Adabiyotlar:
1. Uzoqova G.S., Tursunov. Q. Sh., Qurbonov M. Fizika o’qitishning nazariy
asoslari.–T., O’zbekiston, 2008.
2. Azizxо‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.–T., 2006.
3. Yusupov A., Saidov T. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni qо‘llash.–T., 2006.
809
ФИО автора: Qurbonova Ra'noxon Tursunaliyevna,
Farg'ona viloyati, Quvasoy shahar kasb-hunar maktabi tarix fani o'qituvchisi
Название публикации: «TARIX FANINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY
METODLARI»
Annotatsiya: Ushbu ishda yangi o‘quv materialini o‘rgatishning zamonaviy
usullari borasida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so‘zlar: Analitik bayon, Syujetli hikoya, Tasviriy bayon, ma’naviy va
jismoniy qiyofas, dehqonlar qo’zg’oloni, xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti.
Tarixiy materialni muammoli va muammosiz bayon qilish jarayonida o’qituvchi
og’zaki nutqning: syujetli hikoya, tasviriy bayon, tarixiy hodisa va tarixiy shaxslarga
tavsif berish, qisqacha bayon, tushuntirish kabi har xil turlaridan foydalanadi.
Syujetli hikoya – ko’pincha dramatizm xususiyati bilan ajralib turgan, muayyan
tarixiy syujetga ega bo’lgan, his – tuyg’ularga ta’sir ko’rsatadigan, batafsil bayon
qilinadigan hikoyadir. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixidagi eng katta va dramatik
voqealar, masalan, Salamin jangi, Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni, Uot
Tayler boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni, Yan Gus, Janna d’ Arkning chiqishlari
va fojiali halokati, Konstantinopolning olinishi hikoya tarzida bayon qilinadi.
Syujetli hikoyada tarixiy voqealarning yorqin epizodlari, tafsilotlari bayon
qilinadi, shuningdek, bu voqealarning ishtirokchilari bo’lgan tarixiy shaxslarning
tavsifi beriladi. Dramalashtirish usuli, voqeada ishtirok etgan shxslarning dialog va
monologlarini kiritish syujetli hikoyada keng qo’llaniladi. Shu maqsadda tarixiy
arboblarning tarixiy hujjatlardagi ma’lumotlardan keng qo’llaniladi.
Tasviriy bayon – o’qituvchining tarixiy hodisalarni muhim xususiyatlari va
detallari bilan birga yaxlit, bir butun manzara ko’rinishida obrazli qilib
gavdalantirishidir. Tasviriy bayon syujetli hikoyaga o’xshaydi, lekin aniq – tarixiy
syujetga ega emasligi bilan undan farq qiladi. Tasviriy bayon kishilik jamiyatining
810
xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida ko’p marta takrorlanadigan tipik
hodisalarni ko’z oldiga keltirish, shuningdek, ayrim mamlakatlarning tabiati va
ulardagi xalqlarning ijtimoiy hayoti manzaralarini gavdalantirib berish uchun
qo’llaniladi.
Tasviriy bayon vaqtida madaniyat yodgorliklarining rasmlari texnik vositalar
yordamida slaydlar ko’rinishida yoki oddiy surat ko’rinishida ko’rsatilsa, o’quvchilar
quldorlar va oddiy kishilarning qanday sharoitda yashaganliklarini ravshan tushunib
oladilar, qadimgi dunyoning g’oyat ulug’ madaniy merosi bilan tanishadilar.
O’qituvchi o’z hikoyasida tarixiy hujjatlar va badiiy asarlar matnidan parchalar o’qib
bersa yoki ularni darslik matni bilan birga qo’shib gapirib bersa, uning hikoyasi obrazli,
aniq va emotsional bo’ladi. Materialning yorqin bayon etilishi o’quvchilarning
materialga diqqat – e’tiborini va qiziqishini oshirsada va ularning ijodiy tasavvurini
o’stirsada, lekin bu hali bilmlarning yaxshi o’zlashtirilishini hamma vaqt ham
ta’minlay olavermaydi. Shuning uchun o’qituvchi materialni bayon qilayotganda
o’quvchilarning bilim olish faolligini kuchaytiradigan, yuqorida qisman aytib o’tilgan
maxsus usullarni qo’llashi zarur bo’ladi.
Analitik bayon – o’rganiladigan hodisalarning asosiy elementlarini ularning
muhim belgilarini ajratib ko’rsatgan holda bayon qilishdir. Analitik bayon o’tmishdagi
ijtimoiy hayotning yaxlit manzaralarini yaratmaydi va shu jihati bilan tasviriy
bayondan farq qiladi. Analitik bayon VI – VII sinflardagi tarix darslarida biror
mamlakatning geografik muhiti, ijtimoiy munosabatlari, davlat tuzilishi ta’riflab
berilayotganda, turli davrlar va xalqlarning moddiy madaniyat yodgorliklari
(ko’pincha – bir – biriga taqqoslab) o’rganilayotganda qo’llaniladi. Ko’p hollarda,
masalan, Misr piramidalariga, gotik soborga xarakteristika berishda tasviriy bayon
bilan analitik bayonni bir – biridan ajratish qiyin bo’ladi. O’quvchilarning ishini
faollashtirish uchun analitik bayondan oldin o’quvchilarga mamlakat siyosiy
tuzumining sxemasini yoki urushning borishi sxemasini chizish, o’rganiladigan
hodisaning asosiy belgilarini ko’rsatish va shu hodisaga baho berish to’g’risida vazifa
topshirish ma’quldir. Tarixiy voqea yoki hodisaga ta’rif berganda shu voqea va
811
hodisaning eng muhim xususiyatlari ochib beriladi. Bu ta’rif, ko’pincha mavzuning bir
yoki bir necha darsda o’tilgan qismi yuzasidan chiqarilgan asosiy xulosalardan iborat
bo’ladi. Bunday ta’rif analitik bayonga o’xshasa ham lekin hodisaning asosiy
belgilarini ancha aniq ko’rsatib berishi va ko’proq darajada umumlashtirishi bilan
undan farq qiladi. O’qituvchi uzoq vaqt mobaynida davom etadigan jarayonlarni,
masalan, hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi va shaharlarning
paydo bo’lishi jarayonini, feodalizmning tushkunlikka tushishi va yemirila borishi
jarayonini, odatda butun mavzuga doir kirish darslari va yakunlovchi darslarda
umumlashtirgan holda, qisqacha ta’riflab o’tadi. Tarixiy arboblarga ta’rif berish – shu
arboblar faoliyatining sinfiy xarakterini hamda ularning shaxsiy xususiyatlarini ochib
berishda qo’llaniladigan o’qituvchi og’zaki bayonining alohida bir turidir. Tarixiy
arboblarga beriladigan ta’rif qanday asosiy talablarga javob berishi kerakligini
A.I.Strajev quyidagicha ifodalagan:
“1. Tarixiy arbob o’zi yashagan davr muhitida, shu shaxs o’z faoliyati va maslak
– qarashlari bilan o’zini namoyon qilgan tarixiy sharoit bilan chambarchas bog’langan
holda ko’rsatilishi kerak… 2. Tarixiy arbob qaysi sinf yoki sinfiy guruhning
manfaatlarini ifodalasa, o’sha sinf yoki sinfiy guruh bilan yaqindan bog’langan holda
ko’rsatilishi kerak; bu ishni tarixiy shaxsning o’z faoliyati, fikr – mulohazalari bilan
bog’lash lozim… 3. Tarixiy arbob “jonli shaxs” qilib ko’rsatilishi, uning individual
xususiyatlari, o’ziga xos ma’naviy va jismoniy qiyofasi ta’riflab berilishi kerak…”
Достарыңызбен бөлісу: |