Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет277/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   328
Adabiyotlar: 
1. Tolipov O‘.Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. 
Monografiya. Toshkent: “Fan”. 2005. 
2. Jakayeva K. Aymurzayeva G. O‘quvchi mustaqil fikrlasin. “Ma’rifat” gazetasi, 
26- sentabr 2012 yil.73-son. 
3. Tolipov O‘.Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy 
asoslari. Monografiya. Toshkent: “Fan”. 2006. 


827 
ФИО автора: Xolmatova Muhayyo Abdukadirovna, 
Toshkent viloyati, Parkent tumani 27-maktab kimyo fani oʻqituvchisi 
Название публикации: «KIMYO FANINI O'QITISHDA INNOVATSION 
TA’LIM» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fanini o'qitishda innovatsion ta’lim 
borasida ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: Kimyo kursi, anorganik kimyo, kimyoviy jarayonlarni boshqarish, 
zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish. 
 
Ma’lumki, ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash bilan bog’liq 
masalalar U.Yo’ldoshev, R.Boqiyev, F.Zakirova va boshqalar tomonidan olib borilgan 
tadqiqot ishlarida o’rganilgan. Kimyoni o’qitish samaradorligini oshirishda kompyuter 
vositalaridan foydalanishga bag’ishlangan ishlar juda kam, bor manbalarda ham 
axborot texnologiyalarining o’quv jarayonidagi imkoniyatlari yetarlicha ochib 
berilmagan. Kimyoni o’rganishda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish 
samaradorligini o’rganishga bag’ishlangan ishlar juda kam. Bor manbalarda o’quv 
tarbiyaviy jarayondagi imkoniyatlari yetarlicha to’liq ochib berilmagan. Kimyo 
kursini, xususan, kimyoviy elementlarning “Davriy qonuni va davriy jadvali” bo’limni 
yangi metodlardan foydalanib, kompyuter texnologiyasi bilan birga o’tish dasturlari 
ishlab chiqarilmagan. Kimyo o’quv predmetini elektron qo’llanmalardan foydalanib 
o’qitish va umuman mavzu yuzasidan elektron qo’llanmalar bo’yicha qator maqola va 
internet saytlari mavjud. Bu borada xorijda yaratilgan P.A. Freshneyning “Education 
Periodic Table” elektron qo’llanmasi kimyoviy elementlar davriy jadvali elektron 
ko’rinishda bo’lib, har bir kimyoviy elementning qachon va kim tomonidan kashf 
qilingani, ularning tabiatda ko’rinishi, ularning birikmalari, xossalari, dunyo хaritasida 
elementlarning joylashgan o’rni, element atomlarning fazoviy tuzilishining harakatli 
holati to’liq ma’lumot olish imkonini beradi. 


828 
Respublikamizda kimyo fanini o’qitishda G’.Umonqulovning “D.I.Mendeleyev 
kimyoviy elementlar davriy sistemasi” elektron qo’llanmasi mavjud. Ushbu elektron 
jadval kimyoviy elementlarning fizik kattaliklarini tez va oson topish imkoniyatini 
beradigan sodda dastur asosida tuzilgan. Akademik litseylarning kompyuterda 
o’rgatuvchi dasturlar, qo’llanmalarga, kompyuterdan foydalanib o’qitishga bo’lgan 
ehtiyoj tadqiqot mavzusining naqadar dolzarb ekanligini belgilaydi. O’zbek tilida esa 
ushbu muammoga bag’ishlangan ilmiy ishlar deyarli yo’q hisob. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 22.11.2004-yil № 548 dagi “Yuqori samarali multimedik o’qitish 
vositasi va davlat ta’lim standartiga muvofiq ta’lim muassasalarining o’quv 
adabiyotlari va qo’llanmalarning kompyuter elektron versiyalarini yaratish dasturi 
haqida”gi qaroriga binoan har bir ta’lim sohasida elektron o’quv qo’llanmalar yaratish 
zaruriyati tug’ildi. Elektron o’quv qo’llanma o’zaro gipermurojaatlar bilan bog’langan 
ma’lumot bazasi, vazifalari va nazorat blokida o’qitish jarayonini interfaolligi bilan 
birga shu o’quv qo’llanma bo’limlari orasidagi intelektual- mantiqiy aloqalar bo’lishi 
kerak. Kimyo fani sohasida kompyuterdan foydalanish — mavzular bayoni 
tasvirlardagi animatsion harakatlar, tabiatdagi ko’z bilan ko’rish imkoni bo’lmagan 
kimyoviy jarayonlarni o’ziga xos tarzda namoyish etish juda katta amaliy ahamiyatga 
ega ekanligi ko’plab tadqiqotchi olimlar tomonidan isbotlab berilgan. O’quv 
mashg’uloti davomidagi faol faoliyat asosan talaba va o’qituvchi tomonidan tashkil 
etiladi. Buning uchun ular orasidagi o’zaro bog’liqlik, ko’p hollarda dars jarayonida 
qo’llaniladigan metodik qo’llanmalar vositasida tashkil etiladi. Ayniqsa, kimyo faniga 
endigina qadam qo’yayotgan o’quvchilarga didaktik o’yinlarni o’zida mujassam etgan 
noan’anaviy mashg’ulotlar, texnik vositalar bilan tashkil etilgan dars jarayonining 
o’ziyoq “ajoyib” tuyuladi. Darslarda o’quv texnik vositalardan foydalanish ayni paytda 
darslarni samarali, faol tarzda tashkil etishda, o’quvchining diqqat e’tiborini jalb etish 
kabi kutilgan natijalarni bermoqda. Barkamol avlodni tarbiyalashda innovatsion 
pedagogik texnologiyalar asosida kimyo darslarini o’qitishda elektron darsliklar 
yaratish, ularni akademik litsey va kasb hunar kollejlarining ta’lim tizimiga qo’llash 
o’quvchilarni pedagogik mahoratini sakllantirishda yordam beradi. 


829 
Anorganik kimyoda kimyoviy elementlarning “Davriy qonuni va davriy jadvali” 
mavzusini uslubiy jihati mukammal bo’lishida zaruriy ko’rgazmalar va o’qitish 
vositalaridan samarali foydalanish juda muhim. Fandagi ba’zi yangi atamalarni 
izohlashning usulublarini ishlab chiqish talab etiladi. Mavzu bibliografik xarakterga 
ega bo’lib, darslikdagi ma’lumotlar chegaralanishi darsni “zerikarli” holatga olib 
kelishi mumkin. Kimyodan o’quv dasturining asosiy vazifasi o’qituvchiga ayni 
fanning zaruriy tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarish, 
zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan nafaqat sanoat, qishloq 
xo’jaligi miqyosida, shuningdek kundalik turmushda, oilada foydalanishning umumiy 
yo’nalishlarini ko’rsatib berishdan iborat bo’lishi kerak. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет