Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет276/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Sarimsoqov I.B. «Badiiylik asoslari va mezonlari». – T.: 2004. 
2. Matjon Safo. Kitob o'qishni bilasizmi? - Т.: O‘qituvchi, 1993. 11-bet. 
3. Adizova I. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. - Toshkent: 2006. 


823 
ФИО автора: Buranova Umriya Davronovna, 
Buxoro viloyati, Vobkent tumani 1-son kasb-hunar maktabi matematika fani 
o‘qituvchisi 
Название публикации: «MATEMATIKA FANINI O‘QITISH JARAYONIGA 
TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI TATBIQ ETISH» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitish jarayoniga ta’lim 
texnologiyalarini tatbiq etish borasida ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va 
yakuniy natijaning kafolatlanishi, mavzular bo‘yicha ta’lim maqsadini aniq 
belgilashning abstraktsiya pog‘onalari. 
 
Fanlarni o‘qitish jarayoniga yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish shaxs 
kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‘z ustida ishlash, 
faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin 
yaratadi. Shu bois quyida xususiy fanlarni o‘qitish jarayonida (xususan, tabiiy fanlarni) 
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ularning bu boradagi ichki imkoniyatlarini 
ochib berish xususida gapiramiz. 
Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning 
kafolatlanishi o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va 
darsda ularni to‘g‘ri baholay olishiga bog‘liqdir. Har bir darsda ta’limning aniq 
maqsadi belgilanishi o‘qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri 
sanaladi. Bunda fan mavzulari bo‘yicha o‘qitishning tashxislanuvchi maqsadi 
aniqlanadi. Darhaqiqat, har qanday fan o‘zining paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab katta 
bilimlar hajmini to‘plagan va u yuqori tezlikda boyitib bormoqda. O‘qitish faqat 
zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatlariga mos 
holda ular hajmini miqdoriy o‘lchamga keltirish zarur. Har qanday fan bosqichma-
bosqich o‘rganish asosida rivojlanib boradi. Rivojlanishning uzluksiz jarayoni turli 


824 
fanlarda turlicha, hatto bir fan bo‘limlari o‘rtasida ham notekis kechadi. Shu bois o‘quv 
mavzulari bo‘yicha maqsadni aniq belgilash uchun abstraktsiya pog‘onalari va unga 
mos o‘quv unsurini bayon qilish foydalanish maqsadga muvofiq. 
Mavzular bo‘yicha ta’lim maqsadini aniq belgilashning abstraktsiya pog‘onalari: 
1. Ob’ektning xususiyat va sifatlari qayd etilib, o‘zlashtirish unsuri odatdagi tilda 
tushuntiriladi. 
2. Fan uchun xususiy bo‘lgan tushuncha, atama va qonuniyatlarni o‘zlashtirish 
unsurining tarkibini tashkil qilib, ilmiy tilda bayon etiladi. 
3. Fanga tegishli ma’lum hodisalar ularning sonli nazariyalari asosida tushuntiriladi. 
4. Tavsiflashning yuqori darajali umumlashmasidan foydalangan holda amalga 
oshirish bilan belgilanadi. 
O‘quv predmetining ilmiylik darajasi va bu parametrlar yordamida o‘quvchilar bilim 
sifatini baholash uchun koeffitsient kiritiladi. O‘quvchilar tomonidan o‘quv unsurini 
qay darajada o‘zlashtirish ularning faoliyatiga bog‘liq. Faoliyat ko‘rsatma vositasida 
yoki ko‘rsatmasiz mustaqil ravishda bajaraliadi. Mahsuldor faoliyat ma’lum pedagogik 
ko‘rsatmalar asosida tashkil etiladi, biroq bu yerda harakatlar ketma-ketligi, tartib 
qoidalari ayni vaziyatda yangilangan yoki hech kimga ma’lum bo‘lmagan usullar 
vositasida amalga oshadi. 
Yuqorida tilga olingan o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun munosib testlar 
ishlanishi kerak. Test – bu biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi 
bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Testning to‘g‘ri bajarilganligini o‘lchash 
va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi. 
Etalon yordamida test yechimiga olib keladigan jiddiy amallar sonini aniqlash qiyin 
emas. O‘quvchining javobi etalon bilan solishtirgach, testning sifatli bajarilganligi 
to‘g‘risida tegishli xulosaga kelinadi va to‘g‘ri yechilgan amallar yordamida 
o‘zlashtirish koeffitsienti aniqlanadi. Shunday qilib, pedagogik aylanmaga 
o‘quvchilarning tajribani o‘zlashtirish darajasi sifatini o‘zlashtirish koeffitsienti 


825 
yordamida aniq hisoblash metodikasini kiritish pedagogik texnologiyaning muhim 
tamoyillaridan birini ifodalashga imkon beradi. Bu ta’limning tugallanganlik 
tamoyilidir. Mazkur tamoyil maktabda o‘qitish jarayoni samarasiz kechishi 
muammolarning yechimi va yo‘nalishlarini izlab topish imkonini beradi. Didaktik 
masalalarning uchinchisi – “ta’lim mazmuni” yoki axborotlarning muayyan majmuasi 
bo‘lib, ular yordamida yosh avlodga umuminsoniy va milliy tajribalar uzatiladi. O‘quv 
yurtlarida o‘rganilayotgan fanlarning o‘zlashtirtish unsuri nihoyatda ko‘p, biroq har bir 
o‘quv yurti turiga qarab o‘zlashtirish unsurining soni cheklanadi. Ma’lumki, 
bilimlarning o‘quvchilar tomonidan egallanishi ularning xususiy o‘quv faoliyati 
natijasi tufayli ro‘y beradi. Har qanday o‘quv faoliyati umumiy loyiha bo‘icha quriladi 
va tuzatuvchi harakatlarni mujassamlashtiradi. Bu harakatlarni o‘quvchilar bevosita 
o‘qituvchi va darslik yordamida bajarishlari mumkin. O‘zlashtirish unsuri o‘quv 
harakatlarining alohida, o‘zlashtirishning ma’lum bosqichida namoyon bo‘ladi. 
Chunonchi, mo‘ljalli harakatning bajarilishi va o‘quv topshiriqlarining o‘zlashtirilishi 
quyidagicha ta’minlanadi: 
-o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan tayyor topshiriqlarning mohiyatini 
tushunib yetishlari; -ularning topshiriqlarni faol qabul qilishlari; -o‘quvchilarning 
mustaqil ravishda o‘quv topshiriqlarini bajarishlari; -ular tomonidan muayyan o‘quv 
topshiriqlarining mustaqil ravishda bajarilishi. O‘quv faoliyatining muhim 
tavsifnomalaridan biri – uning natijasidir. Yechimning ob’ektiv to‘g‘riligi, natijani 
olgunga qadar sodir etilgan harakat va qadamlar soni, vaqti sarfi, sub’ekt uchun 
faoliyatning muhimligi, uning yukunida o‘quvchining qanoatlanishi, sarflangan aqliy 
va jismoniy kuch hajmi va boshqalar o‘quv faoliyatinig samarali yukunini ko‘rsatuvchi 
omillar hisoblanadi. Demak, yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanganidek, 
matematika fanini o‘qitish jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda o‘quv 
fanining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olish muhim ahamiyatga ega. 


826 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет