302
Keywords: individual, ability, talent, logic, thinking.
Maktabga borish bolalarning hayotida juda-katta voqeadir. Maktab hayoti
bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy
faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifasi va ijtimoiy
burchi o‘qish bo‘lib qoladi. 6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish
ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishni talab etadi. O‘qish faoliyati
uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik
xislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan
bo‘lgan munosabatlarida ham bir muncha o‘zgarish yuz beradi. Birinchi sinf
o‘quvchisi ko‘pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham bu ish
xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi. Aksincha, ta’lim so‘z-mantiq xotirasini
taqozo etadi. So‘z mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini tushunib esda olib qolish
jarayornining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi.
Iqtidor - bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati
bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki
bir necha sohada yuqori
natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi. Psixologik lug‘atda
“iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: iqtidor bu - faoliyatning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvi,
insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o‘ziga xosligini belgilaydigan
umumiy qobiliyatlar. Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash
mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini
belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda
muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi. Iqtidorli bolalar
bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir. Xorijiy
tadqiqotchilar fikricha, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, maqsadga intilish, individual
va guruhiy ishlari, hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va kollejdan tashqari
ta’lim olish imkoniyatlarini ham yaratish, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy
vazifasi bo‘lishi kerak. Fransuz olimi K. Allegr ta’kidlaganidek, o‘quvchilarda
303
mustaqil fikrlash, maqsadga intilish, ularning individual va guruhiy ishlarini, hamda
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ham kasb-hunar o‘quv yurtlarining asosiy
vazifasidir.
Psixologlarning tadqiqotlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarda bilimlarini
shakllantirish o‘qituvchi rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida
samarali rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini topadi. Faqatgina samarali
tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quvchida o‘quv muammosini
mustaqil hal qilish
ko‘nikmasini rivojlantirish va o‘rganilayotgan bilimlar yuzasidan kelib chiqqan
muammolarni ijodiy yechish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun ham biz bugungi
kunda zamonaviy ta’limning vazifasi, maqsadi, o‘rni va rolini yaqqol tasavvur qila
olishimiz kerak.
Biz hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonida va pedagogik
adabiyotlar va tadqiqot ishlarida, “mustaqil ta’lim”, “mustaqil ish” tushunchalarining
mohiyatini yoritishga harakat qildik. Ba’zan mustaqil holda o‘qish va mustaqil ta’lim
tushunchalari adashtiriladi. Mustaqil holda o‘qish rasmiy o‘quv jarayonidan
tashqarida kechishi mumkin, ya’ni muayyan ta’lim muassasiga bormay turib, uyda
o‘zi o‘quv materiallari asosida mustaqil, individual holda o‘qishi va o‘rganish.
Достарыңызбен бөлісу: