Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет127/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Используемая литература: 
 
1. Асафьев Б., Бетховена (1827 - 1927), /Б. Асафьев/ в сб. : Бетховен. 1827 – 
1927 
2. Альшванг А., Людвиг ван Бетховен. Очерк жизни и творчества 
3. Кремлев Ю., Фортепианные сонаты Бетховена, /Ю. Кремлев/ М., 1953, 
1970; 
4. Фейнберг С. Е., Сонаты Бетховена, в сб. : Вопросы фортепианного 
исполнительства, /С. Е. Фейенберг/вып. 1, М., 1965, с. 128 - 141; 
5. Сорокер Я. Скрипичные сонаты Бетховена,их стиь и исполнение. Москва 
1963. 


361 
ФИО автора: Axmedova Iroda Sobirjon qizi 
Talaba, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 
O‘zbekiston, Toshkent 
Название публикации: «XX ASRNING BIRINCHI YARMIDA XITOYDA 
AYOLLAR ADABIYOTI TARAQQIYOTI» 
Annotatsiya: Mazkur maqola xitoy adabiyotining ajralmas va muhim qismi 
hisoblangan ayollar adabiyotining XX asr birinchi yarmidagi taraqqiyotiga 
bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘zlarining ijodi bilan mamlakat ijtimoiy-siyosiy va 
ma’naviy-madaniy hayotida muhim o‘rin egallagan, ham adabiy jarayonlarda, 
ham jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan Sie Bin Sin, Lu In, Din Lin, Syao Xun, 
Shi Pinmey, Sao Min, Lu Bicheng, Chjan Aylin kabi o‘nlab adibalar haqida so‘z 
boradi; ularning ijodida ko‘tarilgan muammolar va tasvirlangan voqeliklar uyg 
‘unligi o‘z aksini topadi. 
Kalit so‘zlar: Mao Szedun ideologiyasi, ayollar adabiyoti, Bin Sin, bolalar 
adabiyoti, “Yosh kitobxonlarga maktublar”, kundaliklar, Chjan Aylin. 
Ayollar ijodi Xitoy adabiy jarayonning ajralmas, uzviy bir qismi hisoblanadi. 
Xitoyda ayollar adabiyotining paydo bo‘lishi juda qadim davrlarga borib taqaladi 
va taraqqiyot nuqtai nazaridan katta davrni qamrab oladi. Qadimiy tamaddun 
o‘chog‘i hisoblangan Xitoy davlati o‘z tarixiy taraqqiyoti mobaynida juda ko‘plab 
tahlikali, ziddiyatli siyosiy jarayonlarni boshidan kechirdi. Ayniqsa, XX asr turli 
inqiloblar, siyosiy talotumlar davri bo‘ldi. Ayollar adabiyoti ham davr bilan 
hamnafas tarzda rivoj topdi. Bugungi kunga kelib Xitoyda ayollar ijodkorlarning 
nomlari anonim qo‘llaniladigan qadimgi davrlardan tubdan farq qiluvchi ayollar 
adabiy muhiti shakllangan bir mamlakatga aylandi. “Ayollar adabiyoti” Xitoyda 
rasman adabiy termin sifatida qo‘llaniladi. Ayollar ijodi ulkan adabiy merosni 
tashkil qilib, bugungi kunga qadar uning turli qirralari dunyo sinologlari 
tomonidan o‘rganilib kelinmoqda. Mazkur tadqiqot doirasida fikr yuritmoqchi 
bo‘lgan davr haqida Y.A.Kupriyanova, L.Li, Chju Szin, Syun Szichen kabi 


362 
olimlarning ishlari bizning ishimizda bir qadar еngillik tug‘diradi. XX asrning 50-
70 yillari xitoy adabiyotida yangi bir davr boshlandi, deb baholashadi olimlar
61

Buning bir necha tub sabablari bor edi. Buni to‘g‘ri anglash bir oz ortga, xitoy 
xalqining XX asr boshidagi tarixga nazar tashlashni taqozo etadi. Mamlakat 
tarixida XX asrning boshlarida sodir bo‘lgan ikki yirik ijtimoiy-siyosiy voqea: 
Sinxay inqilobi
62
va “4-may harakati”
63
Xitoyda g‘arb liberal qarashlarining, 
falsafiy tafakkurining xitoy jamoatchilik fikriga ta’siri kuchaydi. Bu harakat 
a’zolarining asosiy maqsadi xitoyning an’anaviy madaniyati va g‘arb ilm-fan va 
madaniyatining eng ijobiy ilg‘or tajribalarini uyg‘unlashtirgan holda Yangi 
madaniyatni yaratish edi. 20-yillarning oxirlarida Mao Szedun adabiy ideologiyasi 
еtakchi ideologiyaga aylandi. 
Yangi xitoy adabiyotida “ayollar adabiyoti”ning alohida bir hodisa sifatida 
rivojlanishi aynan shu davrga to‘g‘ri kelib, bevosita Bin Sin冰心 va Din Lin丁玲
ijodiga bog‘liq. XX asr boshlarida mamlakatda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy 
hodisalar ayollarning feministik ruhdagi harakatlarining kuchayishiga sabab 
bo‘ldi. Natijada ko‘plab ayollar adabiyotga murojaat qildilar. Bu davrdagi yana bir 
muhim xususiyat shundaki, agar qadimgi xitoy adabiyotida she’riyatning mavqei 
yuksak bo‘lgan bo‘lsa, endi bu davrga kelib ayollarning nasriy asarlar yozish 
tajribalari kuzatila boshlandi.
1937-yilda Yaponiya bilan boshlanib ketgan urush harakatlari Xitoyni 
hududiy jihatdan bir necha qismga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. Natijada turli 
hududlarda turli boshqaruv tizimi shakllandi va bu hududlarda yashab ijod etgan 
yozuvchilarning bir xil muammolarga turlicha yondashuvi kuzatiladi. Urush bu 
davr adabiyotining еtakchi mavzusiga aylandi. 
61
Сзычен Х. История современной китайской литературы. – Москва, 2016. – c 1, 33. 
62
Sinxay inqilobi – 1911-1913 yillarda Xitoyda sodir bo‘lgan inqilob bo‘lib, bu hodisa tufayli manjurlarning 
Sin sulolsasi hukmronligiga barham berilib, Xitoy respublikasi (1911-1949) e’lon qilindi. 
63
“4-may harakati” – 1919 yilning may-iyun oylarida mamlakatda yoshlar tomonidan sodir etilgan ommaviy 
harakat bo‘lib, u yaponlar tomonidan ishg‘ol qilingan Shandun provinsiyasidagi sobiq germaniya 
konsessiyalarini Xitoyga qaytarib berish taklifini rad qilgan Parij tinchlik konferensiyasi qaroridan so‘ng 
yuzaga kelgan. 


363 
XX asrning 20-30-yillarida adabiyot sahnasiga Bin Sin, Lin Shuxua
64
, Lu In
65

Din Lin
66
, Syao Syun
67
, Shi Pinmey
68
kirib keldilar. Albatta, bu adibalarning ijodi 
har biri alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishga loyiq. Bunday adibalarning 
nomlarini yana ko‘plab keltirish mumkin. Bularning ijodi zamonaviy xitoy 
“ayollar adabiyoti”ga tamal toshi bo‘lib qo‘yildi. Mazkur maqola doirasida biz 
ulardan ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Agar ularning hayoti va ijodiga nazar 
tashlasak, ularning hayot yo‘lida o‘sha davr ijtimoiy muhitining ta’siri yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Ularning barchasi oliy ma’lumotli, aksariyati ziyoli va boy 
xonadonlarning farzandlari, xorijda tahsil olishgan, mamlakat hayotida faol 
ishtirok etishgan. Ammo siyosat qurboni bo‘lib “qayta tarbiyalash lagerlari”da 
jazo muddatlarini ham o‘tashgan. Bir so‘z bilan aytganda, davrning barcha 
qiyinchliklarini o‘z taqdirlarida kechirishgan. 
XX asrning birinchi yarmi ayollar adabiyotida o‘z ijodi bilan iz qoldirgan adiba 
Sie Bin Sin 谢冰心 (1900-1999). Adibaning haqiqiy ismi Sie Vanin 谢婉莹 
(taxallusi ma’nosi “Muz yurak”) 7 yoshidanoq badiiy ijod bilan shug‘ullangan. 
Pekindagi Amerika nasroniy qizlar maktabida, keyinchalik Yanszin universitetida 
tehsil olgan. Universitetni tamomlagach, Amerikada ingliz adabiyoti bo‘yicha 
bakalavr yo‘nalishida o‘qigan. Bin Sin nafaqat mohir nasr ustasi, balki jahon 
64
Lin Shuxua (1900-1999)- juda mashhur nasr ustasi bo‘lib, ijod bilan bir vaqtda Xitoyning nufuzli 
universitetlari va Londonda xitoy tili va adabiyotidan dars bergan. (Хун Чзыцэн. Творчество писателниц в 
книге: История современной китайской литературы. — Pekin, 1999. – b.355-365) 
65
Lu In (1898-1934) – Suan Shuy, Xuan In ismlari bilan mashhur bo‘lib, nasr va publitsistika sohasidagi 
muvafaqqiyatlari tufayli zamonaviy xitoy adabiyotining eng kuchli 18 ayol yozuvchisi ro‘yxatiga kiritilgan. 
(Хун Чзыцэн. Творчество писателниц в книге: История современной китайской литературы. — Pekin, 
1999. – b.355-365) 
66
Din Lin (1904-1986) — asli ismi Szyan Binchji – “Ona”, “Sangan daryosi uzra quyosh” romanlari, o‘nga 
yaqin hikoyalar to‘plami va qissalar muallifi. (Сюй Хуабин. Дин Лин Сяошо яньцзю. — Shanxay, 1990; 
Ейдлин Л. О китайской литературе наших дней. — Moskva, 1955; Насимова С. Психологозим личности 
героини произведения Дин Лин “Коровник”/”Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari: filologiya, falsafa, 
tarix, iqtisod va siyosat” XII Ilmiy amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2015 B.137-143; Насимова 
С. Проблематика и поетика рассказа Дин Лин “Менке”/“Sharqshunoslikning dolzarb masalalari” ilmiy 
to‘plami. —ToshDShI, 2005.) 
67
Syao Syun (1911-1942) - asli ismi Chjan Nayin xitoy realistik adabiyotining yirik namoyandasi. 
“Tashlandiq”, “Hayot va o‘lim maydoni” kabi asarlari va bir nechta hikoyalar to‘plami muallifi. (Go Yuybin, 
Syao Syun Pinchuan (Syao Syunning tanqidiy biografiyasi). - Pekin, 2009; Лебедева Н.А. Сяо Хун. Жизнь. 
Творчество. Судьба. Дальнаука, 1998). - 
68
Shi Pinmey (1902-1928) - o‘ta qisqa umr ko‘rishiga qaramay XX asr eng iste’dodli ijodkor ayollari 
to‘rtligiga kirgan. 


364 
adiblari (R.Tagor, H.Jubron) asarlarini xitoy tiliga o‘girgan mohir tarjimon ham 
edi.
69
Shu bilan birga turli universitetlarda pedagogik faoliyat olib borgan. Bin Sin 
o‘z ijodini kichik she’rlar yozish bilan boshlagan. Tabiat, hayot va o‘lim, baxt 
haqidagi tassavvurlar Bin Sin she’rlarining mavzular ko‘lamini tashkil etib, bular 
keyinchalik uning hikoyalarining ham mavzusiga aylandi.
70
Bin Sin xitoy bolalar 
adabiyotining ham yirik namoyandasi hisoblanadi. Uning “Yosh kitobxonlarga 
maktublar” turkum hikoyalarida xitoy klassik janri hisoblangan –“biszi” (qisqa 
qaydlar) va Yеvropa adabiyotiga xos sayohatchining kundaliklari uslubi 
uyg‘unlashgan tarzda namoyon bo‘ladi. Adiba bolalarning ichki dunyosi, ularning 
o‘y-xayollari, atrofdagi voqelikka qarashlarini, onalik baxti haqida chuqur va 
atroflicha tahlil qilishga harakat qiladi. Adiba ijodining bu jihatlari tanqidiy 
qarashlarga ham sabab bo‘lgan. Bir qator xitoylik adabiyotshunos tanqidchilar, 
xususan, Van Chjefu, Xuan In, Mao Dunlar uning ijodiga tanqidiy qaraydilar. Van 
Chjefu o‘zining “Xitoyda yangi adabiy harakat tarzi” asarida Bin Sin ijodiga baho 
berib: “Uning ishlari ilgarilab borayotgan jamiyat uchun eskicha, urfdan qolgan 
hisoblanadi”
71
deb yozadi. Tanqidchi adibani oilaviy, maishiy, maktab hayoti 
muammolari girdobida o‘ralashib qolgan, ijtimoiy voqelikka tanqidiy yondashuv 
yo‘q deb hisoblaydi. Munaqqid Xuan In esa, “Zamonaviy xitoy adibalari” asarida 
“U (Bin Sin), shubhasiz, ilk mashhur adibalarning va yangi adabiy harakatning 
tipik vakillari sirasiga kiradi... Ammo u tushungan narsalar quyidagilar: a) onalik 
mehri; b) okean; d) bolalik xotiralari, xolos” - deb baholaydi.
72
Xuan In ham adiba 
ijodida ijtimoiy muammolarning chuqur tahlili yo‘q, degan xulosani beradi va 
adibaning uslubida o‘tmishda qolib ketgan dekadentlik ruhidagi adabiyotning 
izlari bor deya tanqid qiladi.
73
Mao Dun Bin Sinda “voqelik” ideallashtiriladi va 
“och qorin” bilan inson uning asarlarini o‘qiganda xotirjamlik topa olmaydi, deb 
69
Воробева А. Творчество Бин Син Пут Востока. Общество. Политика. Религия. Материалы ХИ и ХИИ 
молодежной научной конференции по проблемам философии, религии и културы Востока – СПб: 
Санкт-Петербургское философское общество, 2009. – с 277-283. 
70
Захарова Н. Бин Син и детская литература современного Китая 
71
Чжэфу В. Чжунго синь веньсо юньдун ши. — Пекин, 1933. 
72
Ин Х. Сяньдай чжунго нюцзоцзя. — Шанхай, 1930. 
73
Ин Х. Сяньдай чжунго нюцзоцзя. — Шанхай, 1930. 


365 
yozadi. Mao Dun adiba ijodida chuqur ijtimoiy kontekst yo‘q, mistitsizmga 
moyillik kuchli deb baholaydi. Shuningdek, uning qahramonlari kuchsiz, o‘z 
muammolarini hal qila olmaydigan odamlar tarizida talqin qilingan, deb 
hisoblaydi.
74
Anglashiladiki, har uchala tanqidchi adiba asarlarida ijtimoiy 
tanqidning yo‘qligini kamchilik sifatida e’tirof etganlar. Bin Sin umrining 
oxirigacha o‘z ideallari, qarashlariga sodiq qoladi. U davr bilan hamnafas adiba 
edi. 75 yil mobaynidagi ijodida u doimo o‘z qarashlariga sodiq qoldi, sinfiy 
manfaatlar kuychisiga aylanmadi. Kichkina insonlar (bolalar), oiladagi kichik 
muammolar, onalarning o‘y iztiroblari, maktab hayoti singari mavzularni 
ko‘tarish orqali oddiy insonlarning turmush tarzi haqida haqqoniy manzaralar 
yarata oldi. 
Ikkinchi jahon urushi va o‘tgan asrning 40-yillaridagi Xitoydagi grajdanlar 
urushi mamlakatda tizim almashinuviga olib keldi. Tabiiyki, hukmron tizimning 
mafkurasi, eng avvalo, madaniyat, san’at va adabiyotga jiddiy ta’sir ko‘ratadi. 
Adabiyot hukumatning siyosiy quroliga aylandi. Turli adabiy harakatlar, 
yo‘nalishlar rivojlandi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘sha davr adabiy muhit manzarasini 
namoyon etadi. Xalq fojeasi, ziyolilarning urush paytidagi iztiroblari, urushning 
oddiy insonlar taqdiriga ta’siri kabi masalalarning qalamga olinishi badiiy 
jihatdan yuqori saviyadagi asarlarning ham yaratilishiga turtki bo‘ldi. XX asrning 
50-yillariga kelib, Mao Szedunning ideologiyasi butun mamlakat bo‘ylab hal 
qiluvchi kuchga aylandi. Bu ideologiyaning asosida adabiyotning ijtimoiy-siyosiy 
samaradorligini oshirish turardi. Bir so‘z bilan ifodalaganda, adabiyot sinfiy, 
siyosiy manfaatlarga xizmat qilishi, bo‘ysunishi lozim edi. Mazkur ideologiya har 
qanday ijod erkinligini taqiqlar edi. Natijada bu siyosatga qarshi bo‘lgan va uni 
qo‘llab quvvatlamagan ko‘plab ijodkorlar xorijga chiqib ketdilar. Aksariyat 
yozuvchilar tarjimalar bilan shug‘ullana boshladilar. Ayni shu yillari ham ayollar 
adabiyoti rivojlanishda to‘xtamadi. Aksincha, juda ko‘plab shoira va adibalar 
74
https://sanwen.ru/2012/05/10/bin-sin-zhizn-tvorchestvo-sudbal 


366 
adabiyot sahnasiga kirib keldilar. Sao Min
75
, Lu Bicheng
76
, Chjan Aylin va boshqa 
o‘nlab ijodkor shular jumlasidandir. XX asr Xitoy adabiyotida “eng iste’dodli” deb 
e’tirof etiladigan 4 nafar ijodkor ayol (Lu Bicheng, Shi Pingmey, Syao Syun) dan 
biri Chjan Aylin 张爱玲(1920-1995)dir. Chjan Aylin ijodining ayrim qirralari 
sinologlar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, Leo Li, Li Oufan, Nikol Xuan, Van Ani, 
Y.A. Kupriyanovalarning ishlari shular jumlasidandir. U o‘z ijodini 11yoshida 
boshlagan bo‘lsa-da, adibaga haqiqiy mashhurlikni uning Shanxayda yashagan 
davrlarda qilgan ijodi keltirdi. Siyosiy vaziyat tufayli adibaning hayoti goh 
Gonkongda, goh Shanhayda kechdi. U tomonidan nashr qilingan “Tashlandiq 
shahardagi muhabbat” 倾城之恋 romani, “Oltin kishanlar” 金锁记qissasi, 
“Kuygan zamindagi ishq” 赤地之恋, “G‘iybatlar” 流言 kabi qator asarlari adibaga 
misli ko‘rilmagan mashhurlik keltirdi. 1955-yilda Aylin mamlakatni tark etib 
AQShga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Muhojirlikda yashagan davrlarida Aylin 
xitoy adabiyotning mashhur namunalarini ingliz tiliga tarjima qildi. U nafaqat 
yozuvchi, pedagog, tarjimon, balki kinorejissyor sifatida ham mashhur. 
Shuningdek, uning asarlari asosida kinofilmlar ham ishlangan. 
Yuqorida nomlari zikr etilgan barcha adibalar XX asr birinchi yarmi 
zamonaviy xitoy adabiyotining shakllanishida o‘z ijodlari bilan beqiyos hissa 
qo‘shdilar. Ular yaratgan salmoqli adabiy merosni o‘rganish o‘zbek 
xitoyshunoslari oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, XX asr birinchi yarmi Xitoyda turli ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va adabiyot bu o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirgan muhim 
jabhaga aylandi. Adabiyotga yondashuvda esa ikki xil yo‘nalish shakllandi. Bir 
guruh yozuvchilar sinfiy manfaatlardan kelib chiqib adabiyotni mafkuraga xizmat 
qiluvchi qurolga aylantirgan bo‘lsalar, ikkinchi guruh yozuvchilar adabiyotni davr 
ko‘zgusi, voqelikni real in’ikos ettiruvchi qudratli bir kuch sifatidagi funksiyasini 
75
Sao Min (1910- ) - asli ismi U Syuanven- “Xavfli joy”, “Harakatlantiruvchi kuch”, “Lokomotiv”, “Shamol 
va to‘lqinlarga qarshi” kabi roman, ocherk va hikoyalar muallifi. 
76
Lyuy Bichen (1883-1943) - Xitoy tarixidagi birinchi ayol muharrir, Xitoyda ayollar huquqi uchun kurashgan 
jamoat arbobi, shoira. 


367 
namoyon etdilar. Lekin har ikkala guruh yozuvchilarida ham muhim bir jihat, 
badiiylik mezonlariga imkon qadar amal qilish, adabiyotni o‘ta hujjatlashtirib 
yubormaslik tamoyillariga amal qilganligi kuzatiladi. 
Bu davr adabiy muhitida ayol ijodkorlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘ldi. 
Davr bilan hamnafas bolgan adibalar ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan eng 
muhim voqealarga befarq qaramadilar, aksincha, barcha qiyinchiliklar ularning 
ham hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 
“Ayollar adabiyoti” namoyandalari tomonidan davrning dolzarb masalalarini aks 
ettiruvchi turli mavzudagi, turli janrdagi asarlar yaratildi, ayniqsa, hikoya va 
romanchilik borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Tarjima adabiyoti 
taraqqiy topdi. Bu davrda yaratilgan asarlarning aksariyatida adibalar o‘zlarining 
boshlaridan kechirgan, o‘zlari bevosita guvohi bo‘lgan voqealarni qalamga oldilar. 
Feministik ruhdagi nafaqat ijtimoiy-siyosiy hayotda, balki adabiyotda ham kuchli 
namoyon bo‘ldi. Ayol badiiy asarlarning asosiy qahramoniga aylandi. Uning 
taqdiri, o‘y kechinmalari, oiladagi o‘rni, huquqi va mavqei kabi muammolar tasviri 
еtakchi o‘ringa chiqdi. Adibalar uslubida an’anaviy adabiyot an’analari va jahon 
adabiyotidan qilingan tarjimalar tufayli kirib kelgan g‘arb yozuvchilarining 
tajribasi uyg‘unlashdi. Voqelikni realistik tasvirlash yo‘sini yеtakchilik qildi. XX 
asrning birini yarmidagi adabiyot o‘zidan keyingi davr adabiyoti uchun muhim 
poydevor va zamin qoldirdi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Хун Чзыцэн. Творчество писателниц в книге: История современной 
китайской литературы. — Pekin, 1999. 
2. Воробева А. Творчество Бин Син Пут Востока. Общество. Политика. 
Религия. Материалы ХИ и ХИИ молодежной научной конференции по 
проблемам философии, религии и културы Востока – СПб: Санкт-
Петербургское философское общество, 2009. 
3. Захарова Н. Бин Син и детская литература современного Китая. 2017. 


368 
4. Ин Х. Сяньдай чжунго нюцзоцзя. — Шанхай, 1930. 
5. Lijun Bi “Bing Xin: First female writer of Modern Chinese children’s 
literature” Australia, Monash University 2013. 
6. 郭敬明. 幻城/郭敬明. [Электронный ресурс] ‒ Режим доступа: 
https://www.kanunu8.com/book3/7431/
. ‒ Дата доступа: 18.04.2018. 
7. 樊发稼. 中国儿童文学发展史概述. /樊发稼. [Электронный ресурс] ‒ 
Режим доступа: 
http://www.chinawxbh.com/html/sekh/view9.html
. ‒ 
Дата доступа: 22.05.2019. 
8. 
https://sanwen.ru/2012/05/10/bin-sin-zhizn-tvorchestvo-sudbal


369 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет