Адабиётлар:
1.
Эргашходжаева Ш.Ж. Қишлок жойларида кооперацияни ривожлантиришнинг маркетинг стратегияси. –
Т.: Фан,
2006.
2.
Насритдинова М.С., Ахмедов О.М. Бизнес стратегияси: Укув кўлланма. –
Т.: Шарк, 1996.
3.
Ламбен Жан
-
Жак. Менеджмент ориентированньш на рьшок. –
СПб.: Питер, 2006.
«Проблеми та перспективи розвитку науки на початку третього тисячоліття у країнах Європи та Азії»
111
СЕКЦІЯ:
ІСТОРІЯ
Abror Sobirov
(Namangan, O
’
zbekiston)
O`ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING AMALGA OSHIRILISHI
Mustaqil davlatimiz hududida faoliyat ko`rsatib kelayotgan aholining ko`pchilik qismini yoshlar tashkil qiladi. Buni
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 15
yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimida “Asosiy maqsadimiz –
yurtimizda ozod va farovon hayot barpo etish yo`lini qat`iyat
bilan davom ettirishdir” degan mavzusida qilgan ma`ruzasida yoshlarimiz to`g`risida keltirilgan raqamlar ham tasdiqlaydi.
Ma`r
uzada tasdiqlanishicha “bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo`lgan yoshlar 360 ming nafarni yoki
umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo`lganlar esa 17 million 80 ming nafarni yoki 64 foizini tashkil qiladi”.
Bu
raqamlar aholimizning aksariyat ko`pchilik qismini yoshlar tashkil etishidan dalolat beradi.
Keltirilgan ushbu raqamlarga asoslanib aytish mumkinki, xalq xo`jaligining turli jabhalarida faoliyat ko`rsatib
kelayotgan yoshlarimiz, jamiyat va davlat rivojiga ta`sir etuvchi va hal qiluvchi asosiy omildir. Shunday ekan, O`zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar asosida inson va fuqarolarga berilgan shaxsiy huquqlar, erkinliklar,
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar yoshlarimizga ham taalluqlidir.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o`tib borishning hozirgi bosqichida davlatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri
–
aholimizni ko`pchilik qismini tashkil qiluvchi yoshlarimizni manfaatlarini himoya qilish va uni ta`minlashdir. Prezidentimiz
ta`kidlaganlaridek, “Bi
rinchilar qatorida yosh avlodimizning manfaatlarini ta`minlashni kuchaytirishga qaratilgan huquqiy bazani
yanada mustahkamlash, amaldagi qonun hujjatlarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan qayta ko`rib chiqishimiz lozim”.
Darhaqiqat, yoshlarimizning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va uni ta`minlashga qaratilgan
mavjud huquqiy bazani yanada mustahkamlamasdan, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarini bugungi kun talablari asosida
qayta ko`rib chiqmasdan turib, bu borada davlatimiz tomonidan 2008 yilda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida
ishlab chiqib amalga oshirilishi kerak bo`lgan maxsus davlat dasturida belgilanishi kerak bo`lgan uning asosiy maqsad va
vazifalarga erishib bo`lmaydi.
Mamlakatimizda amaldagi ta`lim sohasida amalga oshirib kelinayotgan umummilliy davlat dasturining ijrosini yangi
bosqichga ko`tarish, markazda va joylarda bunga mas`ul bo`lgan idoralarning mas`uliyatini yanada oshirish ham yoshlarimizga
oid asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bu borada yoshlarimizning tegishli bo`lishiga qarab, maktab, akademik litsey, kasb-hunar
kollejlari va oliy o`quv yurtlarida zamonaviy ta`lim olishi kerak bo`lgan kasbga ega bo`lish masalalariga alohida e`tibor berish
kerak bo`ladi. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti
I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek “Bu yo`nalishda olib borilayotgan
ishlarimizning sifati va samarasini, pirovard natijasini oshirishda hali ko`pgina masalalarni echishimiz lozim”.
Yoshlarimizni zamonaviy bilim va tarbiya olishi davlatimiz tomonidan belgilangan maqsadning bir qismini tashkil qilsa,
bularning olgan bilimini va kasbini amaliy hayotda namoyon etishi hamda ishlatishi uchun, o`quv yurtlarini bitirib chiqayotgan
yoshlarimizning hayotda o`ziga mustaham o`rin egallashi uchun ko`mak va keng imkoniyatlar tug`dirib berish masalasi-bu
borada belgilangan maqsadimizning ikkinchi qismini tashkil qiladi. Bu masalani e`tibordan chetda qolib ketayotganligiga
to`xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimovni “Bunday holatlardan bosh tortmasdan, chuqur o`ylangan dasturlarni
hayotga tatbiq etish
hisobidan bu masalaning echimini topish
–
hozigi vaqtdagi eng dolzarb vazifamiz, desak, hech qanday mubolag`a bo`lmaydi.
Bugungi kunda o`tkir muammolarimizdan eng muhimi
–
bu yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o`rgatish va ish bilan
ta`minlashdan iborat. Bu vazifa davlatimiz va jamiyatimiz, mahalliy hokimliklarning e`tibor markazida turishi zarurligi, shu
borada, avvalambor, qishloqlarimizda, kichik shaharlarda istiqomad qilayotgan o`g`il-qizlarimizni munosib ish bilan
ta`minlashga, ayni
qsa, armiya saflaridan muddatli harbiy xizmatni o`tab qaytganlarga alohida e`tibor berishimiz darkor” deb
ta`kidlaganlari, bu boradagi mavjud kamchiliklarni tugatilishiga dasturamal bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov
tomonidan ushbu yilni “Yoshlar yili” deb nomlanishi va shu
munosabat bilan “Yoshlar yili” davlat dasturida ishlaydigan, uni tayyorlashda mas`ul bo`lgan mutasaddilar, avvalambor, keng
jamoatchilik, mahalla xotin-qizlar tashkilotlari, ota-onalar va murabbiylar, ayniqsa yoshlarning o`z fikr-mulohazalarini, taklif va
tavsiyalarini har tomonlama o`rganib, bor kuch imkoniyatlarni ana shu ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish kerakligi
to`g`risida bergan ko`rsatmalari ham muhim ahamiyatga ega.
Kundalik hayotda yoshlar to`g`risida quyidagi iboralar ko`p ishlatiladi. Yoshlar bizning tayanchimiz, ishonchimiz va
kelajagimiz. Darhaqiqat, shunday. Bu so`zlarning zamirida katta ma`no yotadi. Xoh oilada bo`lsin, xoh jamiyatda, xoh davlatda
bo`lsin, uning ravnaqini kelajagini, demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida
shaxdam qadamlar qo`yib ilgarilab borayotgan mustaqil respublikamizni kelgusidagi rivojini, taraqqiyotini yoshlarimizsiz
tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu masala bo`yicha Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining yuqorida ko`rsatib o`tilgan mavzusida qilgan
ma`ruzasida “Yoshlarimiz bizning tayanchimiz, ishonchimiz va kelajagimiz” degan so`zlar ko`p ishlatiladigan iboraga aylanib
qoldi. Bu albatta bizning, barcha ota-onalar va keng jamoatchilikning orzu-umidi, desak, har tomonlama to`g`ri bo`ladi. Lekin
men... bu iborani kengroq ma`noda ifoda etishni istardim. “Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va
kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qi
luvchi kuchidir” deb bildirilgan ishonchlari o`ylaymanki barcha
sohalarda faoliyat ko`rsatib kelayotgan yoshlarimizga kuch g`ayrat bag`ishlab, o`z vazifalarini yuqori darajada bajarishga
da`vat etadi va bu borada ularning mas`uliyatlarini yanada oshirishlarida dasturamal bo`lib xizmat qiladi.
Bizning bugungidek dorilomon kunlarda istiqlol bergan barcha imkoniyatlar zamirida komilikka etishayotgan
yoshlarimizning ijtimoiy hayoti qaysi orzu intilishlar tomon yo`nalganligi va uni maqsadli amalga oshirishda turli vositalar
jumladan, madaniy ma`rifiy muassasalar faoliyatini ham o`rni beqiyosdir.
Yoshlar yilida yoshlarimizning manfaatlarini ta`minlash borasida davlatimiz tomonidan ko`zda tutilayotgan va davlat
dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yilning boshlanishidanoq boshlab yuborildi desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Fikrimizning dalili sifatida Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 1 dekabrda
ma`qullangan, 2008 yil 8 yanvardan boshlab kuchga kiritilgan “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston
Respublikasining Qonunini ko`rsatishimiz mumkin.
Bu qonun 32 ta moddani o`z ichiga olgan to`rtta bo`limdan iborat bo`lib, umumiy qoidalar, bola huquqlarining asosiy
kafolotlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo`shimcha kafolotlari va yakunlovchi qoidalarga oid masalalar
qonuniy tarzda ko`rsatilgan. Bu qonun o`zining maqsadi bilan, bola huquqlarining kafolotlari borasidagi munosabatlarini
tartibga solishi bilan boshqa qonunlardan farq qiladi va o`zining ana shu jihati bilan ahamiyatlidir.
Yoshlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasidagi etilgan muammolarni o`z vaqtida hal etish, uzluksiz
112
«Проблеми та перспективи розвитку науки на початку третього тисячоліття у країнах Європи та Азії»
ta`lim tizimida islohotlarni yanada chuqurlashirish, real iqtisodiyotda va mamlakat faoliyati sohalarida ta`lim muassasalari
tomonidan tayyorlanadigan mutaxassislarga bo`lgan talabni ta`minlash maqsadida 2008 yilning «Yoshlar yili» deb e`lon
qilinganligi munosabati bilan Davlat dasturi qabul qilindi.
Ushbu dasurda yoshlarning manfaatlarini yanada to`liq ta`minlash va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy
bazani takomillashirish hamda mustahkamlash, amaldagi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar
kiritish belgilab berildi
1
.
«Yoshlar yili» Davlat dasturi
doirasida, avvalambor, mustaqillik yillarida qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlarining
yoshlar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga oid qismi bugungi kunda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar, yoshlarga
oid davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari va dasurlarining mazmun-mohiyatiga mosligi nuqtai-nazaridan tahlil qilib chiqildi.
Bu borada yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjat ro`yxati tuzilib, qaysi qonun hujjatlari takomillashtirishni taqozo etadi va yana
qanday yangi huquqiy hujjatlar qabul qilinishi lozimligiga jiddiy e`tibor qaratildi.
Jumladan, 2008 yilning 8 yanvaridan e`tiboran «Bola huquqlari
-
ning kafolatlari to`g`risida»gi qonun kuchga kirdi. Bola
huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo`li bilan bolalarni, shu
jumladan, etim bolalarni va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning amaldagi
tizimi samaradorligini oshirish mazkur qonunning asosiy maqsadini tashkil etdi.
Prezidentimiz tom
onidan 2008 yil 16 aprelda «Voyaga etmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi
qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o`zgartirish va
qo`shimchalar kiritish haqida»gi qonun imz
olandi. e`tiborli jihati shundaki, bolalar o`rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish
samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan mazkur qonun bilan amaldagi bir qancha qonun hujjatlari takomillashtirildi.
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati xalqaro huquqning umume`tirof etilgan qoida-talablariga ham
asoslanadi. O`zbekiston bevosita yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ta`minlashga qaratilgan o`ttizdan ortiq xalqaro huquqiy
hujjatning ishtirokchisi hisoblanadi. Jumladan, 2008 yil 4 aprelda «Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to`g`risida»gi
konventsiyani (Jeneva, 1973 yil 26 iyun’) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun, 8 aprelda esa «Bolalar mehnatining og`ir
shakllarini ta`qiqlash va yo`q qilishga doir shoshilinch choralar to`g`risidagi konve
ntsiyani (Jeneva, 1999 yil 17 iyun’)
ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun kuchga kirdi.
«O`tgan davr mobaynida bu yo`nalish bo`yicha Prezident va hukumat tomonidan 13 ta qaror, 1 ta farmoyish qabul
qilindi va 2 ta qonun loyihasi qabul qilinish arafasida tu
ribdi» –
deb ta`kidladi yurtboshimiz o`z ma`ruzasida.
Ana shu qonun hujjatlarida bolalarni tug`ilganidan to voyaga etguncha bo`lgan davrda salomatligini himoya qilish,
Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va shu dargohlarda ishlayotgan
xodimlarni moddiy qo`llab-quvvatlash masalalari har tomonlama o`rin oldi.
Ushbu qarorlar qatorida 2009-2014 yillarda bolalar musiqa va san`at maktablarining moddiy bazasini mustahkamlash
va yangi muassasa-larni qurish bo`yicha davlat dasturi hamda iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag`batlanirishga oid
hukumat qarorlari qabul qilindi.
Shu tariqa mamlakatimizda yoshlar huquqlarini barcha sohalarda himoya qilish maqsadida tegishli tashkiliy-huquqiy
asoslar to`la shakllantirildi. Ayni chog`da ushbu huquqiy asosni yanada takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Qabul qilinayogan barcha qonunlar, normativ huquqiy hujjatlarning zamirida yagona g`oya mujassam. Bu g`oya,
Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, sog`lom zurriyot, ya`ni jismoniy va ma`naviy etuk avlod shakllanishi va o`z imkoniyatlarini
hamda salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun zarur tizimni yaratish, yoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoyalash,
zamonaviy bilim va kasbga ega bo`lishini, jamiyatimiz hayotida munosib o`rin egallashni ta`minlashdan iborat.
Bu boradagi milliy qonunchilik tizimimiz xalqaro huquqning demokratik tamoyillariga mos kelishi bilan birga,
rivojlangan demokratik davlatlarning huquqni qo`llash amaliyotining ijobiy jihatlarini o`zida mujassam etdi. Mazkur demokratik
standartlar yoshlarga oid davlat siyosatining asosini tashkil etib, qonunchilik jarayonida va huquqni qo`llash amaliyotida keng
tadbiq etildi.
Jahon miqyosidagi iqtisodiy inqiroz eng rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan bir sharoitda
Prezidentimiz tomonidan xalqimiz, shu jumladan, yoshlarimizning daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish,
ularga ijtimoiy madadni yanada kuchaytirishga muntazam ravishda e`tibor qaratib kelinmoqda.
Adabiyotlar:
1.
“Xalq so`zi” ro`znomasi. 2007 yil 8 dekabr.
2. G`afforov A. Madaniy
–
ma`rifiy muassasalar faoliyati yoshlar tarbiyasi masalalari /Salohiyat. Ilmiy to`plam.-Namangan:
2010.-B.38.
Шухрат Абдуллаев
(
Наманган, Узбекистон
)
ХХ АСР БОШЛАРИДА ХОРАЗМ ВА БУХОРО РЕСПУБЛИКАЛАРИДАГИ СИЁСИЙ ЖАРАЁНЛАР
1920 йилга келиб Хоразм Халқ Совет республикаси ва Бухоро Халқ Совет республикалари тузилганлиги
эълон қилинди. Ушбу республикаларнинг хукумат аъзолари таркибида Ёш Бухоролик ва Ёш Хивалик жадидлар сиёсий
партиясига бирлашган ва демократик рухдаги қарашларга эга бўлган шахслар фаолият олиб борганлиги туфайли хам
мураккаб сиёсий вазиятга қарамай нисбатан анча илғор давлат бошқарув асослари вужудга келтирилди. “Гарчи
советлар андазасини киритишга уриниш бўлганлигига қарамай, бу республикалар Шарқдаги биринчи Халқ
Республикалари бўлиб, улар қисқа муддатда ўрта аср монархия тузуми ва қолоқликдан, диний ақидапарастлик ва
билимсизликдан демократик ислохотлар томон улкан қадамлар ташлади”.
Ушбу республикалар конституциялари 1918 йилги РСФСР конституцияси асосида тузилган бўлса хам,
махаллий ахолининг кўплаб қатламларига кенг сиёсий хуқуқлар берилган эди. Жумладан: собиқ хон ва амирнинг
қариндошлари ва юқори давлат амалдорлари, аксилинқилобчилар ва йирик ер эгалари сайлов хуқуқидан махрум
этилган холда, майда ер эгалари, дўкондорлар ва савдогарларга сайлов хуқуқи берилган эди.
Хоразм Халқ Совет Республикаси Конституцияси 1920
-
йил 30
-
апрелда халқ вакилларининг Бутун Хоразм I
қурултойида қабул қилинган бўлиб VI бўлим, ХV боб ва 87 моддадан иборат эди. Олий қонунчилик ва хокимият органи
-
халқ вакиллари Умум Хоразм қурултойи хамда Умум Хоразм Марказий Ижроия Қўмитаси ва унинг президентидан
иборат бўлиб, унинг ахолидан 1 та депутат, 100 аскарлардан бир вакил тартибида ташкил топди. 1921 йил майида
«Проблеми та перспективи розвитку науки на початку третього тисячоліття у країнах Європи та Азії»
113
бўлиб ўтган ХХСР советларининг II қурултойида конституцияга киритилган қўшимчага биноан советларнинг
қурултойлари даврида советларнинг қурултойларида сайланадиган Марказий
Ижроия Қўмита олий қонун чиқарувчи,
ижроия ва назорат вазифаларини амалга оширувчи идора этиб белгиланган.
1920 йил 23
-
сентябрда Бухоро советларининг қурултойида биринчи Конституция қабул қилинди. Унга кўра
УмумБухоро Халқ депутатлари съезди олий хокимият
органи хисобланиб, 2 минг кишидан бир депутат миқдорида
сайланган. Бухорода қурултой аъзолари яъни халқ вакиллари сони 350 кишини ташкил этган ва бир йилда бир марта
чақирилган. Қурултойлар оралиғидаги даврда эса худди Хоразм Халқ Совет республикасида бўлгани каби Марказий
Ижроия Қўмита қонун чиқарувчи ва назорат қилувчи олий орган хисобланган. Юқоридагилардан кўриш мумкинки,
маълум даражада замонавий рухдаги олий қонунчилик вакиллик органининг сиёсий
-
хуқуқий асослари вужудга кела
бошлаган. Аммо мамлакат тараққиёти учун ижобий хисобланган ушбу сиёсий жараёнлар ривожи узоқ чўзилмади. Хар
иккала республика хам 1924 йилда амалга оширилган миллий давлат чегараланиши ниқоби остида тарқатиб
юборилди ва нисбатан мустақиллик бархам топиши оқибатида шўроларнинг тоталитар сиёсий режими ўрнатилди.
1925 йил Ўзбекистон ССР ташкил топганлиги эълон қилинди ва 1927 йил дастлабки Конституция қабул
қилингунга қадар бутун хокимият ваколати ЎзССР советларининг I съездида сайланган Марказий Ижроия Комитетига
топширилган. 1927 йил 30
-
мартда бўлиб ўтган II съездида эса ЎзССРнинг биринчи Конституцияси қабул қилинди.
Албатта ушбу Конституцияга собиқ иттифоқнинг 1924 йилги Конституцияси асос қилиб олнган бўлиб, у 8 бўлим, 17
боб, 114 моддадан иборат эди. “Конституцияга биноан, сайлов кунигача 18 ёшга тўлган барча фуқароларга диний
эътиқоди, миллати, ўтроқлиги ва хоказолардан қатъий назар сайлов хуқуқи берилди. Конституция бўйича фойда олиш
мақсадида ёлланма мехнатдан фойдаланувчи шахслар; собиқ полициянинг, жандармлар алохида корпусининг ва
соқчи бўлимларининг хизматчилари ва агентлари, собиқ махаллий маъмурий идораларнинг хизматчилари, бўлис
хокимлари, овул ва қишлоқ оқсоқоллари; Россияда подшохлик қилган хонадонларнинг аъзолари, собиқ Бухоро амири
ва Хива хони хамда уларнинг барча яқин қариндошлари, шунингдек, собиқ Россия империясининг полицияси, жандарм
ва жазо органлари фаолиятига рахбарлик қилган шахслар хамда Бухоро амирлиги ва Хива хонлигининг барча
амалдорлари; рухий касал деб топилган шахслар; суднинг хукми билан ёки юқори органларининг алохида қарори
билан сайлов хуқуқидан махрум этилганлар.
Табиийки шундай савол туғилади, жамиятнинг аксарият аъзолари энг асосий сиёсий хуқуқдан яъни сайлов
хуқуқидан махрум этилган бундай холатда қайси давлат органи олий қонун чиқарувчи вакиллик
хокимияти бўлади ва
ушбу хокимият халқ томонидан сайланган ва кенг оммадан ваколат олган хокимият хисобланадими? 1918 йилдан 1937
йилгача бўлган даврдаги сиёсий жараёнлар тахлили шуни кўрсатадики, ўлкада жадидлар томонидан асос солинган
демократик ислохотларга кескин зарба берилди ва маъмурий
-
буйруқбозлик асосидаги тоталитар сиёсий режим
бошқаруви вужудга келтирилган.
Ўзбекистон давлатчилиги институтларининг шаклланиши ва ривожланишини фақат октябрь тўнтариши билан
изохлашга уринишлар тарихий ва сиёсий жараёнларни ёритишда бирёқламалик ва синфий нуқтаи
-
назардан
ёндашишнинг бир кўриниши бўлиб, бунга бархам берилиши ва объектив, холисона ўрганилиши қуйидаги сабабларга
кўра зарур хисобланади: а) тоталитар давлат бошқарув асосларини вужудга келиши ва унда парламентаризм
тамойилининг инкор этилиши.
б) демократик институтларнинг тугатилиши ва якка партиявийлик тамойилини амал қилиши.
в) сиёсий инқироз ва йўл қўйилган камчиликларни тахлил қилиш.
г) хозирги даврда жамиятда кечаётган ижтимоий –
сиёсий жараёнлар ва янги ислохотлар мохиятини чуқур
англаш.
д) мустақил миллий давлат қурилишидаги тажрибани орттириб замонавий парламентаризмни
ривожлантиришда бу омиллардан самарали фойдаланиш.
Шуни таъкидлаш керакки собиқ совет даврида ташкил этилган советларни “Халқ вакиллик органлари” деб
эътироф этилиши ва совет хукумати ва коммунистик партия қарорларини айнан шу “Халқ вакиллик органлари”
томонидан ва бир овоздан бутун халқ томонидан хурсандчилик билан кутиб олинаётгани аслида бир уйдирма эди.
Аслида советлар барча мехнаткаш табақаларнинг вакиллик органи эмас, балки пролетариат диктатурасига
асосланган тоталитар сиёсий режимнинг энг қуйи ва ахамиятсиз бўғини бўлиб, марказий давлат хокимиятига
тўлалигича қарам бўлган ва махсус давлат органлари томонидан назорат қилинган холда завод, фабрика ва ўқув
муассасаларида бўлиб ўтадиган сохта сайловлар орқали шакллантирилган бажарувчи орган хисобланган. Шуниси
мухимки давлат бошқарувида олий қонун чиқарувчи орган ва ижро этувчи органлар аниқ ажратилмаган, яъни
хокимиятларнинг бўлиниши
принципи амал қилмас эди. Натижада давлатдаги бир неча органлар бир вактнинг ўзида
конунчилик фаолияти билан шуғулланган. Бу эса хокимият турли тармоклари ваколатларининг аник
чегараланмаганлиги, қонун чикарувчи хокимият вазифасини бажариши лозим бўлган давлат хокимияти органларида
конун чикарувчи хокимиятнинг асосий хусусиятлари йўқлиги ва халкаро хукук нормаларида эътироф этилган
хокимиятларнинг бўлиниши принципига амал килинмаганлигини кўрсатади.
Достарыңызбен бөлісу: |