlanish qobiliyatini
yaxshi bilgan holda tarbiya berishdan iboratdir. Maktabgacha tarbiya ishida uning ko‘p qirralari
borki, bu pedagogika fani qonuniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan juda keng ijtimoiy
hodisadir.
Bog‘cha bolalari tabiat haqida ma‘lumot olar ekan, eng avvalo o‘zlari yashaydigan, o‘zi
tarbiyalanadigan bog‘cha uchastkasidagi, uning tevarak-atrofidagi o‘simlik va hayvonlar bilan,
tabiat elementlari bilan, u yerning suvi, tuprog‘i, iqlimi bilan tanishadilar. Buning foydali
tomoni shundaki, yosh bolalar o‘zi yashaydigan, o‘zi tarbiyalanadigan yerdagi o‘simlik va
hayvonlarni har kuni ko‘radi, ularning nomini bir kunda bir necha marta qaytaradi. Ular bolalar
yodida tez qolib, uzoq saqlanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ularning turli yosh
xususiyatlari hisobga olinadi. Ayniqsa, jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonlar, tabiatdagi
mavsumiy o‘zgarishlar, tabiatdagi insonlar mehnati haqidagi bilim va tushunchalar oddiylikdan
murakkablikka prinsipiga asosan tushuntiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Yosh avlodga bular haqida ta‘lim berilar ekan, tabiatdagi o‘zgarishlar va
uning rivojlanishi, tabiatni o‘zgartirishda kishilarning roli hayotiy misollar bilan tushuntirib
berilishi kerak.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirar ekanmiz,
tabiatga doir bilimlarning sodda, hayotiy, tushunarli ekanligini ham alohida e‘tiborga olish
kerak.