Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет275/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Литература
1. Купалова А.Ю. Изучение местоимения по учебному комплексу // РЯШ. 
1994. № 6. -С. 21 
2. Современный русский язык./ Под ред. В.В.Бабайцевой. - М.: Дрофа, 2001), -
С.157 


820 
ФИО автора: Saydaliyeva Dilorom Ismoilovna, 
Fargʻona viloyati, Quva tumani 51-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot 
fani oʻqituvchisi 
Название публикации: «ADABIYOT O‘QITISHNING MAQSAD VA 
VAZIFALARI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiyot o‘qitishning maqsad va vazifalari 
borasida ilmiy ma’lumotlar berib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: Aruz vazni, “Qutadg‘u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq ”, O‘zbek 
mumtoz she’riyati, misra, bayt. 
 
Ta’lim tizimida adabiyot o‘qitishning asosiy vazifalardan birini o‘quvchilarni 
she’riy asarlarni o‘qishga o‘rgatish, ularni shoirlarimiz ijodida qo‘llanilgan xilma-xil 
vaznlarning 
ritm-ohang 
xususiyatlari, she’riyatimizda qo‘llanish ko‘lami, 
mualliflarning har qaysi she’riy o‘lchovdan mohirona foydalanish san’ati bilan 
tanishtirish, binobarin vaznning badiiy asardagi o‘rni haqida muayyan bilim va malaka 
hosil qilish tashkil etadi. O‘quvchilar adabiyotimizning ko‘p asrlik tarixini o‘rganish 
jarayonida rang-barang she’riy o‘lchov tizimlari haqida ma’lumot oladilar, ulardan har 
birining o‘ziga xos jihatlari, turli xil vaznlarini ko‘zdan kechiradilar. Xususan, 
adabiyotimizda ming yildan buyon qo‘llanib kelingan aruz o‘lchov tizimi 
xususiyatlarini atroflicha o‘zlashtiradilar.[1] Aruz she’riy tizimi haqidagi ma’lumot 
yuqori sinf darsligida uchraydi. “O‘zbek mumtoz she’riyatini asosan, aruz vaznida 
yozilgan she’rlar tashkil etadi. Aruz vazni hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga 
asoslanadi. Misra va baytlarda cho‘ziq va qisqa hijolarning o‘zaro mutanosib ravishda 
takrorlanib kelishi o‘ziga xos musiqiylikni ta’minlaydi. Shuning uchun ham aruz 
vaznida yozilgan she’rlar (g‘azal, masnaviy, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas 
va hokazo)da ohangdorlik juda kuchli bo‘ladi”.[1] 
Bundan keyingi darsliklarda aruz vazniga oid nazariy tushunchalar alohida 
mavzu doirasida berilmaydi. Biroq aruz vaznida yozilgan asarlarni o‘rganish davomida 
vazn bilan bog‘liq turli nazariy bilimlar o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga 


821 
olingan holda berib boriladi. Masalan 8-sinfdan o‘rin olgan Yusuf Xos Hojibning 
“Qutadg‘u bilig” dostoni aruz she’riy tizimi asosida yaratilgan. She’riyatimizga 
taxminan X asrda kirib kelgan ushbu she’riy sistema asta-sekinlik bilan o‘zlashtirila 
borib, XIV asrga kelib asosiy she’riy o‘lchovga aylandi. Shundan so‘ng, aruz XX asr 
boshlarigacha adabiyotimizda keng qo‘llandi, zamonaviy she’riyatimizda ham ushbu 
she’riy tizimda ko‘plab asarlar yaratilmoqda.[2] Aruz she’riy o‘lchovi misralar cho‘ziq 
va qisqa bo‘g‘inlarning muayyan tartibda takrorlanishiga asoslanadi. Qisqa unli bilan 
tugallanuvchi ochiq bo‘g‘in – qisqa bo‘g‘in, cho‘ziq unli bilan tugagan va o‘z tarkibiga 
qisqa unlini olgan yopiq bo‘g‘inlar cho‘ziq bo‘g‘in hisoblanadi. Paradigmada qisqa 
bo‘g‘inlar “V”, cho‘ziq bo‘g‘inlar esa, “-” bilan belgilanadi. Bo‘g‘inlarning qisqa-
cho‘ziqligi misralardagi so‘zlar, bo‘g‘inlarning yozilishiga ko‘ra emas, balki ifodali 
o‘qilgandagi talaffuziga qarab belgilanadi. Jumladan, “Qutadg‘u bilig” dostonidan 
olingan: 
Kishi tug‘di, o‘ldi, so‘zi qoldi, ko‘r, 
O‘zi bordi yanglug‘ oti qoldi, ko‘r, - 
misralardagi bo‘g‘inlarni vazniga moslab o‘qib, yuqoridagi belgilar bilan 
belgilasak: 
V - - V - - V - - V – 
V - - V - - V - - V – 
tarzidagi chizma hosil bo‘ladi. Ushbu shaklda aruz tizimi xususiyatlari yorqin 
aks etadi. Ya’ni e’tibor qilsangiz, misralarda qisqa va cho‘ziq bo‘g‘inlar ma’lum 
tartib bilan kelayotganini ko‘rasiz. Demak, dostondagi har qaysi misrada 11 tadan 
bo‘g‘in bo‘lib, ular to‘rttadan-to‘rttadan guruhlanadi. Oxirgi guruhi ikki bo‘g‘inlik 
bo‘lib, boshqa barchasi uch bo‘g‘inlikdir. Mana shu xil takror dostonning o‘qilishida 
o‘ziga xos ohangni yuzaga keltiradi. Bu ohangni yanada aniq qilib: 
Fauvlun fauvlun fauvlun faal 
Fauvlun fauvlun fauvlun faal 
so‘zlari bilan ifodalash mumkin. Barcha misralarni mana shu ohangga 
uyg‘unlashtirib o‘qish lozim. Shundan so‘ng, asardan tanlangan parchalar ifodali 
o‘qiladi. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq ” asari o‘rganilar ekan, o‘qituvchi 


822 
mazkur asar ham aruz she’riy sistemasida yaratilganini ta’kidlab, undagi to‘rtliklar 
mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilganiga o‘quvchilar diqqatini qaratadi. 
Asardan olingan parcha va uning paradigmasini ular e’tiboriga havola etadi: 
Baholik / dinor ul / biliklik / kishi, 
V - - V - - V - - V – 
Bu johil biliksiz bahosiz bishi. 
V - - V - - V - - V – 
“Qutadg‘u bilig” kabi bu asarda ham cho‘zib o‘qiladigan bo‘g‘inlar juda kam. Ammo 
ba’zi o‘rinlarda qo‘shilib o‘qilishi lozim bo‘lgan so‘zlarga duch kelamiz. 
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari ham aruz vaznida yozilgan bo‘lib bu dostonda 
ham turkona uslub qo‘llanilgani tufayli ancha misralarda qo‘sh undosh bilan bitgan 
bo‘g‘inlar bir cho‘ziq bo‘g‘in hisobida o‘qiladi. Masalan, ko‘rkka, arslon, ko‘rklu 
so‘zlari 
uch 
bo‘g‘in 
emas, 
ikki 
bo‘g‘inli 
so‘z 
sifatida 
o‘qiladi. 
Dostonda cho‘zib o‘qilishi lozim bo‘lgan o‘ta cho‘ziq bo‘g‘inlar ham anchagina. 
Shuningdek, bir qator o‘rinlarda so‘zlarni qo‘shib o‘qish – vasl hodisasi ham uchraydi. 
Masalan, 
“Avvalg‘i 
noma”dagi 
baytlarga 
diqqat 
qarataylik: 
Ayo ko‘rk+ichra odam podshohi, 
Jahon tutgan sening husning sipohi. 
Ko‘ngul shirin so‘zungg‘a bo‘ldi Farhod, 
Ko‘zung Kashmir jodusig‘a ustod. 
Birinchi mirsa tarkibidagi “ko’rk”ning “k” harfi vasl hodisasi tufayli “ich” 
ga qo‘shilib talaffuz qilinadi. Ta’kidlab ko‘rsatilayotgan harflar bilan bitilgan 
bo‘g‘inlar esa vazn taqozosiga ko‘ra o‘ta cho‘ziq sanalib, bir cho‘ziq va bir qisqa hijo 
sifatida talaffuz etiladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, adabiyot darsida aruzni o‘rganish ahamiyatli 
hisoblanadi. Bu darslarning sifatini, o‘quvchilarning bilim ko‘nikmasini oshiradi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет