Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Biologiya o'quv fanini o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish



Pdf көрінісі
бет273/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Biologiya o'quv fanini o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshirishga zamin tayyorlaydi: 
I. Axborot texnologiyalari biologiyani o'qitishda ko'zda tutiladigan ta'limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish imko nini beradigan o'quv 
materialini yig'ish, saralash, unga didaktik ishlov berish, tarqatish va ta'lim jarayonida 
foydalanishga zamin yaratadi. 
2. Har bir o'quvchida mavjud iqtidor, ehtiyoj, qiziqish va o'quv motivlariga mos 
holda tahsil olish trayektoriyasi, tempini belgilash, zarur hollarda axborot dasturlaridan 
takroran foydalanish imkonini beradi. 


814 
3. Biologiya darslarining strukturasini tubdan o'zgartiradi, darsning borishi, 
xarakteri, o'quvchilarning bilish faoliyatini obyekt-subyekt munosabatidan, subyekt-
subyekt munosabatiga, ya'ni o'quvchilar o'quv maqsadlariga erishish uchun pedagogik 
jarayonning faol ishtirokchisiga aylantiradi. 
4. O'quvchilarda mustaqil, ijodiy, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmalarini 
rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. 
5. O'quv yurtida amalga oshirish imkoni bo'lmagan hollar (kerakli jihozlar 
bo'lmagan, o'tkaziladigan tajribalar o'quvchilar sog'ligi uchun zararli, uzoq davom 
etadigan, ishlab chiqarish korxonalarining texnologiyalarini o'rganish)da tajribalarni 
virtual namoyish qilish imkonini beradi. 
6. O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirish, o'quvchilarning o'quv bilish 
faoliyatini faollashtirish va o'quv motivlarini orttirishga zamin tayyorlaydi. 
7. Ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini aniqlash maqsadida teskari aloqa, 
ya'ni qisqa muddat ichida o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va 
malakalarini aniqlash va baholash imkoniyati vujudga keladi. 
Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilarning 
oldidagi muhim vazifalardan biri o'quvchilarning fan asoslarini o'zlashtirishga bo'lgan 
qiziqishlarini orttirish, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish asnosida 
ularning barkamolligini ta'minlash sanaladi. Ushbu muammolarni hal etishda axborot 
texnologiyalarining mahsullari muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari 
mahsullaridan foydalanilgan darslar axborotlarga boy, ko'rgazmali, interfaol bo'lib, 
vaqtdan unumli foydalanish, har bir o'quvchining o'z tempi bo'yicha bilim olish, 
o'qituvchi esa, o'quvchiIar bilan tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan ta'limni 
amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi, shu bilan bir qatorda o'qitishda natijalarini 
nazorat qilish va baholash uchun zamin yaratadi. 


815 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет