FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Sarimsoqov I.B. «Badiiylik asoslari va mezonlari». – T.: 2004.
2. Matjon Safo. Kitob o'qishni bilasizmi? - Т.: O‘qituvchi, 1993. 11-bet.
3. Adizova I. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. - Toshkent: 2006.
823
ФИО автора: Buranova Umriya Davronovna,
Buxoro viloyati, Vobkent tumani 1-son kasb-hunar maktabi matematika fani
o‘qituvchisi
Название публикации: «MATEMATIKA FANINI O‘QITISH JARAYONIGA
TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI TATBIQ ETISH»
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitish jarayoniga ta’lim
texnologiyalarini tatbiq etish borasida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va
yakuniy natijaning kafolatlanishi, mavzular bo‘yicha ta’lim maqsadini aniq
belgilashning abstraktsiya pog‘onalari.
Fanlarni o‘qitish jarayoniga yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish shaxs
kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‘z ustida ishlash,
faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin
yaratadi. Shu bois quyida xususiy fanlarni o‘qitish jarayonida (xususan, tabiiy fanlarni)
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ularning bu boradagi ichki imkoniyatlarini
ochib berish xususida gapiramiz.
Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning
kafolatlanishi o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va
darsda ularni to‘g‘ri baholay olishiga bog‘liqdir. Har bir darsda ta’limning aniq
maqsadi belgilanishi o‘qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri
sanaladi. Bunda fan mavzulari bo‘yicha o‘qitishning tashxislanuvchi maqsadi
aniqlanadi. Darhaqiqat, har qanday fan o‘zining paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab katta
bilimlar hajmini to‘plagan va u yuqori tezlikda boyitib bormoqda. O‘qitish faqat
zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatlariga mos
holda ular hajmini miqdoriy o‘lchamga keltirish zarur. Har qanday fan bosqichma-
bosqich o‘rganish asosida rivojlanib boradi. Rivojlanishning uzluksiz jarayoni turli
824
fanlarda turlicha, hatto bir fan bo‘limlari o‘rtasida ham notekis kechadi. Shu bois o‘quv
mavzulari bo‘yicha maqsadni aniq belgilash uchun abstraktsiya pog‘onalari va unga
mos o‘quv unsurini bayon qilish foydalanish maqsadga muvofiq.
Mavzular bo‘yicha ta’lim maqsadini aniq belgilashning abstraktsiya pog‘onalari:
1. Ob’ektning xususiyat va sifatlari qayd etilib, o‘zlashtirish unsuri odatdagi tilda
tushuntiriladi.
2. Fan uchun xususiy bo‘lgan tushuncha, atama va qonuniyatlarni o‘zlashtirish
unsurining tarkibini tashkil qilib, ilmiy tilda bayon etiladi.
3. Fanga tegishli ma’lum hodisalar ularning sonli nazariyalari asosida tushuntiriladi.
4. Tavsiflashning yuqori darajali umumlashmasidan foydalangan holda amalga
oshirish bilan belgilanadi.
O‘quv predmetining ilmiylik darajasi va bu parametrlar yordamida o‘quvchilar bilim
sifatini baholash uchun koeffitsient kiritiladi. O‘quvchilar tomonidan o‘quv unsurini
qay darajada o‘zlashtirish ularning faoliyatiga bog‘liq. Faoliyat ko‘rsatma vositasida
yoki ko‘rsatmasiz mustaqil ravishda bajaraliadi. Mahsuldor faoliyat ma’lum pedagogik
ko‘rsatmalar asosida tashkil etiladi, biroq bu yerda harakatlar ketma-ketligi, tartib
qoidalari ayni vaziyatda yangilangan yoki hech kimga ma’lum bo‘lmagan usullar
vositasida amalga oshadi.
Yuqorida tilga olingan o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun munosib testlar
ishlanishi kerak. Test – bu biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi
bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Testning to‘g‘ri bajarilganligini o‘lchash
va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi.
Etalon yordamida test yechimiga olib keladigan jiddiy amallar sonini aniqlash qiyin
emas. O‘quvchining javobi etalon bilan solishtirgach, testning sifatli bajarilganligi
to‘g‘risida tegishli xulosaga kelinadi va to‘g‘ri yechilgan amallar yordamida
o‘zlashtirish koeffitsienti aniqlanadi. Shunday qilib, pedagogik aylanmaga
o‘quvchilarning tajribani o‘zlashtirish darajasi sifatini o‘zlashtirish koeffitsienti
825
yordamida aniq hisoblash metodikasini kiritish pedagogik texnologiyaning muhim
tamoyillaridan birini ifodalashga imkon beradi. Bu ta’limning tugallanganlik
tamoyilidir. Mazkur tamoyil maktabda o‘qitish jarayoni samarasiz kechishi
muammolarning yechimi va yo‘nalishlarini izlab topish imkonini beradi. Didaktik
masalalarning uchinchisi – “ta’lim mazmuni” yoki axborotlarning muayyan majmuasi
bo‘lib, ular yordamida yosh avlodga umuminsoniy va milliy tajribalar uzatiladi. O‘quv
yurtlarida o‘rganilayotgan fanlarning o‘zlashtirtish unsuri nihoyatda ko‘p, biroq har bir
o‘quv yurti turiga qarab o‘zlashtirish unsurining soni cheklanadi. Ma’lumki,
bilimlarning o‘quvchilar tomonidan egallanishi ularning xususiy o‘quv faoliyati
natijasi tufayli ro‘y beradi. Har qanday o‘quv faoliyati umumiy loyiha bo‘icha quriladi
va tuzatuvchi harakatlarni mujassamlashtiradi. Bu harakatlarni o‘quvchilar bevosita
o‘qituvchi va darslik yordamida bajarishlari mumkin. O‘zlashtirish unsuri o‘quv
harakatlarining alohida, o‘zlashtirishning ma’lum bosqichida namoyon bo‘ladi.
Chunonchi, mo‘ljalli harakatning bajarilishi va o‘quv topshiriqlarining o‘zlashtirilishi
quyidagicha ta’minlanadi:
-o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan tayyor topshiriqlarning mohiyatini
tushunib yetishlari; -ularning topshiriqlarni faol qabul qilishlari; -o‘quvchilarning
mustaqil ravishda o‘quv topshiriqlarini bajarishlari; -ular tomonidan muayyan o‘quv
topshiriqlarining mustaqil ravishda bajarilishi. O‘quv faoliyatining muhim
tavsifnomalaridan biri – uning natijasidir. Yechimning ob’ektiv to‘g‘riligi, natijani
olgunga qadar sodir etilgan harakat va qadamlar soni, vaqti sarfi, sub’ekt uchun
faoliyatning muhimligi, uning yukunida o‘quvchining qanoatlanishi, sarflangan aqliy
va jismoniy kuch hajmi va boshqalar o‘quv faoliyatinig samarali yukunini ko‘rsatuvchi
omillar hisoblanadi. Demak, yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanganidek,
matematika fanini o‘qitish jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda o‘quv
fanining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.
826
Достарыңызбен бөлісу: |