TUSHUNTIRISHNING
MAQSAD VA VAZIFALARI
Topvoldiyeva Zuhra Ravshanovna
Farg‗ona davlat universiteti talabasi
Inson hayoti tabiat bilan chambarchas bog‘langan. Inson tabiatni sevadi, undan o‘z
ehtiyojlari uchun foydalanadi. Tabiatdan to‘g‘ri, mazmunli foydalanish, unga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga intilib yashashi hozirgi zamonning eng muhim masalalaridan
hisoblanadi. Bu masalani yechishni hozirdan boshlasak, biz o‘ylaymizki, xato qilmagan
bo‘lamiz. Chunki tabiatni biz qanchalik asrasak, o‘zimiz uchun ham yaxshi bo‘ladi. Xalqimizda
bir gap bor: ―Kasallikni davolashdan, uni oldini olgan yaxshi‖. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan
holda biz bolalarga tabiatdan oqilona foydalanish, uni asrab – avaylash kabilarni yoshligidan
boshlab singdirib borishimiz kerak. Buning uchun biz avvalo, tabiatning tarkibi, vazifalari
haqida tushuncha hosil qilishimiz maqsadga muvofiqdir.
Tabiatning tarkibini tushuntirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- bolalarda ilk yosh guruhdan o‘simlik va hayvonlarga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularni
jonivorlarga mehr bilan munosabatda bo‘lishga odatlantirish, suv va undan foydalanish,
yomg‘ir va qor, issiq va sovuq havo haqida tasavvurlar hosil qilish;
- 2-3 yosh davrdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda Quyosh va Oy haqida tasavvur
qosil qilish, tirik jonivorlardan mushuk, kuchuk, jo‘ja, akvariumdagi baliqlar, qafasdagi
qushlarni kuzatish, ularning nomini aytish, harakatini ko‘rsatishga o‘rgatish;
- daraxt, gul, o‘t-o‘lanlarni farqlashga o‘rgatish. Diqqatlarini xonada o‘stiriladigan
gullarning go‘zalligiga jalb qilish, ularni sug‘orib turish zarurligini tushuntirish, nomlari tanish
bo‘lgan sabzavot va mevalarni farqlashga o‘rgatish, o‘simliklarni ehtiyot qilishga odatlantirish.
3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta‘lim-tarbiya haqida dastlabki tushunchalarni
berish: ayrim meva va sabzavotlar (olma, uzum, o‘rik, olcha, gilos, qovun, tarvuz, sabzi, piyoz,
pomidor kabi), gullaydigan o‘simlik va daraxtlar (lola, atirgul, olma, o‘rik kabi) bilan
tanishtirish, ularning nomi va rangini to‘g‘ri aytishga va bir-biridan farqlashga o‘rgatish,
e‘tiborlarini ularning go‘zalligiga , hidiga qaratish;
- uy hayvonlari (kuchuk, mushuk, sigir, q‘y, echki, ot) bilan tanishtirish, ularni bir-biridan
farqlashga va nomlarini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish, rasmlar orqali yovvoyi hayvonlar (bo‘ri,
quyon, tulki, ayiq) bilan tanishtirish, ularni farqlashga va nomlarini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish;
- qushlar (chumchuq, kaptar, musicha) va hasharotlar (chumoli, kapalak kabilar) bilan
tanishtirish, ularning nomlarini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish;
- bolalarni istirohat bog‘iga va hayvonot bog‘iga (shaharda), bog‘, poliz va boshqa
ekinzorlarga (qishloqda) sayrga olib chiqish va u YORagi daraxt, gul, ekin va hayvonlar bilan
tanishtirish, ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
- tabiat hodisalari -qor, yomg‘ir, bulut, shamol haqida tasavvur hosil qilish;
- bolalarda jonli tabiatga nisbatan mehribonlik hissini tarbiyalash, daraxt shohiga
osilmaslik, tosh otmaslik, gullarni uzib tashlamaslik, maysalarni payhon qilmaslik, jonivorlarga
ozor bermaslik zarurligini ularga anglatish;
- ta‘limiy o‘yinlar vositasida bolalarning nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish,
turli qiziqarli o‘yinlar o‘rgatish, sahnalashtirilgan kichik ertaklar asosida o‘yinlar tashkil etish,
o‘yin qoidasiga rioya qilish malakasini tarbiyalash.
4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: «Sariq
jo‘jalarim», «Xolam mehmonga keldi», «Dorboz», «Chir aylanma», «Uloq», «Shifoxona»,
«Sartaroshxona», «Haydovchi-haydovchi», «Ko‘rpa kuydi», «Oynami, yo taroq», «Nimaning
pati», «Do‘kon-do‘kon», «Dengiz va cho‘l», «Qovoqari va asalari», «Kitoblar suhbati», «Xilini
top», «Gulchambar», «Mevalar va barglar», «Nimaning mazasi», «Onasini top», «Tapur-tupur
|