821
olingan holda berib boriladi. Masalan 8-sinfdan o‘rin
olgan Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig” dostoni aruz she’riy tizimi asosida yaratilgan. She’riyatimizga
taxminan X asrda kirib kelgan ushbu she’riy sistema asta-sekinlik bilan o‘zlashtirila
borib, XIV asrga kelib asosiy she’riy o‘lchovga aylandi. Shundan so‘ng, aruz XX asr
boshlarigacha adabiyotimizda keng qo‘llandi, zamonaviy she’riyatimizda ham ushbu
she’riy tizimda ko‘plab asarlar yaratilmoqda.[2] Aruz she’riy o‘lchovi misralar cho‘ziq
va qisqa bo‘g‘inlarning muayyan tartibda takrorlanishiga asoslanadi. Qisqa unli bilan
tugallanuvchi ochiq bo‘g‘in – qisqa bo‘g‘in, cho‘ziq unli bilan tugagan va o‘z tarkibiga
qisqa unlini olgan yopiq bo‘g‘inlar cho‘ziq bo‘g‘in hisoblanadi. Paradigmada qisqa
bo‘g‘inlar “V”, cho‘ziq bo‘g‘inlar esa, “-” bilan belgilanadi. Bo‘g‘inlarning qisqa-
cho‘ziqligi misralardagi so‘zlar, bo‘g‘inlarning yozilishiga ko‘ra emas, balki ifodali
o‘qilgandagi talaffuziga qarab belgilanadi. Jumladan, “Qutadg‘u bilig” dostonidan
olingan:
Kishi tug‘di, o‘ldi, so‘zi qoldi, ko‘r,
O‘zi bordi yanglug‘ oti qoldi, ko‘r, -
misralardagi bo‘g‘inlarni vazniga moslab o‘qib, yuqoridagi belgilar bilan
belgilasak:
V - - V - - V - - V –
V - - V - - V - - V –
tarzidagi chizma hosil bo‘ladi. Ushbu shaklda aruz tizimi xususiyatlari yorqin
aks etadi. Ya’ni e’tibor qilsangiz, misralarda qisqa va cho‘ziq bo‘g‘inlar ma’lum
tartib bilan kelayotganini ko‘rasiz. Demak, dostondagi har qaysi misrada 11 tadan
bo‘g‘in bo‘lib, ular to‘rttadan-to‘rttadan guruhlanadi. Oxirgi guruhi ikki bo‘g‘inlik
bo‘lib, boshqa barchasi uch bo‘g‘inlikdir. Mana shu xil takror dostonning o‘qilishida
o‘ziga xos ohangni yuzaga keltiradi. Bu ohangni yanada aniq qilib:
Fauvlun fauvlun fauvlun faal
Fauvlun fauvlun fauvlun faal
so‘zlari bilan ifodalash mumkin. Barcha misralarni mana shu ohangga
uyg‘unlashtirib o‘qish lozim. Shundan so‘ng, asardan tanlangan parchalar ifodali
o‘qiladi. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq ” asari o‘rganilar ekan, o‘qituvchi
822
mazkur asar ham aruz she’riy sistemasida yaratilganini ta’kidlab, undagi to‘rtliklar
mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilganiga o‘quvchilar diqqatini qaratadi.
Asardan olingan parcha va uning paradigmasini ular e’tiboriga havola etadi:
Baholik / dinor ul / biliklik / kishi,
V - - V - - V - - V –
Bu johil biliksiz bahosiz bishi.
V - - V - - V - - V –
“Qutadg‘u bilig” kabi bu asarda ham cho‘zib o‘qiladigan bo‘g‘inlar juda kam. Ammo
ba’zi o‘rinlarda qo‘shilib o‘qilishi lozim bo‘lgan so‘zlarga duch kelamiz.
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari ham aruz vaznida yozilgan bo‘lib bu dostonda
ham turkona uslub qo‘llanilgani tufayli ancha misralarda qo‘sh undosh bilan bitgan
bo‘g‘inlar bir cho‘ziq bo‘g‘in hisobida o‘qiladi. Masalan,
ko‘rkka, arslon, ko‘rklu
so‘zlari
uch
bo‘g‘in
emas,
ikki
bo‘g‘inli
so‘z
sifatida
o‘qiladi.
Dostonda cho‘zib o‘qilishi lozim bo‘lgan o‘ta cho‘ziq bo‘g‘inlar ham anchagina.
Shuningdek, bir qator o‘rinlarda so‘zlarni qo‘shib o‘qish – vasl hodisasi ham uchraydi.
Masalan,
“Avvalg‘i
noma”dagi
baytlarga
diqqat
qarataylik:
Ayo ko‘r
k+ichra odam
podshohi,
Jahon tutgan sening husning sipohi.
Ko‘ngul shirin so‘zungg‘a bo‘ldi Far
hod,
Ko‘zung Kash
mir jodusig‘a us
tod.
Birinchi mirsa tarkibidagi “ko’rk”ning “k” harfi vasl hodisasi tufayli “ich”
ga qo‘shilib talaffuz qilinadi. Ta’kidlab ko‘rsatilayotgan harflar bilan bitilgan
bo‘g‘inlar esa vazn taqozosiga ko‘ra o‘ta cho‘ziq sanalib, bir cho‘ziq va bir qisqa hijo
sifatida talaffuz etiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, adabiyot darsida aruzni o‘rganish ahamiyatli
hisoblanadi. Bu darslarning sifatini, o‘quvchilarning bilim ko‘nikmasini oshiradi.
Достарыңызбен бөлісу: