42
avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga o`tib, uzuq davrlar mobaynida sayqallashib
brogan. Shu sababdan ham xalq og`zaki ijodining bir qator go`zal namunalarini
qadimgi yozma manbalarda, tarixiy qo`lyozmalarda, qoyatoshlarda, tarixchi va
yozuvchilarning asarlarida, arxeologiya yodgorliklarida uchratish mumkin. Inson
nutqining shakllanishi ya`ni tillarning yuzaga kelishi bilan kishilik badiiy
tafakkurining turli shakllarini o`z ichiga olgan, qadimgi davrlardan to hozirgi
zamonga qadar odamalarning diniy e`tiqodlari va mifologik qarashlarini, ilk bilim va
ko`nikmalarining mazmun-mohiyatini o`zida aks ettiradigan folklyor na`munalari,
xususan, maqol, matal, afsona, rivoyat, hikmatli so`z va iboralar, ibratli voqealar,
diniy va muqaddas kitoblar mazmunini o`zida jamlagan, hadis va oyatlarning
muborak ma`nolarini anglatuvchi lingvo-didaktik birliklar yuzaga keldi va bugungi
kunga qadar o`z go`zalligini va mazmunini saqlagan holatda yetib keldi. Yuqoridagi
folklyor birliklar ichida maqollar o`zining ma`no va mazmundorligi, ta`sir kuchining
yuqoriligi, eslab qolish uchun osonligi, turli millatlarning madaniyatini o`zida
mujassam etganligi bilan ahamiyatga molikdir.
Достарыңызбен бөлісу: