ФИО автора: Tursunaliyeva Mavludaxon Dilmurodjon qizi
Qo'qon davlat pedagogika instituti II bosqich magistranti
Название публикации: «O’SMIRLAR O’RTASIDA HUQUQBUZARLIKNI
OLDINI OLISHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TA’SIR KO’RSATISHNING
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’smirlar o’rtasida huquqbuzarlikni oldini olishda
pedagogik-psixologik ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlari,o’smirlar orasida
jinoyatchilikning kelib chiqish va oldini olishda profilaktik yondashuvlar yoritib
berilgan.
Kalit so'zlar: pedagogik ta’sir etish, huquqbuzarlik,kasbiy pedagogika
profilaktika, ijtimoiy faoliyat, o’smirlik.
Har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishda shaxsga psixologik-pedagogik
ta’sir etilmas ekan, tarbiyaviy shlarda samaradorlik bo’lmaydi. Shaxslarga pedagogik
ta’sir etish usullaridan asosiy maqsad – tarbiyalanayotgan shaxslarga yakka tartibda
pedagogik ta’sir etish orqali ularni jamiyat uchun foydali ishga jalb qilish. Psixologik-
pedagogik ta’sir etish – mavjud tarbiyaviy usullar yig’indisi emas, balki tarbiyachining
tarbiyalanuvchi ongiga ijobiy ta’siri, muomalasi va murojaatidir[1]. Har bir shaxsga
psixologik-pedagogik ta’sir etishning o’z maqsadi bo’lib, unga erishish uchun barcha
mavjud chora-tadbirlar ko’riladi. Shaxslarga yakka tartibda psixologik-pedagogik
ta’sir etishda har doim ham ijobiylik bo’laveradi, deb ayta olmaymiz. Chunki ba’zi bir
shaxslarda salbiy jihatlar ustun bo’ladi, masalan, janjal chiqarishga moyillik,
boshqalarni tushunishni xohlamaslik va hokazo. Yakka tartibdagi huquqbuzarlikning
oldini olish quroli tarbiya usullaridir.Tarbiya usullaridan eng ko’p tarqalgani mehnat
qilishga undash bo’lib, u mehnatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Mehnat qilish
esa jinoyatning oldini olishning o’ziga xos usuli. Bundan barcha huquqbuzarliklarning
boshida bekorchilik turadi, deb xulosa qilishimiz mumkin. Shuning uchun ham yakka
tartibda huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlarining xodimlaridan
bosiqlik, bardoshlilik talab qilinadi.
33
Yakka tartibda huquqbuzarlikning oldini olishdagi eng qiyin jarayon bu –
psixologik tarbiyaviy ta’sir etish usullarini tanlash. Chunki har qanday yakka tartibda
tarbiyaviy ta’sir etish o’ziga xos tarbiya usullarini qo’llashni talab qiladi[2.1. 32-bet].
Tarbiyaviy ishlarni olib borishda pedagog nazariyachilar ilmiy kuzatishlarining ham
o’z o’rni bor, masalan, amaliyotdagi tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi ichki ishlar
organlarining xodimlari qo’llamayotgan usullarni nazariyachilar aniqlashlari va organ
xodimlariga o’sha usullarni qo’llab ko’rishni tavsiya etishlari mumkin.
Tarbiya tizimida ichki ishlar organlari xodimlarining pedagogik faoliyatini
quyidagilarga bo’lib o’rganilsa, to’g’ri deb o’ylaymiz, ya’ni:
1) shaxslarning psixikasiga og’zaki, yozma va texnik vositalar orqali ta’sir etish;
2) shaxslarning intellektual darajasi va uni rivojlantirishga pedagogik faoliyatni
yo’naltirish;
3) shaxslarning xatti-harakatida tarbiyaga bo’ysuna bilish yoki bo’ysuna olmaslik
harakatlarini ham o’rganib borish[6.1. 19-bet].
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Voyaga yetmaganlar ishlari
bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida»gi (2000 yil 27 sentyabr)
qarorida yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o’rtasida
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo’lgan o’zini o’zi
boshqarish organlari, o’quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar o’z
faoliyatini deyarli to’xtatib qo’yganligi[7.], ta’kidlab o’tiladi. Lekin o’zlarining
ishlariga mas’uliyat bilan qarayotgan, burchlarini vijdonan ado etayotgan, o’zlarining
faoliyatida, ya’ni voyaga yetmagan yoshlarning ongi, tafakkurini shakllantirish,
yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda huquqiy savodxonligini oshirishda
ma’naviy va ma’rifiy ishlarni jonlantirayotgan ichki ishlar organlarining xodimlari
ham kam emas. Bunday tadbirlarning o’zi yetarli emas, deb o’ylaymiz. Buning uchun
esa o’zaro hamkorlik kerak bo’ladi, masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat”
kengashi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, “Sog’lom avlod uchun”, “Kamolot”
jamg’armalari, o’zini o’zi boshqarish organlari bilan bog’lanish kerak bo’ladi. Ichki
34
ishlar organlarining xodimlari yoshlar, o’smirlarni tarbiyalash va o’qitish ishlarining
qanday amalga oshirilayotgani ustidan nazoratni kuchaytirsalargina o’zaro hamkorlik
jarayonining
samarasi va dolzarbligi yo’qolmaydi.
Yakka tartibda huquqbuzarlikning oldini olishda va shaxslarga psixologik-
pedagogik ta’sir etishda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy jihatdan bunday
tarbiyaviy faoliyatga tayyor emasliklari ham ularning tarbiyaviy ta’sir etish usullaridan
to’la foydala olmasliklariga sabab bo’ladi. Bunday hol iloji boricha takrorlanmasligi
kerak, agar yana takrorlansa, keyingi safar tashkil etiladigan tarbiyaviy profilaktik
tadbirga fuqarolar kelmasliklari ham mumkin yoki kelganlarida ham ijobiy emas, balki
salbiy fikr bilan qaytib ketadilar, o’zlarida tarbiyaning hech qanday ta’sir kuchini
sezmaydilar.Bunday paytda tarbiyachi shaxs quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:
bilimli bo’lish, notiqlik san’atini mukammal egallagan bo’lishi (auditoriyani o’ziga
jalb qila olishi), hayotiy amaliy tajribaga ega bo’lishi, auditoriyaning kayfiyatini tez
ilg’ay olishi.Yakka tartibdagi profilaktik tarbiyaviy ishlarni olib borishda kuzatish
usuli juda qo’l keladi, chunki birinchi uchrashganlarida u doimo o’ziga xos, hech kim
bilan tenglashtirib bo’lmaydigan shaxsdek tuyuladi[3. 184-bet]. Ichki ishlar
organlarining xodimlari profilaktik tarbiyaviy ishlarni olib borishda ana shunday
to’siqlarni yo’q qila olish san’atini egallaganliklari bilan ham ajralib turishlari lozim.
Birinchidan, profilaktik tarbiyaviy ishlarni olib borishda obyekt bilan subyekt o’rtasida
to’g’ridan-to’g’ri tarbiyaviy ta’sir etish ishlari olib boriladi, bunda dastlab, tarbiyaviy
jarayon ataylab olib borilmayotgandek tuyuladi, lekin har qanday uchrashuv va
tadbirning asosida o’ziga xos tarbiya, ta’sir etish hamda uning elementlari mavjud
bo’ladi.
Jinoyatlarning oldini olish ishlari ikki tomonlama – umumijtimoiy hamda
kriminologik, ya’ni maxsus tashkil etilgan tadbirlar orqali olib boriladi. Yakka
tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda va shaxslarga psixologik- pedagogik
ta’sir etishda tarbiya obyekti doimo shaxslar, ularning ongi, psixologiyasi, sezgisi va
axloqi bo’ladi, boshqacha aytganda, ichki ishlar organlari xodimlarining tarbiya
35
obyekti alohida shaxslar, bir guruh shaxslar, mehnat jamoalari, oilalar bo’lishi
mumkin. Shu o’rinda aytish mumkinki, qadim- qadimdan tarbiyachilar o’rtasida
tarbiyaviy ish olib bormoqchi bo’lsang, eng avvalo, kimga tarbiyaviy ta’sir etasan –
o’shani bilishing kerak, degan fikr bejiz aytilmagan.
O’tkazilgan profilaktik tadbirlarning natijalarini, birinchidan, shaxsning ijtimoiy
turmushida ijobiy o’zgarishlarning yuzaga kelishida; ikkinchidan, uning ijtimoiy
faolligida; uchinchidan, shaxsning o’zi doimo faol bo’lib, boshqalarni ham faolikka
jalb etishida ko’rishimiz mumkin. Yakka tartibda huquqbuzarlikning oldini olishda
huquqiy bilimlar va umuman, huquqning o’rni o’zgacha. Masalan, jinoyatlar sodir
etilishining oldini olishda huquq normalarini amaliyotda to’g’ri qo’llay olish nihoyatda
muhim hisoblanadi, chunki huquq normalarini amaliyotda to’g’ri qo’llay olish tufayli
shaxslarning axloqida ijobiylik yuzaga keladi. Bunday ijobiylik shaxsning jinoyat
sodir qilishi yoki huquq normalarini buzishining oldini oladi. Hatto boshqalardan ham
jinoyat yoki huquqbuzarlikni sodir etmaslikni talab qilish darajasigacha yetadi. “Har
qanday aqlli odam kasalni tuzatishdan avval, kasal bo’lmaslikning harakatini
qiladi”,degan mashhur hikmat jinoyatga qarshi kurashgandan ko’ra, sodir etilishi
mumkin bo’lgan jinoyatning oldini olgan yaxshi, degan fikrni tasdiqlaydi. Huquq
normalari ijtimoiy faoliyatimizni tartibga solish bilan birga, u shaxslarni har qanday
boshqa salbiy oqibatlardan ham himoya qiladi. Bu jamiyat rivojida o’ziga xos o’rin
egallaydi, masalan, jinoiy jazoni o’tayotgan shaxslar, nafaqat aynan sodir etgan
jinoyatlari uchun jazosini o’tayapmiz, deb o’ylaydilar, shuningdek, ular boshqa jinoyat
sodir etmaslik, uni sodir etgan shaxsning qilmishi aslo kechirilmasligini ham anglab
yetadilar. Jinoyat sodir etilishi va huquqbuzarlikning oldini olishda, nafaqat jinoyat
huquqi, shuningdek, ma’muriy huquq, fuqarolik huquqi, intizom choralari turlaridan
ham keng foydalaniladi[2. 2. 98-bet].
Huquqbuzarlikning oldini olishda amaldagi qonunlarning tarbiyaviy ahamiyati
ham o’ziga xoslikni yuzaga keltiradi. Huquqiy bilimlarning shaxs ongiga ijobiy ta’sir
etishi, bunday ijobiy ta’sir etishning natijalarini, ya’ni qonunga hurmat va shaxslarda
qonunni buzmaslikning odat tusiga aylanganligida ko’rishimiz mumkin. Shaxs xizmat
faoliyatining ahamiyatini oshirish va ko’rsatishda huquq normalarining bugungi
36
kundagi ta’siri, jinoyatning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini
aniqlash hamda ochib berish - doim eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Yakka tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini olish haqida Yu. V. Soloponovning
fikriga qo’shilamiz, chunki uning fikri hayotdan olingan, ya’ni shaxsning
sudlanganligi – bu uning uchun o’ziga xos sinov muddati hisoblanadi, chunki shaxs
jazoni o’tab, o’zini erkin hayotga moslashganligini ko’rsata bilishi kerak[5.1.28-bet].
Bu fikr esa shaxsga ta’sir etishda o’ziga xos yakka tartibdagi profilaktika hisoblanadi.
Ichki ishlar organlarining xodimlari, ayniqsa, profilaktika nozirlari profilaktik
ishlarni jinoyat huquqi qonunlariga suyangan holda olib boradilar. Profilaktika
vakillari jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash usullarini tanlaydilar va
tartibga soladilar. Shaxslarning sodir etadigan yakka tartibdagi huquqbuzarliklarining
oldini olishda ma’muriy javobgarlik, ya’ni aybdorning ishini o’rtoqlik sudiga berish,
jarima to’latish kabilar ham muhim hisoblanadi. Balog’at yoshiga yetmagan
shaxslarning sodir etgan jinoyatlarini o’rganib, tahlil qilib, bunday shaxslarning
huquqiy ongiga ijobiy ta’sir qilish yo’llarini izlash davr talabi bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston Respublikasida “Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar”
ning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat: voyaga yetmaganlarning huquq va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning nazoratsiz, qarovsiz qolishi hamda ular
o’rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari,
shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini amalga oshirish; davlat
idoralari, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlarining voyaga
yetmaganlarning nazoratsiz qolishi va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari
yuzasidan faoliyatini muvofiqlashtirish[6.2. 27-bet].
Yuqorida to’xtalib o’tganimizdek, yakka tartibdagi huquqbuzarliklarning oldini
olishda ma’muriy huquq normalari o’ziga xos o’rin tutadi, bunda shaxslarni ma’muriy
ogohlantirish va jazolash usullari muhim hisoblanadi. Eng asosiysi – shaxslarga
ma’muriy-huquqiy normalarni qo’llash orqali ichkilikbozlikka, tekinxo’rlikka,
shuningdek, jamoat tartibini saqlash va residiv jinoyatchilikka qarshi to’la ma’nodagi
kurash tadbirlarini amalga oshirish mumkin.
37
Shaxslarga nisbatan ma’muriy jazoni qo’llashning o’zi ularni har bir ishni
kelgusida o’ylab qilishga majbur etadi. Shaxsga nisbatan ma’muriy jazo
qo’llanilganidan keyin, u yana jinoyat sodir etsa, endi ma’muriy jazo emas, balki
undan qattiqroq jazo qo’llaniladi. Qattiq jazoning qo’llanishi shaxs o’zining axloqini
tuzatmaganidan, qilmishidan xulosa chiqarmaganidan dalolat beradi. Ma’muriy jazoni
tayinlashning xavfli tomoni shundaki, jazolangan shaxs to’g’ri xulosa chiqarmay,
kelgusida katta jinoyatlarning kelib chiqishiga ham sababchi bo’lishi mumkin. Yoshlar
yakka tartibda sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishda ularni
mehnatsevarlik, sabr-toqat, sabot-matonat, do’stlik va birdamlik ruhida tarbiyalash
juda muhim bo’lib, bu oila baxti hamda bola kelajagining mustahkam zaminidir.
Shuning uchun ham har bir ota-ona o’z farzandini yoshligidan o’ziga mos ishlarga jalb
qilishlari lozim. Ota-ona bolasining ishini ko’rib, uning qilgan mehnati oila uchun
qanchalik foydali ekanligiga baho bersa, – deb yozadi M. Vosiqova, – bolani mehnat
qilishga qiziqtiradi, bu ham rag’batlantirish, ham pedagogikada tarbiyaning bir turi
hisoblanadi[5.2.34-bet]. Ba’zi ota-onalar tarbiyada o’ta qattiqqo’llikni qo’llab,
farzandlariga yaxshi tarbiya bermoqchi bo’ladilar. Bu usul bilan ham bolalarni
tarbiyalash to’g’ri emas, chunki bunday tarbiyalangan bolalar ota-onalarining mehri va
erkinlikni sezmasliklari sababli, ko’pincha qo’pol muomalali va chehrasida kulgi
bo’lmay, bemehr bo’lib yetishadilar, bolalarning bunday holatlari bilan jinoyatning
o’rtasi bir qadamni tashkil etadi.
Ichki ishlar organlari faoliyatida tarbiya jarayonining o’ziga xos qonuniyatlari
mavjud. Ichki ishlar organlarining xodimlari o’zlarining jamoat tartibini saqlash
faoliyatini tashkil qilishda mahoratli, tajribali pedagoglarning yordami va tajribasiga
muhtojdirlar. Ichki ishlar organlarining xodimlari yakka tartibdagi profilaktik
tadbirlardan tashqari, maktabda, bog’chada, bolalar uylarida ham o’ziga xos
pedagogik- profilaktik yo’nalishdagi tadbirlarni olib boradilar. Masalan, profilaktika
vakillarining faoliyatini olib ko’raylik. Ular nafaqat o’zlarining ma’muriy
hududlaridagi fuqarolarning yoshini, millatini, qiziqishini, hayot tajribasini, balki
ularning bilim saviyasi va tarbiyalanganlik darajasini ham o’rganishlari zarur. Yakka
tartibdagi tarbiyaviy profilaktik ishlarni olib borish doimo o’z samarasini beradi, deb
38
ayta olmaymiz, chunki tarbiya obyektining xususiyatiga, tarbiyalanish darajasiga
ko’ra ham, bu ishlar har xil bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, tarbiyasi og’ir, hayot
tajribasi faqat salbiy oqibatlar bilan to’la shaxslar ham jamiyatimizda yetarli, shuning
uchun ham bunday shaxslarni qayta tarbiyalash birinchi marotaba tarbiyalanishdan
bir necha bor qiyin jarayon hisoblanadi. Shuning uchun ham tarbiya faqat qonunlarga,
normativ hujjatlarga suyangan va asoslangan holda olib boriladi, deyish butunlay
to’g’ri emas, chunki bu jarayon shaxs va uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgani uchun
bu yerda, albatta, pedagogik va psixologik nuqtai nazardan shaxsga ta’sir etuvchi turli
an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini ta’kidlab o’tish kerak. Ichki ishlar organlari
xodimlarini kasbiy pedagogik jihatdan tayyorlash borasida, nafaqat pedagogika oliy
o’quv yurtlarida yoki Ichki ishlar vazirligiga qarashli o’quv yurtlaridagi kasbiy
pedagogika fanining o’qitilishini yetarli deb hisoblamasligimiz kerak,
aksincha, xodimlar boshqa shaxslarni tarbiyalash bilan birga o’zlari ham tarbiyalanib,
boshqalarga axloqan o’rnak bo’lishlari ham kerak.
Jamoat tartibini saqlash pedagogikasi ham o’ziga xos prinsiplarga ega, bu
prinsiplar doimo bo’lgan va bundan keyin ham mavjud bo’ladi. Bular – gumonlilik,
obyektivlik, to’g’riso’zlik, maqsadga intila olish, reja asosida tarbiyaviy ishlarni olib
borish, masalaga alohida-alohida va yakka tartibda yondashish, ishonch, qat’iyatlik
asosida talab qilish, yaxshilik qila olish, ishbilarmonlik va hokazo[4. 92-bet]. Jamoat
tartibini saqlash pedagogikasining yana bir o’ziga xos tomoni shunday iboratki, bu –
har xil toifadagi shaxslarning qiziqishlarini bir yo’nalishga qarata olish, shaxslarning
talablarini o’rganish, shaxslarning faoliyati va ularning ishlab chiqarish jamoalarida
tarbiyaviy faoliyatni to’g’ri yo’naltira olish, ya’ni jamoada va yashash joyidagi
tarbiyaviy ishlardan xabardor bo’lib turish. Shunday qilib, tarbiya an’analarimizga,
hayot tajribalariga, ilmiylikka, eng asosiysi – pedagogika va psixologiyaning eng
so’nggi yutuqlariga asoslangan holda olib boriladi. Ko’pincha, tarbiyaviy-profilaktik
ishlarga yakka holda yondashishda organ xodimining shaxsan tanishishi,
suhbatlashishini tushunamiz, ba’zi bir vaqtlarda esa tarbiyalanayotgan shaxsning
psixologik- fiziologik xususiyatlari ham bizni qiziqtirishi mumkin.
39
Jinoyatning oldini olish pedagogika, psixologiya fanlari, ayniqsa, kasbiy
pedagogika bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham I. Ismoilovning “Jinoyatlarning
oldini olishda dastlabki faoliyat – bu shaxsda hali endigina jamiyatga zid bo’lgan
salbiy yo’nalish kurtaklari shaklanayotgan davrda, shaxsning umuminsoniy, axloqiy
me’yorlardan chetga chiqishining boshlanish vaqtida amalga oshiriladi”,[8.117-bet]
degan fikriga to’la qo’shilamiz va me’yorlardan chetga chiqishning oldini olish
pedagogika fanining dolzarb vazifasilaridan biri hisoblanadi. O’smirlar orasida
bunday holatlarni olishda avvalo oila,mahalla,maktab hamkorligini to’g’ri yo’lga
qo’yish
lozim.Chunki
tarbiya
uzoq
davom
etadigan,izchillik
asosida
shakllantiriladigan jarayon hisoblanadi.O’smirlar orasida huquqbuzarlik va
axloqsizlik,ommaviy madaniyatning illatlari va zararli ta’sirlarini oldini olishda avvalo
samarali
psixologik
yondashuvlardan
foydalanish,seminar,treninglar
tashkil
qilish,o’smirlik davrida yoshlarni tushunish,qo’llab-quvvatlash,o’tish davrida ularga
ham ruhiy,ham ma’naviy yordam berish zarur.
Достарыңызбен бөлісу: |