"SCIENCE AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD:
CHALLENGES OF THE XXI CENTURY"
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, JULY 2019
274
qayrag‘och», «Sochim uchi qo‘ngiroq», «Toychog‘im». Ushbu o‘yinlar orqali bolalarda
tabiatga muhabbat hissi uyg‘onadi.
Xulosa qilib aytganda, Bolani tarbiyalashda tabiatning barcha jabhalarini tanishtirish
bolalarga estetik zavq berishni asosini tashkil qiladi. Bolalarga tarbiya berishda nafaqat tabiatga
katta e‘tibor berish,balki boshqa narsalar, masalan, nutq, rivojlanish kabilarni ham e‘tiborga
olsak, kelajakda buyuk, komil insonlar yetishib chiqishiga bemalol ishonch bildirishimiz
mumkin. Bu bolalar hayotidagi dastlabki qadam, fundament hisoblanadi.
"SCIENCE AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD:
CHALLENGES OF THE XXI CENTURY"
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, JULY 2019
275
УДК: 372.8
BOLALARNI MA’NAN YETUK QILIB SHAKLLANTIRISHDA TABIATNING
O’RNI
Topvoldiyeva Z.
FarDU talabasi
Maktabgacha talim muasssalarida bolalarni ma‘naviy etuk, axloqli, pok insonlar qilib
voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning
maqsadi, maktabgacha talim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish
jarayonida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik
ta‘lim-tarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni
tarbiyalashdir.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifasi o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirish
usullari, ish shakllari, shuningdek pedagog, psixolog olimlar va mutafakkirlarning tabiatning
inson qayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlari bilan tanishtirish va nazariy bilimlar berishdan
iborat.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani pedagogikaning bir qismidir, chunki tabiat bilan
tanishtirish orqali barcha tarbiya turlari amalga oshiriladi. Tabiat bilan bolalarning yosh
xususiyatlari, fiziologik tuzilishlarini hisobga olgan holda tanishtiriladi. Shu bilan birga turli
yosh guruhlarda ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari, harakter hislatlari, iste‘dodlari
hisobga olinadi.
Bola a‘zolarining tuzilishi-oliy nerv sistemasi, ichki a‘zolari, tana tuzilishi, ishlashiga
qarab hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar tabiat bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan
ko‘rinib turibdiki, bu kurs bolalar fiziologiyasi fani bilan ham bevosita bog‘langan.
Biologiya fani tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosini tashkil etadi. Chunki biz
bolalarni jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, yilning turli fasllari bilan tanishtiramiz.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani falsafa, biologiya, pedagogika, psixologiya,
fiziologiya va barcha metodikalar bilan bog‘liq holda bir-birini to‘ldirib, mustahkamlaydi.
Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar va hayvonlar, inson mehnati haqidagi
tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish hamda boyitish, shuningdek, o‘simliklar o‘stirish,
hayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko‘nikmalar hosil qilish ta‘lim berishning asosiy
vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va
mantiqiy nutq rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo‘ladi. Bolalarda
mehnatni sevish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, o‘simlik va hayvonlarni asrash, ularni parvarish
qilish, o‘z Vatanini, tabiatni sevish, tabiat go‘zalliklarini ko‘ra olish kabi hislatlarni o‘stirish
orqali tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida tabiat bilan yaqindan tanishtirmasdan turib, bolalarni
jismonan rivojlantirish, nutq va tafakkurlarini boyitish vazifalarini amalga oshirish mumkin
emas. Bolalarni har tomonlama rivojlantirish. Ularni barkamol qilib o‘stirish tug‘ilgan kunidan
boshlab amalga oshiriladi.
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonda olib borilayotgan ta‘lim sohasidagi islohotlarning
bosh maqsadi aynan mana shunga yaratilgan. Ya‘ni o‘sib kelayotgan yosh avlod, mustaqil
O‘zbekistonimizning kelajagini, taraqqiyotini kafolatlaydi. Mana shu ustuvor yo‘nalishlardan
kelib chiqqan holda, bolalar bog‘chalarida farzandlarimizga beriladigan har qanday bilim,
ularda Vatanga sadoqat o‘z o‘lkasini sevish, Vatan bilan g‘ururlanish ruhini tarbiyalashi lozim.
Shunday ekan tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
bo‘lishi lozim;
-bolalarni o‘z o‘lkasini sevishga o‘rgatish,
-tabiat bilan tanishtirish orqali bolalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish,
-bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirish,
-o‘zining , tengdoshlari va kattalarning mehnatini qadrlashga o‘rgatish,
-tabiat orqali psixik jarayonlarni rivojlantirish (sezgilar, idrok, xotira, qayol, tasavvur,
nutq, diqqat),
|