Атты III халықаралық ғылыми-тәжірибелік конференция жинағЫ


"SCIENCE AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD



Pdf көрінісі
бет285/418
Дата24.09.2022
өлшемі8,11 Mb.
#40095
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   418
Байланысты:
III TOM

"SCIENCE AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD:
CHALLENGES OF THE XXI CENTURY" 
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, JULY 2019
 
276 
-bolalarning hissiyotini irodasini rivojlantirish, 
- tabiat in'om etgan ne‘matlarni avaylab asrashga o‘rgatish. 
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda 
tabiat orqali – aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat, ekologik, iqtisodiy tarbiya berish lozim. 
Tabiat vositasida tarbiya berish umumiy tarbiyaning amalga oshirilish formalaridan biri bo‘lib, 
uni o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi bolalarning yosh xususiyati, psixik rivojlanish qobiliyatini 
yaxshi bilgan holda tarbiya berishdan iboratdir. Maktabgacha tarbiya ishida uning ko‘p qirralari 
borki, bu pedagogika fani qonuniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan juda keng ijtimoiy 
hodisadir.
Bog‘cha bolalari tabiat haqida ma‘lumot olar ekan, eng avvalo o‘zlari yashaydigan, o‘zi 
tarbiyalanadigan bog‘cha uchastkasidagi, uning tevarak-atrofidagi o‘simlik va hayvonlar bilan, 
tabiat elementlari bilan, u yerning suvi, tuprog‘i, iqlimi bilan tanishadilar. Buning foydali 
tomoni shundaki, yosh bolalar o‘zi yashaydigan, o‘zi tarbiyalanadigan yerdagi o‘simlik va 
hayvonlarni har kuni ko‘radi, ularning nomini bir kunda bir necha marta qaytaradi. Ular bolalar 
yodida tez qolib, uzoq saqlanadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ularning turli yosh 
xususiyatlari hisobga olinadi. Ayniqsa, jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonlar, tabiatdagi 
mavsumiy o‘zgarishlar, tabiatdagi insonlar mehnati haqidagi bilim va tushunchalar oddiylikdan 
murakkablikka prinsipiga asosan tushuntiriladi. 
Xulosa qilib aytganda, Yosh avlodga bular haqida ta‘lim berilar ekan, tabiatdagi o‘zgarishlar va 
uning rivojlanishi, tabiatni o‘zgartirishda kishilarning roli hayotiy misollar bilan tushuntirib 
berilishi kerak.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirar ekanmiz, 
tabiatga doir bilimlarning sodda, hayotiy, tushunarli ekanligini ham alohida e‘tiborga olish 
kerak. 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   418




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет