Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет33/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   328
Литература 
1. Андреев Л.Н. Драматические произведения: в 2 т. Л.: Искусство, 1989. Т. 
2. 


122 
2. Гоголь Н.В. Собр. соч. в 4 т. Т.2.М., 1968. 
3. Манн Т. Собр. соч. в 10 т. Т.4.М.,1961. 


123 
ФИО автора: Abduraximova Gulmira Olimjonovna 
Namangan Davlat Universiteti,
Pedagogika nazariyasi va tarixi 
(faoliyat turi bo‘yicha) fakulteti
1-kurs magistranti
Название 
публикации: 
«TA’LIMIY 
FAOLIYATLAR 
JARAYONIDA 
BOLALARNING 
NUTQIY 
KOMPETENSIYASINI 
INNOVATSION 
YONDASHUV ORQALI RIVOJLANTIRISH. KATTA VA TAYYORLOV 
GURUXLAR MISOLIDA» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
rivojlantirishning o’ziga xos psixologik xususiyatlari haqida fikrlar yuritilgan.
 Kalit so‘zlar: tovush xususiyati, nutqning ifodalanishi, tovush, nutqiy nafas
olish, nutq me’yori, tarbiyachining nutq madaniyati.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, 
jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi - bilimli, yuqori intellektual 
salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq 
hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat 
qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun 
jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar 
zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar 
ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib 
kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor 
qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy 
jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. 
Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham beshikdanoq, 
hattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kelajakdagi ijobiy natijalarga sabab 
bo‘ladi. 


124 
Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini hozirda 
yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z zimmasiga 
olgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. 
Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik 
qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va 
intellektual jihatlari rivojlanib boradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-
tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi «Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari» 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini 
oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, 
shu jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. 
Olimlar bolalarni o‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy 
rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan 
darajada optimal tashkil etish yo‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. 
Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy 
qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega: 
- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa 
zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; 
- nutqni o‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kelmaydigan 
hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual 
xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; 
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak, 
xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti 
tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; 
- o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining 
xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim; 
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha 
komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini 
hisobga olgan holda ish olib borish zarur; 


125 
-nutqni o‘qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil faoliyatiga 
asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. 
Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni o‘qitish muammosini 
ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, 
pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida 
markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p 
omilli jarayonidir; 
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda 
tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; 
-bola nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu 
jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini 
bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning 
individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali 
yo‘llarini tanlashi lozim. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganishda nutqini 
rivojlantirish uchun nazarda tutish lozim bo‘lgan so‘zlarni mavzu jihatidan guruhlarga 
quyidagicha bo‘lish mumkin: 

ota-onalar, qarindosh-urug‘lar, tengdoshlar bilan bog‘liq so‘zlar; 

maishiy predmetlar, o‘yinchoqlarni anglatadigan so‘zlar; 

bola yashab turgan joydagi predmetlar va boshqa narsalarni anglatadigan 
so‘zlar; 

hovli, ko‘cha, xiyobon, bog‘, tomorqadagi narsa-predmetlarni 
anglatadigan so‘zlar; 

hayvonot olami, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlarni anglatadigan 
so‘zlar; 

jonsiz tabiat obyektlarini anglatadigan so‘zlar; 

inson kasb faoliyatining har xil turlari (kasbi, ixtisosi, ish turlari va 
hokazo)ni anglatadigan so‘zlar; 


126 

buyumlar, moslamalar, asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar va 
hokazolarni anglatuvchi so‘zlar; 

pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, tarix (axloq, ma’naviyat, qadriyat) 
kabilar bilan bog‘liq so‘zlar; 

ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha katta yoshdagi bolalar ayrim 
so‘zlarni o‘rganish bilan bir qatorda, iboralarni (osmonda yarim oy, oyoq yalang) ham 
talaffuz qilishni o‘rganishlari ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga samarali ta’sir 
ko‘rsatar ekan. 
Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish 
faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi: 

tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida; 

badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida; 

savod o‘rgatishda; 

o‘yin faoliyatida; 

ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida. 
Yetti yoshga kelib, bola odatda, nutqning barcha grammatik shakllarini, ya’ni: 
otlarni turlash, eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni tuslashni bilishi lozim. Harakat 
belgisini (kenglik, vaqt, harakat obrazi) tavsiflash uchun ular ravishlardan 
foydalanadilar, buning uchun bolalar ularni so‘z birikmasi va gap qatorida qo‘llaydilar: 
tez yurdi, sekin gapirdi, chapga burildi va boshq. 
Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, 
balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar 
dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo 
bo‘ladi (uydan, devordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old 
ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning 
sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab 
ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko‘makchisidan foydalanishi mumkin 
(qo‘rqanidan qichqirib yubordi, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi). 


127 
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy 
gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to‘g‘ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, 
ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa 
turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan 
foydalanadi: qo‘shimcha gaplar - «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli 
gaplar - «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar - 
«Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq. 
O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq 
shaklidan foydalanishi lozim. 
O`yinlar xalq pedagogikasining tarbiya vositasidan biri hisoblanadi. Asrlar 
davomida o`yinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda. O`yin faoliyati bola hayotida, 
uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga etishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. 
O`yin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari 
rivojlanadi va atrof - muhit haqidagi bilmi yanada kengayib boradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida o`yin faoliyatidan to`g`ri va unumli 
foydalanish, har bir o`tkaziladigan mashg`ulotlar va sayr faoliyatining samaradorligini 
oshirib boradi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida o`yin faoliyati turli xil shaklda 
voqeaband - ijroli, harakatli, ta'limiy, musiqiy-ta'limiy kabi yo`nalishda olib boriladi. 
O`yin bolalar uchun qiziqarli, mazmunli bo`lishi uchun tarbiyachi o`yin qoidasi bilan 
yaqindan tanish bo`lishi kerak.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan maktabgacha ta’lim 
muassasalari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan 
jihozlanmoqda. Bunda tarbiyachi pedagoglarning o‘z mehnati faoliyatiga yangicha 
yondashuvni, mashg‘ulot o‘tish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va 
ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni tushunarli va qiziqarli shaklda tashkil 
etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali 
foydalanishlari zaruriyati paydo bo‘ladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter 
va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy etilishi, pedagog-
tarbiyachilarning axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va 


128 
ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularning mashg‘ulotni tashkil etish 
jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan o‘rnini o‘zgartiradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisob- lanib, ko‘plab bahs-
munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Lekin shunga qaramay, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib rivojlanishida 
kompyuter texnologi- yalari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini 
bermoqda. 
Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish 
bir vaqtning o‘zida bolalarning kompyuter savodxonligi shakllanishiga ham olib 
keladi. Animatsiyali ma’lumotlarning insonga ta’siri katta bo‘lib, undan. MTMlari 
ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalar diqqatini ko‘proq jalb qilish xususiyatiga 
ega. Multimediali ta’lim bir vaqtning o‘zida ham ko‘rish, ham eshitish orqali bilim 
olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada allaqachon isbotlangan. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет